O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
MOLIYAVIY SAVODXONLIK ASOSLARI
fanining
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: Barcha noiqtisodiy sohalar
Ta’lim sohasi: Barcha noiqtisodiy sohalar
Ta’lim yo‘nalishilari: Barcha noiqtisodiy ta’lim yo’nalishlari
Urganch – 2023 y.
FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT
Fan/modul kodi
ISFA308
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
7
|
ECTS - Kreditlar
7-semestr - 2
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
2
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Moliyaviy savodxonlik asoslari
|
Ma’ruza - 16
Amaliy-14
|
30
|
60
|
FAN O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT:
Kafedra:
|
“Buxgalteriya hisobi va audit”
|
Dastur muallifi:
|
Eshniyazova Y.Y.
|
Telefon raqami
|
+998996701282
|
E-mail:
|
yulduz_eshniyazova@urdu.uz
|
Tashkilot:
|
Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy, Iqtisodiyot fakulteti
|
I.Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pul oqimlari harakati, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, sug‘urta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.
Fanning vazifasi - talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish orqali fanning inson hayotidagi va jamiyatdagi o‘rni hamda ahamiyatini ochib berish.
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: “Moliyaviy savodxonlik asoslari” faniga kirish. Pul, uni topish va pulni samarali boshqarish yo’llari.
Moliyaviy savodxonlik asoslari fanining maqsadi va vazifalari, fannining bugungi kundagi ahamiyati. Pul, uning mohiyati, turlari, pulni topish. Pul qayerdan olinadi, unga qanday ega bo’lish mumkin, nima uchun pul doim yetishmay qolaveradi? Xarajatlarni rejalashtirish, pulni samarali boshqarish yo’llari.
2-mavzu: Shaxsiy moliya va shaxsiy moliyaviy rejalashtirish.
Shaxsiy moliya tushunchasi. Shaxsiy moliyani o’rganish usullari. Shaxsiy moliyaviy rejalashtirish. Inson kapitali. O’z insoniy kapitalidan foydalanish va uni qo’llash. Qarorlar, uning turlari, qarorlarni qabul qilish, maqsadni aniqlash, muqobil variantlarni topish va tanlash, optimal variantni tanlab bilish. Pul bilan bog’liq bo’lgan qarorlarni qanday qabul qilish kerak? Shaxsiy moliyaviy rejani tuzish. Moliyaviy maqsadni aniqlash. Maqsadga erishishning muqobil usullarini tanlash. Moliyaviy maqsadga erishish strategiyasini tanlash.
3-mavzu. Uy buxgalteriyasi: aktiv va passivlardan foydalanish, daromad va xarajatlarni optimallashtirish.
Uy buxgalteriyasi tushunchasi. Uy xo’jaligida aktiv va passivlar, ularning mohiyati va tarkibi. Aktiv va passivlardan samarali foydalanish. Aktiv va passivlarning hisobi. Daromad. Daromad turlari tarkibi va ularning shakllanish tartibi. Daromad manbalari. Xarajatlar. Xarajatlar tarkibi, ularni hisobga olish. Xarajatlarni optimallashtirish. Uy xo’jaligi budjetini tuzish. Daromad va xarajatlarning muvofiqligi. Shaxsiy moliyaviy rejani tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |