Mashinasozlikda aniqlik referat


Download 0.64 Mb.
bet9/10
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1627610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mashinasozlikda aniqlik hisoblash zamonaviy usullari

Asoslash xatoligi. Tayyorlamani moslamaga o’rnatishda o’lcham asosi bilan texnologik asosning bir-biriga to’g’ri, mos kelmasligi natijasida asoslash xatoligi hosil bo’ladi.
Asoslash xatoligi deb tayyorlamaning o’lcham asosidan ishlov berish uchun o’rnatilgan kesuvchi asbobga qadar bo’lgan eng katta va eng kichik masofalarning ayirmasiga aytiladi [7].
Asoslash xatoligi qandaydir mujmal, noaniq son bo’lmay, u har bir o’lcham uchun qo’llanilgan asoslash sxemasiga bog’liq ravishda aniqlanadi, ya’ni asoslash sxemasi o’zgarishi bilan o’lchamning asoslash xatoligi ham o’zgaradi.
Maxkamlash xatoligi tayyorlamalarni moslamada maxkamlashda qisish kuchi ta`sirida ularning xolati o’zgarishi mumkin (surilishi, burilishi, ezilishi). Tayyorlama xolatining o’zgarishi esa shu moslamada tayyorlangan detallar o’lchamlarining o’zgarishiga olib keladi.
Maxkamlash xatoligi (𐐩K) deb qisish ta`sirida o’lcham asosi bilan kesuvchi asbobiga qadar bo’lgan masofalarni tayyorlamaning siljishi hisobiga, o’zgarishiga aytiladi.
Maxkamlash xatoligi qiymati moslama qisish mexanizmining tuzilishi va xolatiga, qisish kuchining yo’nalishiga; texnologik yuzalar holatiga bog’liq bo’ladi.
10–rasmda ko’rsatilgan sxemada qisish kuchi (Q) ta`sirida A o’lchami uchun maxkamlash xatoligi nolga teng emas (𐐩q ≠ 0), vaholanki E o’lchami uchun 𐐩K = 0, chunki E - ning o’lcham asosi kuch ta`sirida gorizontal yo’nalishda siljimaydi. O’lcham asos asosan, moslamaning deformatsiyalanishi ta`sirida kuch ta`sir qilgan tomonga siljiydi.

10 – rasm. Tayyorlamani mahkamlash xatoligi
Tayyorlama – moslama tayanchi o’rtasidagi siljishni quyidagicha ifodalash mumkin.
У = CQn
Bu yerda, С – tayyorlama materlali, uning g’adir-budurligini hisobga oluvchi koeffitsient.
Q – qisish kuchi (tayanchga ta`sir etuvchi kuch)
n – daraja ko’rsatkichi (birdan kichik).
Ishlov berish jarayonida qisish kuchi Qmin dan Qmax ga o’zgaradi, bu esa maxkamlash xatoligi ta`sirida partiyadagi detallarning o’lchamini o’zgarishiga (yeyilishiga) olib keladi.
Maxkamlash xatoligini havo va suyuqlik yordamida qisuvchi moslamalar qo’llash, qisish kuchi yo’nalishini to’g’ri tanlash hisobiga kamaytirish mumkin. Qisish kuchi tayyorlamaning asos yuzasini moslamaning tayanchlariga bosib turishi kerak. Fazoviy xatoligi bo’lgan tayyorlamani moslamaga o’rnatib kesish sxemasi 11–rasmda ko’rsatilgan. Qisish kuchi ta`siridan tayyorlama O nuqtasi atrofida buriladi va natijada asos yuzasi (1) ko’tarilib ishlov berilayotgan yuza pastki yuzaga nisbatan noparalell bo’lib qoladi.

11 – rasm.
Agar qisish noto’g’ri bo’lsa yoki tayyorlamada shakl va fazoviy xatoliklar bo’lsa, unda tayyorlama qisish kuchi ta`sirida burilib yoki siljib ketishi mumkin. Bunday maxkamlangan tayyorlama ishlov berish natijasida yuzalar parallelmasligi yoki perpyendikulyarmasligi kelib chiqadi.

NAZORAT SAVOLLARI



  1. DMAD texnologik tizimi haqida tushuncha.

  2. Bikrlikni aniqlikka ta’siri.

  3. Turli xil ishlov berish sxemalarida bikrlikni aniqlikka ta’siri.

  4. Bikrlikni oshirish usullari.

  5. Kesuvchi asbobni tayyorlash aniqligi darajasi ishlov berishga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  6. Kesuvchi asbobni yeyilishini nima uchun o’lchamli yeyilish deymiz?

  7. Qanday omillar kesuvchi asbobni yeyilishiga ta’sir ko’rsatadilar?

  8. Kesuvchi asbobni yeyilish grafigini izohlang?

  9. Dastgohni geometrik noaniqligi aniqlikka qanday ta’sir ko’rsatadi?

  10. Dastgoh elementlari yeyilishini aniqlikka ta’siri.

  11. Dastgox bikrligini izohlang.

  12. Dastgox bikrligini oshirish usullari.

  13. Dastgohni sozlash xatolikni tashkil etuvchilari.


  14. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling