Mashinasozlik


 Yeyilgan detallarni plazma yoyi yordamida payvandlash usulida qayta


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#264909
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish

 

4.2. Yeyilgan detallarni plazma yoyi yordamida payvandlash usulida qayta 

tiklash qurilmasida ishlash jarayonida xavfsizlik texnikasi. 

 

Detallarning  qayta  tiklash  korxonalarida  elektr  payvandlash  va  elektr 

qoplash usullari keng qo’llanib kelinmoqda.  

Yeyilgan  detallarni  plazma  yoyi  yordamida  payvandlash  usulida  qayta 

tiklash  qurilmasi  elektr  payvadlash  jihozlari  tarkibiga  kirgani  uchun  birinchi 

navbatda  iste’molchilar  uchun  elektr  qurilmalaridan  foydalanish,  yong’in  va 

xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  qat’iy  amal  qilish  talab  etiladi.  Shu  bilan  birga 

ta’mirlash korxonalari uchun ishlab chiqilgan “Ta’mirlash korxonalarida xavfsizlik 

texnikasi  va  ishlab  chiqarish  sanitariya  qoidalari”ga  amal  qilinadi.  Olti  oy 

mobaynida  barcha  payvadchilar  uchun  bir  marta  texnika  xavfsizligi  qoidalari 

bo’yicha o’qishlar tashkil etiladi.Ushbu o’qishlar payvadlash ishlarida ishlaydigan 

yordamchi ishchilar uchun ham zarur. 

Plazma  yoyi  yordamida  payvandlash  qurilmasiga  texnik  xizmat  ko’rsatish 

vaqtida,  yuqoridagi  qoidalar  bilan  bir  qatorda,  uni  ishlab  chiqargan  zavod 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  qurilmadan  foydalanish  va  texnik  xizmat  ko’rsatish 

vaqtida amal qilinadigan qoidalarni ham bajarish talab etiladi. 

Qurilmani tarmoqqa ulash va uzish ishlari, hamda qurilmadan foydalanish 

vaqtida  uning  ishga  yaroqli  holatini  nazorat  qilib  turish  ishlari  elektrotexnik 




38 

ma’lumotga  ega  bo’lgan  xodim  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Qurilmani  ishga 

tushirishdan  oldin  uni  tashqi  nazoratdan  o’tkaziladi.  Bunda  elektr  kabel  va 

o’tkazgich  simlarini  ulanish  kontaktlarining  mustaxkamligiga,  himoyaviy  yerga 

ulanganligiga, 

o’tkazgich 

simlari 

izolyatsiyasining 

butunligiga 

himoya 


vositalarining borligi va ularning ishga yaroqliligiga alohida e’tibor beriladi. 

Nosozliklar aniqlanganda qurilmani ishga tushurish taqiqlanadi. 

Qurilmaning  jaroxatlanishga  olib  kelishi  mumkin  bo’lgan  aylanuvchi 

qisimlariga himoya to’siqlari o’rnatilishi shart. 

Qurilmaning  o’zi,  elektr  shkafi,  payvandlash  transformatorning  tashqi 

himoya  qobig’i,  elektr  energiyasi  qurilmaga  ulab  uzish  qulfi  ishonchli  holda 

himoyaviy yerga ulangan bo’lishi kerak. 

Plazma  yoyi  yordamida  payvadlash  qurilmasida  ishlashga  xavfsizlik 

texnikasining  malaka  guruhiga  kiruvchi  payvandchilarga  ruxsat  beriladi.  Plazma 

yoyi  yordamida  payvandlash  qurilmasida  ishlaydigan  payvandchi  maxsus  kiyim 

bosh  bilan  ta’minlangan  bo’lishi  kerak.  Qo’l  terisi  ultra  binafsha  nurlaridan  va 

metal sachratmalaridan brezent qo’lqoplar bilan himoya qilinadi. Ko’zlarni va yuz 

terisini infraqizil nur va ultra binafsha nurlaridan himoya qilish uchun payvadchilar 

va ularning yordamchilari maxsus yorug’lik filg’tirlari bor o’chtlardan foydalanadi. 

Ekranlarda  o’rnatilgan  himoya  oynalari  ish  jarayonida  qo’llaniladigan  elektr 

kuchiga asoslanib tanlanadi. Masalan, elektr kuchi 75 amper bo’lsa himoya oynasi 

E-1, elektr kuchi 200-400 ampergacha bo’lsa E-3.  

Payvandlash  jarayonida  zararli  gazlar,  bug’lar  va  juda  mayda  changlar 

ajralib chiqishini e’tiborga olgan holda payvandchining ish joyi  havo surgich bilan 

jihozlanadi. 

Kuchlanish ostida turgan qurilmaga texnik xizmat ko’rsatish taqiqlanadi. 

Yeyilgan  detallarni  plazma  yoyi  yordamida  payvandlash  usulida  qayta 

tiklash maydoni hududida yong’inga xavfli (benzin, dizel yoqilg’i, spirt, atseton va 

shu  kabi  materiallar)  saqlashga  yo’l  qo’yilmaydi.  Ishni  tugatishdan  avval  ish  joyi 

qat’iy  nazoratdan  o’tkazilib  yong’in  chiqishi  mumkin  bo’lgan  barcha  sabablar 

bartaraf etiladi. 




39 

Oshiqcha  tovushni  yo’qotish  maqsadida  tovush  beruvchi  payvandlash  asbob  – 

uskunasini,  transformatorlarni  alohida  xonalarga  joylashtirish  maqsadga  muvofiq 

[17]. 




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling