Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi


Download 0.63 Mb.
bet5/14
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1476222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
машинасозликда аниклик

Bu omillar ikki turga farqlanadi.
Birinchisi — DMAD tizimiga bog'liq omillar, ular quyidagilar:
— texnologik jihozning geometrik xatoliklari:
—zagotovkalarni o'rnatishdan sodir bo'luvchi xatoliklar;
— texnologik tizimning (bikrligi) elastik deformatsiyalanishidan chaqшrilgan xatoliklar;
- keskich asboblarnining o'lchamli yeyilishi natijasida kelib chiquvchi xatoliklar; — keskich asboblarni sozlash bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar;
— texnologik tizimlarning haroratdan deformatsiyalanishiga bog'liq xatoliklar; — barcha yuqoridagi omillar ta’sirida sodir bo’luvchi shakl va fazoviy og'ish xatoliklari.
Ikkinchisi — DMAD tizimiga bog'liq bo'lmagan xatoliklar.
— zagotovkalarning nusxalanishidan sodir bo'luvchi xatoliklar;
— zagotovkalarning ichki kuchlanishidan kelib chiquvchi xatoliklar.
Ishlov berish aniqligi – ishlov berishda olingan geometrik yoki boshqa parametrning tayinlangan qiymatdan og’ishi.

Mexanik ishlov berish aniqligiga ta’sir qiluvchi omillar.


Ishlov berish aniqligiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  1. Dastgohning noaniqligi va eyeilishi. Tokarlik va frezerlik dastgohlarning radial tepishi 0,01 … 0,015 mmgacha bo’ladi. Chetki tepishi – 0,01-0,02 mmgacha bo’ladi. Dastgohga yuklanish berilganida uning noaniqligi ishqalanish yuzalarining yeilishi natijasida tirqishlarini bir tomonlama to’ldirilishi hisobiga ko’payadi.

  2. Moslamalarning noaniqligi va yeyilishi. Moslamalar detallarni tayyorlash aniqligini hisobga olib tayyorlanadi. 6-9 kvalitetdagi detallar uchun moslamaning o’lchamlariga tayinlanadigan qo’yimlar detallar o’lchamlarining ½ …1/3 qismiga to’g’ri keladi.

  3. Kesuvchi asbobning noaniqligi va eyeilishi. Asbobning yeilishiga kesish tezligi eng katta ta’sir qiladi, surish (uzatish) qiymati va chuqurligi- kamroq ta’sir ko’rsatadi.


Rasm. Asbob olchamli yeyilishini kesish yo’lining uzunligiga bog’liqligi.
Asbobni yeyilishi tig’ining zagotovka tanasida bosib o’tgan yo’liga proporsional bo’ladi hamda asbobning va ishlov berilayotgan zagotovkaning materialiga bog’liq bo’ladi.
Yuqoridagi rasmda I -zona - tezkor (boshlang’ich) yeyilish, 1000 metrdan ko’p emas.
II-uchastka – asosiy (normal) yeyilish. Asbob yeyilishi 8 dan 30 ming metrgacha.
III-asbobning tez yeyilishi. Ushbu uchastkada ishlash mumkin emas.


Mashinasozlikda ishlov berish aniqligi va uni taʼminlash.
Mashinasozlikda ishlov berish aniqligiga erishish uchun texnolog bir qancha vazifalarni muvaffaqiyatli yechishi lozim:

  • detalni tayyorlash va mashinani yigʻishda konstruktor tomonidan belgilangan aniqlikni, yuqori unumdorlik va iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan taʼminlashga erishish lozim;

  • ishlov berish va yigʻish jarayonlarini zaruriy oʻlchash va nazorat asboblari bilan taʼminlash;

  • operatsiyalar oraligʻi oʻlchamlari qoʻyimini belgilash va texnologik jarayon davomida ularga rioya qilishni taʼminlash. Bundan tashqari texnolog belgilangan texnologik jarayonning amaldagi aniqligini tadqiq qilishi va kelib chiqadigan xatoliklarning sabablarini oʻrganishi kerak.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling