Mashinasozlik Texnologiyasi" fakulteti "


Download 171.48 Kb.
bet4/83
Sana02.01.2022
Hajmi171.48 Kb.
#198726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
2 2 курс иши буйича услубий курсатма

Kurs ishi mavzusi nomeri:


Talabaning guruh jurnalidagi nomeri

Kurs ishi mavzusi nomeri

1

1

31

61

91

121

2

2

32

62

92

122

3

3

33

63

93

123

4

4

34

64

94

124

5

5

35

65

95

125

6

6

36

66

96

126

7

7

37

67

97

127

8

8

38

68

98

128

9

9

39

69

99

129

10

10

40

70

100

130

11

11

41

71

101

131

12

12

42

72

102

132

13

13

43

73

103

133

14

14

44

74

104

134

15

15

45

75

105

135

16

16

46

76

106

136

17

17

47

77

107

137

18

18

48

78

108

138

19

19

49

79

109

139

20

20

50

80

110

140

21

21

51

81

111

141

22

22

52

82

112

142

23

23

53

83

113

143

24

24

54

84

114

144

25

25

55

85

115

145

26

26

56

86

116

146

27

27

57

87

117

147

28

28

58

88

118

148

29

29

59

89

119

149

30

30

60

90

120

150

Kurs ishi topshirigʻida talabaning ismi sharifi, yoʻnalishi, kursi, guruhi, fan nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim.

Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini oʻzgartirish yoki boshqa mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.
III. Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni oʻrganish
Talaba kurs ishi mavzusini biriktirish toʻgʻrisida ariza bergandan soʻng va kafedra uni tasdiqlagandan soʻng rahbar bilan maslahatlashib adabiyotlar toʻplashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik, balki boshqa fanlarni oʻrganish davomida koʻrsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma’lumotlari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqalarni xam oʻrganishi lozim.

Undan soʻng ularning ichidan kurs ishi mavzusiga bevosita aloqador boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki boshlangʻich tanishuv natijasida talaba kurs ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi.

Adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi iqtisodiy qonunchilikka taalluqli boʻlgan qonun va me’yoriy hujjatlarni oʻrganishdan boshlash maqsadga muvofiq boʻladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondoshilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy qonuniyatlarni bilish va ularni qoʻllash katta axamiyatga ega.

Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qoʻllanmalarda va kurs ishi topshirigʻida tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, xatto xorijiy adabiyotlardan xam foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada mukammal bajarilishiga yordam beradi.


IV. Kurs ishi rejasini tuzish
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga koʻra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy boʻlimdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.

Rejadagi koʻzda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq boʻlishi va oʻrganilayotgan muammoni xar taraflama aks ettirishi muhimdir.

Rejadagi har bir masala oʻzaro bogʻlangan boʻlishi lozim, ularni yoritishda esa korxona, firma, tashkilot va muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bogʻlangan boʻlishi xam e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda:


Mavzu: Mulk kategoriyasi va mulkiy munosabatlar

Reja:


1. Kirish.

2. Asosiy qism:

2.1. Mulk iqtisodiy kategoriya sifatida.

2.2. Mulkiy munosabatlar, ularning tarkibiy va iqtisodiy mazmuni.

2.3. Mulkiy munosabatlar evolyutsiyasi va hozirgi zamon bozor iqtisodi munosabatlari.

3. Xulosa.

4. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
V. Ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni xar tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar toʻplaydi va ular boʻyicha hisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.

Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi statistik ma’lumotlar tahliliga asoslangan boʻlib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan boʻlishi lozim.


VI. Kurs ishi matnini yozish
Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich xisoblanadi.

Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, axamiyati, uni oʻrganish darajasi va kurs ishi boʻyicha oʻz oldiga qoʻygan masalalar mazmunining qisqa (2-3 bet) bayon etadi.

Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bogʻliq boʻlgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan toʻplangan materiallar, statistik ma’lumotlar, iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, gʻoya va fikrlar ilmiy jixatdan asoslanadi va oʻrganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan toʻplangan ma’lumotlar toʻla tahlil qilinadi. Ushbu yoʻnalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi xam bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu boʻyicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda rasmlar, chizmalar, grafiklar va jadvallar matn ichida xam keltirilishi mumkin.

Nazariy tomondan oʻrganilayotgan masala chuqur yoritilgandan soʻng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan oʻzaro bogʻlay olishi kerak. Ish boʻyicha berilayotgan takliflar asosli boʻlishi va takliflar aniq, loʻnda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.

Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan tsitatalar va mualliflarning qarashlari qoʻshtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.

Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar koʻrsatib oʻtiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, roʻyxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.

Amaldagi «Xujjatlarni biblografik roʻyxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida quyidagilar keltiriladi:

- kitob, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh xarflari, kitobning nomi, nashr joyi (shaxar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;

- toʻplamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari, maqola nomi, toʻplamning nomi, nashr joyi (shaxar) nashr yili, betlar toʻplamdagi maqola nomi toʻplam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.

- jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi xam jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.

Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar roʻyxatidan alfavit boʻyicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan boʻlsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti koʻrsatiladi.

Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qoʻllaniladi.

Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan koʻchirmalar keltiriladi. Bunday xollarda satr osti izoxi beriladi.

Satr osti izoxlari saxifa soʻngida berilib, matnda xar bir saxifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.

Kurs ishini yozishda talaba avallo raxbarning koʻrsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.



Download 171.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling