Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi


Download 0.63 Mb.
bet3/14
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1476222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
машинасозликда аниклик

Mexanik ishlov berish aniqligi.
Erishiladigan aniqlik deganda uqori malakali ishchi tononidan berilgan ishlab chiqarish sharoitlari uchun mos kelmaydigan, alohida o’ziga xos sharoutlarda erishiladigan aniqlik tushuniladi.
Iqtisodiy aniqlik deganda ishchining berilgan ish xarakteriga mos keladigan malakasi bilan normal ishlab chiqarish sharoitlarida mahsulotga ishlov berishga sarflangan minimal xarajatlar bilan erishiladigan aniqlik tushuniladi.


  1. Funksional, konstruklorlik va texnologik qo‘yimlar.

Zagotovka yoki detalning aniqligi deb ularning haqiqiy o’lchamlarining ishchi chizmasidagi yoki namunasidagi o'lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi.


Mexanik ishlov berish natijasida lurli omillar ta'siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan. bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko'rish mumkin, silindrik sirtda bo'ylama kesimi yo’nalishi bo'yicha:


Konussimon, bochkasimon, egarsimon va egrilik shakl xaloliklari va ko'ndalang kesimi bo'yicha: ovalsimon, ko'pqirralliik (ogrankalik) shakl xatoliklari sodir boladi. Ko‘rinib turibdiki, bu xatoliklar buyumning asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biri geometrik aniqligi bilan bog'liq. Konstruktor har bir buyum va uning detallarini xizmat vazifalariga muvofiq qilib ishlab chiqish bosqichida ularning chizmalarida tegishli bo'lgan geometrik o'lchamlarini qo’yib, aniqligini, ya'ni har bir o'lchamning chegaraviy qiymatlarini va asosiy texnik talablarni o'rnatadi. Ko'rinib turibdiki, detalga ishlov berish jarayonida uning geometrik o'lchamlarining haqiqiy absolyut qiymatlariga hech qachon erishib bo'lmaydi. Shuni nazarda tutgan holda konstruktor ongli ravishda har bir geometrik o'lcham uchun chegaraviy o’chamlar o'rnatadi, ya'ni qo'yim tayinlaydi. Eng katta va eng kichik chegaraviy o‘lchamlar ayirmasiga qo’yim (dopusk) deb aytiladi.

Mashina yoki detalni ruxsal etilgan ekspluatatsion og’ishlarini hisobga olib, f'unksional qo'yimlar o'rnatiladi. Binobarin, tutashtirilmaydigan sirtlar uchun bu karbyuralor jiklyorlari diametrlarining qo'yimlari va hokazo bo'lishi mumkin. U holda bu o'lchamning funksional qo’yimi Tf eng katta Tfmax va eng kichik Tfmin ruxsat etilgan qiymatlarining ayirmasiga teng. Bu buyumning ruxsat berilgan ekspluatatsion ko’rsatkichlarinig o’zgarishiga bog'liq holda aniqlanadi (1 -rasm).



1-rasm. Qo'yimlarning joylashish maydoni.

Funksional qo'yim Tf ekspluatatsion Teks va konstruktorlik Tk qo'yimlarning yig’indisidan iborat. Birinchi - ekspluatatsion qo'yim Teks detalni uzoq muddat ishiashi talabini qondiruvchi aniqlik zahirasini tavsiflaydi. Ikkinchisi — konstruklorlik qo'yim turli xatoliklarni kompensatsiya qiladi. Tutashliriluvchi sirtlar amalga oshirilayotgan hollarda konstmktorlik qo'yim detallarni tavyorlash xatoliklarini, birikmalarni va mashinalarni yig’ish, ularni rostlash xatoliklarini hisobga oladi va boshqa xatoliklarni kompensatsiyalaydi. Konstruktorlik qo'yim funksional qo'yim bilan uzviy bog'liq bo'lib, mashinani tayyorlash va ekspluatatsiya qilish sarflarini tahlillash (nazariy va tadqiqotlash yordarnida) asosida konstruktor


tomonidan o'rnatiladi.
Texnologik jarayon (Tj) davom etishida sodir bo'luvchi oraliq o'lchamlarga tayinlanuvchi qo'yimlarga texnologik qo'yim deb ataladi. U sodir bo'luvchi xatoliklarga bog'liq bo'lgan juda ham murakkab jarayondan iborat. Texnologik qo'yim konstruktorlik qo'yimdan kichik bo’lishi uchun bunday xatoliklarni iloji boricha mininumga keltirish zarur. Shunday sharoitdagina birikma va mashinalarni yig'ish jarayoni yengillashadi. Konstruktorlik va texnologik qo'yim- lar orasidagi nisbatlarini tahlillash Tj takomillashganligi to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling