Mashinasozlik turli sohalarni taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan texnikaviy baza yaratadi
Download 179.46 Kb.
|
BAHODIR
Kirish . Mashinasozlik turli sohalarni taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan texnikaviy baza yaratadi. Xar qanday mamlakatning dunyoda tutgan iqdisodiy o‘rni ko‘p jihatdan unda mashinasozlikni qanchalik taraqqiy etganligi va mashinalardan unimli foydalanilishiga bog‘liq. Xozirgi vaqtda mashinasozlikka aloqador bo‘lgan harbir ishchi, injener-texnik xodim hamda olimlarning vazifasi zamonamiz talablariga to‘la javob beradigan sifatli, yuqori unumli, mustahkam va raqobatbardosh mashinalarni yaratishdan iborat. Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutahassislargina xal qila oladilar. Ana shunday mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» fani alohida o‘rin tutadi. Mashina detallari texnikaviy fan hisoblanib, asosan mashina qismlarni hisoblash usullari, qoidalari, meyorlarni va tuzilmani yaratish bilan shug‘ullanadi. Mashina detallarini o‘rganishdan asosiy maqsad, qismlarni hisoblash usullarini belgilab, qoida talablarga rioya qilingan xolda injenerlik faoliyatini takomillashtirishdan iborat. Mashina detallari umuminjenerlik fani hisoblanib, hamma mashinasozlik institutlarida ixtisoslashtirilgan darajada yoki hajmi o‘zgartirilgan holda o‘qitiladi. Bu fan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari iborat bo‘lib, bundan tashqari kurs loyihasi bajariladi. Ma’ruza va amaliyotlar buyicha mashg‘ulotlarni ixtisoslashtir-ishni ayrim tuzilmalarini hisoblash va uning xususiyatlari misol tariqasida ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan vositalardan olib beriladi. Mashina detallari fani mustahkamlikka hisoblash va mashina detallarni loyihalash asoslarini o‘rgatadi. Mashina deb, bir qancha detallardan tuzilgan mexanizmlar (uzellar) majmuidan tashkil topib, ma’lum foydali ishni bajarish uchun mo‘ljallangan vositaga aytiladi. Xar qanday mashina uch gurux mexanizmdan: xarakatlantiruvchi, uzatuvchi va ijro etuvchi qismlardan (mexanizmlardan) tuzilgan bo‘ladi. Uzatuvchi mexanizm energiya manbai bilan ish bajaruvchi mexanizmlar orasida joylashgan bo‘ladi. Uzel deb, mashinaning ma’lum bir vazifasini bajarish uchun mo‘ljallangan va bir necha detallarning birikmasidan iborat bo‘lgan qismiga aytiladi. Uzellar oddiy (masalan, dumalash podshipniklari, muftalar) va murakkab (masalan, reduktorlarga) turlariga bo‘linadi. Detal deb, mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo‘laklarga ajralmaydigan qismiga aytiladi. (Masalan: gayka, bolt, prujina, val, g‘ildirak va boshqalar). Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo‘lar ekan. REDUKTORLAR HAKIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR Mahsus korpus ichiga joylashtirilgan tishli g‘ildirakli yoki chervyakli uzatmalar mustaqil agregat sifatida tayyorlangan bo‘lib, reduktorlar deb ataladi va ulardan dvigatel validan mashinaning ishchi valiga harakatni uzatib beruvchi uzel sifatida foydalaniladi. Reduktorning vazifasi - yetaklovchi valning burchakli tezligini kamaytirib burovchi momentni orttirib berish.Burchakli tezlikni orttirib beruvchi mahsus agregat multiplikator deb ataladi. Reduktor cho‘yandan yoki po‘latdan payvandlab tayyorlangan korpus ichiga joylashtirilgan harakatni uzatuvchi detallar, vallar, podshipniklar va boshqa detallardan iborat. Reduktorlar tishli g‘ildiraklarning turlariga qarab: silindrsimon konussimon chervyakli: pog‘onalar soniga qarab: bir pog‘onali ko‘p pog‘onali vallarning joylashishiga qarab: gorizantal vertikal o‘qdosh sxemali turlari mavjud. Bir pog‘onali, vallari gorizantal va vertikal joylashgan to‘g‘ri tishli,qiya tishli va shevron tishli silindrsimon reduktorlar mahsus zavodlarda GOST 2185-86 asosida ishlab chikariladi. Uzatishlar sonining eng katta qiymatiumax=12,5, tavsiya etilgan uzatishlar soni u=2,5÷8,0. Birpog‘onalikonussimonreduktorlardavallarningo‘qlari 90° burchakostidagorizontaltekislikdajoylashganturlariko‘ptarqalganbo‘lib, uzatishlarsoniu=2,0÷4,0, urinmatezlikV≤5m/stavsiyaetiladi. Birpog‘onalichervyaklireduktorlarningvallario‘zaroayqashholatdajoylashganbo‘lib, urinmatezlikV<5m/sbo‘lgandachervyakpastdavaV>5m/sbo‘lgandachervyakg‘ildirakkanisbatanyuqoridajoylashgansxematavsiyaetiladi. Bir pog‘onali chervyakli reduktorlarda GOST 2144 - 76 ga asosan, uzatishlar soni u=8÷80 qabul qilinadi. Ikki pog‘onali silindrsimon vallari ketma - ket joylashgan reduktorlarning tuzilishi sodda, lekin tishli g‘ildiraklar tayanchlarga nisbatan nosimmetrik joylashganligi uchun g‘ildirak tish uzunligi bo‘ylab kuch notekis taqsimlanadi. Ikki pog‘onali o‘qdosh reduktorlarda g‘ildiraklar tayanchlarga nisbatan simmetrik joylashadi, reduktorning gabarit uzunli ixcham, lekin reduktorda podshipniklarni joylashtirishvamoylashnisbatanqiyin. Ikki pog‘onali silindrsimon reduktorlarda uzatishlar soni keng diapazonda (u=6,3÷63,0) qabul qilish mumkin. Ikki pog‘onali konussimon — silindrsimon reduktorlarda harakatni miqdor va yo‘nalish jixatdan o‘zgartirib, yetaklanuvchi valdagi burovchi momentni ikki tarafga uzatish mumkin, uzatishlar soni u=8÷15, maksimal qiymati umax=34. Mexanik yuritmalarda ikki pog‘onali chervyakli, silindrsimon-chervyakli reduktorlar ham ko‘plab ishlatiladi. Zamonaviy mashina va mexanizmlarda planetar hamda tishli to‘lq.insimon reduktorlardan tuzilgan mexanik yuritmalar ham qo‘llanilmokda. Planetar reduktorlarda harakat yetaklanuvchi valga bir necha satelitlar orqali uzatiladi, shuning uchun reduktorning gabarit ulchamlari ixcham, uzatishlar soni katta. Tishli tulqinsimon reduktorlarda harakat egiluvchan tishli g‘ildirak orqali uzatilib, ilashishdagi tishlar soni mayda modulli egiluvchan g‘ildirak tishlar sonining ≈30% tashkil qiladi. To‘lqinsimon reduktorlarning gabarit o‘lchamlari juda ixcham, uzatishlar soni katta va ishonchli bo‘lgani uchun robotatexnikada ko‘plab qo‘llaniladi, uzatishlar soni keng diapazonida u=70÷300 tavsiya etiladi. Egiluvchan g‘ildirakni tayyorlash uchun material tanlash va reduktorni sozlash nisbatan murakkab bo‘lgani uchun umumiy mashinasozlikda kam ishlatiladi. YuRITMANINGKINEMATIKSXEMASI M-9 Elektrodivegatel Mufta Plita (Rama) Chervyakli reduktor Mufta Yuk tortuvchi yulduzcha Xisoblash uchun berilganlar: Yuktortuvchiyulduzchadagiurinmakuch Ft= 4 kN Yulduzchaningtezligi V= 0,8 m/s Yuk tortuvchi zanjirning qadami t= 160 mm Yuk tortuvchi yulduzchaning tishlar soni Z= 9 Elektrodvigatel tanlash va kinematik hisob. 1.Yuritmaning foydali ish koeffitsienti .1-jadvaldan aniqlanadi. Elektrodvigatelning talab kilingan kuvvatini aniklaymiz etilgan quvvati =0,8 =0,75 Aniqlangan quvvat va aylanishlar chastotasi bo‘yichajadvaldanuchfazaliasinxrondvigateltanlanadi. Dvigatel modeli 4A 90L6 Rdv=5,5 kVt, ps=1500min-1 ndv=1444 min-1 nS=3,7 % ddv=444 mm. Uzatishlar nisbatining haqiqiy qiymati Umumiy uzatishlar har bir uzatmaga standart qatorga asoslanib taqsimlanadi. Uzatma vallarining aylanishlar chastotalari va burchakli tezliklari. Aylanish chastotalari Burchakli tezliklar 151 3,7 Uzatma vallaridagi burovchi momentlar Reduktor tishli gildiraklarini tayerlash uchun material tanlash. Chervyak uchun Material: BrA9J3L ni tanlaymi z. [ ]=155 MPa = 0.543 [ ]’= 98MPa [ ]=[ ]’ 0.543=53.3 MPa Ruxsat etilgan kontakt kuchlanish Chervyakkirimlari soni =2 deb olamiz. = = 1 40= 40 K=1.2 – nagruzka koeffitsenti Modul
Standart qatordan = 10 mm Download 179.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling