Mashqlarni tashkil etish
Download 214.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- N. S. Barotova Mualliflar:Buxoro viloyati Buxoro shahar 32-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchilari ANNOTATSIYA
- KALIT SO`ZLAR
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities Hosted New York, USA https: econferencezone.org April 28 th 2022 99 MAVZU: SAVOD O’RGATISH DAVRIDA MANTIQIY MASHQLARNI TASHKIL ETISH S. B. Rajabova, N. S. Barotova Mualliflar:Buxoro viloyati Buxoro shahar 32-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchilari ANNOTATSIYA Savod o’rgatish jarayoni juda nozik faoliyat bo’lib, u o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. Maqolada boshlang’ich sinflarda savod o’rgatishning sodda metodik usullari keltirilgan. Undan, boshlang’ich ta’lim yo’nalishida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar foydalanishlari mumkin. KALIT SO`ZLAR: Boshlamg`ich ta`lim,savod o`rgatish,savod chiqarish,o`quv jarayoni, alifbe davri, nutq o’stirish, harf, kesma alifbo, yozuv, tovush, o’qish. «Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi... Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir. Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa, bola hamma savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok barcha narsani qamrab olishga qodir». Y. A. Komenskiy Endigina maktabga qadam qo‘ygan bolaga savod o‘rgatish juda nozik ish bo‘lib, uning qulay usullarini topishga intilish ta’lim jarayonida uzoq tarixga borib taqaladi. Bu haqda Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, «Donishnoma», «Qobusnoma» kabi nodir kitoblarda qimmatli fikrlar bitilgan. So‘nggi paytlarda pedagogik tajriba yangi metodlarni maktablarga olib kirmoqda. Aslida, pedagogik tadqiqotlar ijodkori K. D. Ushinskiy savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodini kashf etib, «Osonroq narsalarni o‘rganishdan qiyinroq narsalarni o‘rganishga qarab borish» (Y.A. Komenskiy) tizimiga yo‘l ochdi. Mazkur usul hozirgi davrgacha ancha takomillashib, o‘zining an’anaviy tamoyilini yaratdi. Bu metodning afzallik jihatishundaki, unga savod o‘rgatish jarayonida so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zda ma’no o‘zgartiruvchi tovushlarning harfiy ifodasi ishlanib, o‘qish va yozish parallel tarzda o‘rgatib boriladi. Keyinroq atoqli metodist S. R. Redazubov va A.I. Voskresenskayalar tovush metodida xat-savod chiqarishni takomillashtirib, uni analitik-sintetik tovush metodi deb atadilar. O‘tgan asrning boshlarida tashkil etilgan, rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinflarida tovush metodidan foydalanish boshlanib, tatarcha alifbe o‘rgatildi, biroq kitobning tili va mazmuni sinfga mos kelmas edi. 1902- yilda peshqadam pedagoglardan Saidrasul Saidazizov analitik-sintetik tovush metodi talablariga muvofiq keladigan alifbeni tuzdi va «Ustodi avval» nomi bilan nashr ettirdi. Bu qo‘llanma, asosan, uch qismdan iborat edi: 1. Alifbe davri. Bunda arab harflarining so‘z tarkibida ikki xildan to‘rt xilgacha bo‘lgan ko‘rinishlari o‘quvchilarga tanishtirilib, «Qor», «Uyqu», «G‘or», «Тog‘» kabi o‘zbekcha so‘zlar misol tariqasida keltirildi. 2. Alifbedan keying davr. Bunda bilim olish xususiyatiga va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘lgan 50 ta maqola hamda hikoya berildi. 3. Alifboyi Qur’oniy. Bu qismda muallif bolalarni «Qur’oni karim»ni qiroat bilan o‘qishga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Ustodi avval» O‘rta Osiyo hududida hijo metodining o‘rniga tovush metodi tarqalishidagi dastlabki qo‘llanma bo‘lib qoldi. Bugungi kunda ham yozuvimizning to‘rt marta o‘zgartirilganiga qaramay (arab, lotin, kirill, lotin), analitik-sintetik tovush metodi savod o‘rgatishda takomillashgan usulga aylanib qoldi. Endilikda analiz va sintez (yoyish va yig‘ish) savod o‘rgatishning Download 214.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling