Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi
Download 0.63 Mb.
|
машинасозликда аниклик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlov berish xatoliklarining yigʻindisi.
Texnologik ishlov beruvchi tizimga (TIBT) taʼsir etuvchi kuch ostida dastgoh detallari ishlov berilayotgan detal va kesuvchi asbobning deformatsiyasi TIBT ning bikrligi.
Metall kesish dastgohlarida detallarga ishlov berish jarayonida hosil boʻlgan kesish, moslamani siqish kuchlari va boshqa kuchlar dastgoh detallariga ishlov berilayotgan detalga, kesuvchi asbobga taʼsir koʻrsatadi. Natijada ularning deformatsiyalanishi, kesuvchi qirra holatining oʻzgarishi, detal oʻlchamlarini oʻzgarishi kabilar kuzatilib, toʻgʻri geometrik shakldan ogʻish hollari vujudga keladi (konussimonlik, ovallik). 3.1-rasm. Detallarni tekis va silindrik yuzalari boʻyicha oʻrnatish. Ishlov berish jarayonida hosil boʻlgan deformatsiyalar taʼsirida sodir boʻluvchi toʻgʻri shakldan ogʻish hollari 3.2-rasmda keltirilgan. Texnologik ishlov beruvchi tizimning deformatsiyasi natijasida toʻgʻri geometrik shakldan ogʻishi hollari. Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki TIBT ning bikrligi detallarni tayyorlash aniqligiga katta taʼsir koʻrsatadi. TIBT ning bikrligi deganda elastik ishlov berish tizimining kuch taʼsirida deformatsiyasiga qarshilik koʻrsatish qobiliyati tushuniladi. bu yerda: JT- tizimning bikrligi; Ru- kesish kuchining radial tashkil etuvchisi; u- kesuvchi qirraning siljishi (deformatsiyasi). Bikrlikka teskari tushuncha moslanuvchanlik deb yuritiladi yoki: Ishlov berish xatoliklarining yigʻindisi. Yuqorida koʻrib oʻtilgan xatoliklar shuni koʻrsatadiki, ulardan biri ikkinchisini qoplashi mumkin, chunki biri aniqlikni oshirsa, ikkinchisi kamaytiradi yoki biri kuchliroq taʼsir koʻrsatsa, ikkinchisi sezilarsiz taʼsir etadi. Bundan tashqari, bu xatoliklarni vektorlari oʻzaro qandaydir burchak ostida boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu xatoliklarning yigʻindisini aniq oʻlchashlar yordamida aniqlash mumkin. Qator mulliflar tomonidan taklif etilgan tenglamalar turli koʻrinishga ega boʻlib, yuqoridagilar sababli keng tarqalmagan. Biz bu xatoliklarni harflar bilan belgilab, ularning algebraik yigʻindisi bilan cheklanamiz: bu yerda: αD- dastgoh xatoligi; βk- kesuvchi asbob xatoligi; γix- texnologik sozlash xatoligi; εoʻr- oʻrnatish xatoligi; iDL- dastgoh detallari va ishlov berilayotgan detallar deformatsiyasi natijasida hosil boʻlgan xatolik; rDK- mahkamlash kuchi taʼsiridagi xatolik; λID- issiqlik deformatsiyasi tufayli hosil boʻlgan xatolik; ω0- oʻlchash xatoligi; ψb- ish bajaruvchining xatoligi; xqol- qoldiq oʻqlanishlar taʼsiridagi xatolik. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling