Masofaviy ta’lim asosidagi o‘qitishning afzallik va kamchiliklari reja


Download 106 Kb.
bet2/7
Sana11.05.2023
Hajmi106 Kb.
#1454622
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MASOFAVIY TA

Masofaviy ta'lim modellari. Masofaviy ta'lim (MT) - bu oʻqituvchi va oʻquvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turi.
Bu ta'lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab boʻlgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun moʻtaxasislar mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari.
Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy oʻquvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual oʻqituvchiga biriktirilgan boʻlishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional boʻlimlar boʻlishi shart. Shunday oʻquv kurslarda oʻqituvchi va oʻquvchilarga oʻquv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.ukta'limni olish mumkin.
Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim oʻquvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil oʻquv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday oʻquv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda koʻp. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yoʻnalishlarni izlanishlarida qullaniladi. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta'limni olish mumkin.
Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. Oʻquvchilar oʻquv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan oʻqiydi. Shu bilan birga bu ta'lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar oʻtkazish ham kiradi.
Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta'limni olish mumkin.
Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri oʻquv kurslarni tashkil qilib ishini ta'minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga oʻquvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet oʻrnida ta'lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda oʻquv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini tekshirish zarur boʻladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq Oʻquv Agentligidagi (http://www.ola.bc.cata'limni olish mumkin.
Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o’zlari yaratgan oʻquv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida etakchi boʻlgan oʻquv muassasa bu sohada ilk qadam qo’yadigan muassasaga o’zining oʻquv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa oʻquvchilari bir xil ta'lim va diplomlar olishadi. Bu modelga misol qilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharqiy Evropa Universitetlari bilan boʻlgan hamkorligi boʻlishi mumkin.
Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan boʻlgan munosabatlariga oʻxshash. Bu modelda bitta universitet oʻquv kurs, diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar oʻquvchilarni ta'minlaydi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling