Mashinasozlik


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#264909
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish

oplash usulini amalga 

 

kettingi babkasi; 

 so’rgich. 

  tok  o’zgartiruvchilar 

  lar).  Tokni  asosiy  yoy 

lan  plazmatron  orasida 

ida taqsimlanadi. 

  plazma  yoyiga  sim  va 

n amalga oshiriladi [15, 

 



35 

4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI 

4.1. Mehnat muhofazasi bo`yicha asosiy qonunlar,standartlar va me`уоriу 

hujjatlar. 

 

Mamlakatimizda 



mustaqillikning 

dastlabki 

yillaridanoq 

fuqarolarni  jumladan  ishchi  va  xizmatchilarni  ijtimoiy  holatini 

yaxshilash,  ularning  turmush  darajasini  yuksaltirishga,  ishlash 

sharoitlarini  texnika  xavfsizligi  va  sanitariya  talablari  darajasidagi 

asosini  yaratishga  katta  e’tibor  qaratib  kelinmoqda.  Ta’lim  jarayonida 

ham  keng  qamrovli  islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  Qabul  qilingan 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  Ta’lim  to’g’risidagi  Qonunlar 

asosida  ta’lim  sohasida    katta  yutuqlarga  erishildi.  Ta’lim  mazmuni 

tubdan  ijobiy  o’zgarishga  yuz  tutmoqda.  Ta’lim  tizimining  barcha 

tizimida  eng  zamonaviy  o’qitish  vositalaridan  foydalanilmoqda.  Ishlab 

chiqarish  ham  eng  qudratli,  zamonaviy  ishlab  chiqarish  vositalari 

bilan 


qurollantirilmoqda. 

Ijtimoiy 

hayot 

tarzi 


faollashmoqda. 

Mamlakatda  qabul  qilingan  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”, 

“Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  ta’lim  tizimi  mazmunini  tubdan 

o’zgartirib  yubordi.  Jumladan  oliy  ta’lim  o’quv  rejalariga  zamon  va 

hayot  talablaridan  kelib  chiqib  katta  o’zgartirishlar  kiritilmoqda.  Yosh 

mutaxassislarga  har  bir  sohada  chuqur  va  keng  qamrovli  ma’lumot 

berish,  ularga  berilgan  bilim  ishlab  chiqarishda  va  jamiyatda  o’z 

aksini  va  dolzarbligini  yo’qotmaydigan  bo’lishiga  va  ularning  bilim 

darajalari  dunyo  ta’lim  standartlari  qo’ygan  talabga  javob  berishiga 

asosiy ahamiyat qaratilmoqda.  

Zamonaviy  hayotdagi  ishlab  chiqarish  samaradorligini    yetuk 

kadrlarsiz  tasavvur  etish  mumkin  emas.  Har  sohada  inson  omili,  uning 

qadr-qimmati  birinchi  o’ringa  qo’yilib  ish  tashkil  etilgan  joyda 

yutuqlar barqaror bo’lishi shubhasiz. 




36 

Inson  tug’ilishi  bilan  yashash,  erkinlik  va  baxtga  intilish 

huquqiga  ega  bo’ladi.  Inson  o’zining  yashash,  dam  olish,  sog’ligi 

haqida  qayg’urish,  qulay  atrof-muhit,  xavfsizlik  va  gigiena  talablariga 

javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo’lgan xuquqlarini hayot 

faoliyati  jarayonida  amalga  oshiradi.  Uning  bu  huquqlari  O’zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. 

Insoniyat  jamiyatining  yashash  sharoitining  tamoyili,  faoliyatidir. 

Faoliyatning juda ko’p turlari mavjud. Hayotiy faoliyat jarayoni modelini umumiy 

ko’rinishda ikki elementdan, va yashash muhiti shaklida tasavvur qilish mumkin.  

  Bu  esa  o’z  navbatida  yangi  bilim  yo’nalishi  -  hayotiy    faoliyat  

xavfsizligini paydo bo’lishiga olib keladi, ya’ni odamning xoxlagan faoliyat turiga 

mos  keladigan  xavfsizlikni  o’rganuvchi  fan  paydo  bo’ldi.  Ilmiy  texnik  progress 

insoniyatga  noma’lum  bo’lgan  texnologiyalarni  va  ularni  harakatga  keltiruvchi 

energiya  turlarini  kashf  etmoqda.  Bu  esa  o’z  navbatida  insonga  va  atrof  muhitga 

ta’sir kuchini va xavfini kuchaytirmoqda. 

  Hayotiy    faoliyat  xavfsizligi  (HFX)  –  bu  odamning  yashash  muxitidagi 

xavfsizligini,  uning  sog’lig’ini  ta’minlashni  ,  zararli  va  xavfli  omillarni  ruxsat 

etilgan miqdorlarga kamaytiruvchi usul va vositalarni ishlab chiqishni, tinchlik va 

xarbiy  xolatlarda  favqulotda  vaziyatlardan  kelib  chiqqan  zararlarni  chegaralash 

choralarini yaratish usullariga, yo’naltirilgan o’qitishni o’z ichiga olgan kompleks 

chora tadbirlardir. 

   HFX  kursining  ilmiy  va  amaliy  bilim  asoslarini,  oldinlari  o’rganilgan 

“Mehnat  muhofazasi”,  “Atrof  muhit  muhofazasi”,  “Fuqarolar  muhofazasi”  fanlar 

mujassamligidagi bilimlardan tashkil topgan. 

    Kelajak baklavri o’zining amaliy faoliyatida quyidagilarni bilishi kerak: 

texnik  jarayonlarni  ishlab  chiqarishni  dastgoxlarni,  mashinalarni,  mexanizmlarni 

loyixalashi  va  mehnatni  shunday  tashkil  etishi  kerakki  unda  ishlab  chiqarishning 

zararlari va xavflarini ishlovchiga ta’siri yo’q qilingan xolat bo’lishi sxart. 

    Bakalavr  olgan  bilimlari  asosida  quyidagilarni  aniq  bilishi  kerak:  HFX 

miqyosida  asosiy  qonuniyatlarni;  davlatning  mehnatni  muhofaza  qilishdagi 



37 

boshqaruv  va  siyosatini  anglay  olishi;  xozirgi  zamon  ishlab  chiqarishi  sharoitida 

to’g’ri qaror qabul qilishi; HFX bo’yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo’lishi. 

    HFX  fani  oldida  turgan  muammolarni  ijtimoy-xuquqiy,  mehnatni  ilmiy 

tashkillashtirish,  texnikaviy  estetika,  mehnat  gigienasi,    mehnat  fiziologiyasi  va 

psixologiyasi,  sanoat  toksikologiyasi,  ekologiya  va  boshqa  ko’pgina  ilmiy 

fanlarning xulosa va yutuqlaridan foydalanishni taqazo etadi. 

     Shu  bilan  birga  ko’pchilik  masalalar  yong’in  va  portlashlarni  oldini 

olish  chora  tadbirlarini  ishlab  chiqish,  tinchlik  va  xarbiy  xolatlardagi  favqulotda 

vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bilan uzviy bog’liqdir.   




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling