Mashinasozlikda aniqlik referat


Texnologik tizimning issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishidan hosil bo’ladigan xatoliklar


Download 0.64 Mb.
bet6/10
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1627610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mashinasozlikda aniqlik hisoblash zamonaviy usullari

6 Texnologik tizimning issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishidan hosil bo’ladigan xatoliklar
Detallarni kesib ishlash jarayonida uning aniqligiga tayyorlamaning, kesuvchi asbobning va dastgoh detallarining issiqlik ta’siridan deformatsiyalanishi ta’sir qiladi.
Kesib ishlash chog’ida kesish doirasida qirindining plastik deformatsiyalanishi, qirindining keskich oldingi yuzasiga va yo’nilgan yuzaning keskich ketingi yuzasiga ishqalanishi natijasida issiqlik hosil bo’ladi. Bundan tashqari dastgoh detallarning bir-biriga ishqalanishi va tashqi issiqlik manbalari ta’siridan ham texnologik tizim qiziydi.
Dastgohlarning issiqlik deformatsiyalanishi. Dastgohni ishlashi jarayonida shpindel babkalarini qizishi va ularni vertikal va gorizontal yo’nalishlarda siljishi kuzatiladi. Temperatura qiymati 10-500C atrofida bo’ladi. Dastgohda asosiy issiqlik manbai–shpindeli va vallardir. Eng katta issiqlik val yoki shpindelning podshipnik bilan tutashgan joyida hosil bo’ladi va bu yerda temperatura boshqa joylarga qaraganda 30-40% ortiq bo’ladi, bu holda shpindelning issiqlik ta’siridan uzayishi ishlanayotgan detalning aniqligiga salbiy ta’sir qiladi.
Shpindelning issiqlik ta’siridan siljishi sozlangan dastgohlarda ishlaganda nisbatan katta xatolarga olib kelishi mumkin. Shpindel o’qini siljishiga sabab bo’luvchi oldi babkani qizishi 3-5soat davom etadi va so’ng bu jarayon turg’unlashadi.
Dastgohni issiqlik deformatsiyalanishi sababli kelib chiqadigan ishlov berish xatoliklarini yo’qotish uchun dastgohni birlamchi salt yurishda 2-3 soat qizdiriladi, to’xtashlar kamaytiriladi.
Tayyorlamaning issiqlik deformatsiyalanishi. Detalning aniqligiga tayyorlamaning issiqlikdan deformatsiyalanishi ham ta’sir qiladi. Kesib ishlash vaqtida tayyorlamaga issiqlikning ma’lum miqdori o’tadi.
Tokarlik dastgohida ishlaganda issiqlikning 50÷60 foizi qirindiga, 10÷40 foiz issiqlik keskichga, 3÷9 foiz issiqlik tayyorlamaga va 1 foiz chamasi issiqlik nurlanish yo’li bilan atrof muhitga tarqaladi.
Parmalashda esa issiqlikning 28 foizi qirindi bilan ketadi, 14 foiz issiqlik parmaga o’tadi, 55 foiz issiqlik tayyorlamada qoladi va 3 foiz issiqlik atrof-muhitga tarqaladi.
Tayyorlamani bir tekis qizishida o’lcham xatoliklari kelib chiqadi, uni mahalliy, ba’zi joylarini qizishi cho’kishni olib keladi va shakl xatoligi kelib chiqadi.
Ishlov beriladigan tayyorlama qizishi kesish tartiblariga bog’liqdir, masalan, tokarli ishlov berishda kesish tezligi va surishini oshishi temperaturani kamaytiradi, kesish chuqurligi ortishida temperatura ham ortadi.
Katta o’lchamli tayyorlamalarni kesib ishlashda issiqlik deformatsiyasi juda oz bo’ladi. Detal ko’ndalang kesimining kichiklashishi va uzunligining oshishi issiqlik ta’siridan hosil bo’ladigan xatolikni ko’payishiga olib keladi. Ayniqsa aniqlikka teshikka ishlov berishda issiqlik deformatsiyasining ta’siri katta bo’ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling