Masofaviy ta'lim bu o'qituvchi va o'quvchi yoki talaba jismonan turli joylarda bo'lgan masofaviy o'qitish usuli
Elektron multimediali tizimlari, CourseLab tizimi
Download 1.06 Mb.
|
1-81
31. Elektron multimediali tizimlari, CourseLab tizimi.:
Axborot jamiyatiga o‗tish zaruriyati jahon iqtisodiyotida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot resurslarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga o‗tishi, jamiyatni axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‗lgan talabini qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot kommunikatsion infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashinuvlar asosida maorif, ilmiy-texnik va madaniy sohalarning takomillashuvi, «global axborot afzalliklarini» teng huquq asosida ishlatish bilan shartlanadi. Oxirgi yillarda elektron ta‘limning an‘anaviy ta‘limga qaraganda afzallik jihatlari ko‗proq aniqlanmoqda. So‗nggi vaqtlarda ta‘lim oluvchilar va o‗qituvchilar an‘anaviy ta‘limning ba‘zi turlariga qaraganda onlayn ta‘limning afzalliklari ko‗proq degan xulosaga kelmoqdalar. Sababi, ta‘lim tizimida ta‘lim sifatini oshirishga qaratilgan raqamli o‗qitish platformalari ko‗paymoqda, bunda an‘anaviy va onlayn ta‘limning eng yaxshi tomonlari birlashtirilib aralash ta‘lim tizimi shakllantirilmoqda. CourseLab — bu Internet tizimida, masofaviy ta‘lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‗ljallangan interaktiv ta‘lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo‗ljallangan kuchli va ishlatish oson bo‗lgan dasturiy vositadir. Mualliflik dasturiy ta’minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar yordamida electron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. CourseLabning asosiy imkoniyatlari: • WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini yaratish va tahrir qilish. • Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi. • Obyektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish imkonini beradi. • Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Obyekt»li bog‘liqliklarniyaratishni osonlashtiradi. • Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega. • Ochiq obyektiv interfeys obyekt va shablonlar kutubxonasi vafoydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi. • Obyektlar animatsiyasi mexanizmiga ega. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling