Avtor - masofaviy kursni yaratuvchi, uni yangilatuvchi va taxrirlovchi shaxs.
Metodist - masofaviy kurs avtoriga konsultatsiyalar beruvchi va kursni taxrirlovchi shaxs.
Oʻqituvchi - oʻquvchilar bilan oʻqish jarayonida muloqotda boʻluvchi va ularga yordam beruvchi hamda ularning bilimlarini tekshiruvchi shaxs.
Ruxshunos - oʻqish jarayonining psixologik monitoringni tashkil qiluvchi shaxs.
Administrator - oʻquvchilarni qabul qilish va oʻqishdan chetlash masalalarini echuvchi va malakali oʻqituvchilarni jalb qiluvchi shaxs.
Dokumentoved - hujjatlar bilan ishlovchi shaxs.
Telekommunikatsiya va dasturiy ta'minot gruppasi -dasturlar va telekommunikatsiya resurslar ishini ta'minlovchi shaxslar.
Oʻquvchilar - oʻquv jarayonida qatnashuvchi shaxs.
Oʻquv jarayoninin tashkil qilishda esa albatta quyidagi qadamlarni bajarishimiz zarur boʻladi:
Kurs maqsadlarini aniqlash. Qaysi bilimlarni (mavzular, fan va ...) va kimlar uchun oʻqitish kerak.
Oʻqish metodlarini tanlash. Oʻquv jarayoni davomida bilimlar va kunikmalar darajasini diagnostika hamda tekshirish manbalarini va usullarini aniqlash kerak.
Oʻquv materialga metodik talablarini ishlab chiqarish. Yangi bilimlarni berish usullarini va hajmlarni aniqlash kerak.
Darslar jadvalini ishlab chiqarish. Butun kursni bir nechta modullarga boʻlish, har bitta modul tugallashidan keyin oʻquvchi tomonidan qanaqa bilimlarga ega boʻlishini aniqlash kerak.
Oʻquv jarayonini monitoringni tashkil qilish.
Tekshiruv jarayonlarni rejalashtirish.
Oʻquvchilarning mustaqil ishlarini rejalashtirish.
Oʻquv jarayoni natijalarini prognozlashtirish.
Natijalarni aniqlash va taxlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |