Masofaviy ta'lim bu o'qituvchi va o'quvchi yoki talaba jismonan turli joylarda bo'lgan masofaviy o'qitish usuli


Masofaviy o‘qitishni tashkil etish va uning o‘quv metodik ta’minoti va asosiy shakllari?


Download 1.06 Mb.
bet27/49
Sana18.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1100044
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
1-81

36. Masofaviy o‘qitishni tashkil etish va uning o‘quv metodik ta’minoti va asosiy shakllari?

Kundalik turmushimizdagi zamonaviy axborot texnologiyalarning shiddat bilan kirib kelishi barcha sohalarda ish jarayonini tezlashtirish bilan bizga axborot almashish borasida keng imkoniyatlar ochmoqda. Shu jumladan ta’lim jarayoniga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymadi.


Uning ta’sirida ta’lim tizimida masofaviy ta’lim tizimi vujudga keldi. Yaqin vaqtlargacha masofaviy ta’lim, sirtqi ta’lim, ochiq ta’lim kabi tushunchalar deyarli bir-biridan ajratilmas edi. Biroq hozirgi vaqtga kelib, masofaviy ta’lim-bu ta’lim shaklimi yoki texnologiyami degan savollar dolzarbligicha qolmoqda.
Chunki, bu savol masofaviy ta’lim strategiyasi amalga oshirish taktikasi hamda o’qituvchilarni masofaviy ta’lim tizimida ishlashga tayyorgarligiga bog’liqligini bildiradi.
Masofaviy ta’lim – bu o’quv materialining yetkazib berilishida, mustaqil o’rganishida, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida muloqot almashinuvida qo’llaniladigan an’anaviy va yangi axborot texnologiyalarni hamda ularning texnik vositalarni keng qamrovda ishlatilishidagi ta’limning sintetik, integral, ijtimoiy shaklidir.
Masofaviy ta’lim – interfaollikni nazarda tutgan internet texnologiyalarning maxsus vositalari yoki boshqa vositalar bilan amalga oshiriladigan, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro ta’siri masofada amalga oshiriladigan va o’quv jarayoniga mos bo’lgan kompyuterlarni (maqsad, mazmuni, usullari, tashkiliy shakllar) aks ettirgan ta’lim shaklidir.
Tarmoq texnologiyasi – oliy o’quv yurtlarining internet serverida joylashadigan kompyuterda o’rgatiladigan dasturlar va electron darsliklarni ishlatilishidir. O’qituvchi internet orqali bog’lanilib, oraliq va yakuniy test nazoratlaridan o’tishi mumkin. Qator oliy o’quv yurtlari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini xuddi shuningdek, aniq vaqt rejimida o’tkazadi. Tarmoqli o’qitish mustaqil tarzda, shuningdek, axborot ta’lim muhitining ochilishi asosida tashkil etilishi mumkin.
Televizion – yo’ldoshli texnologiya tashkiliy jihatdan tarmoq texnologiyasi bilan o’xshashdir. Faqat o’qituvchi va o’quvchilar muloqoti aloqaning yo’ldoshli kanallar bo’yicha amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan uchala texnologiya bo’yicha hozirgi vaqtda ta’limning kunduzgi va masofaviy davrlarini moslashtirilgan holda ko’pincha gibridli modelidan foydalaniladi. Biroq chet elda masofaviy ta’lim shakli sifatida ko’riladi, shuning uchun quyidagi savol dolzarb hisoblanadi.
Masofaviy ta’lim – bu shaklmi, texnologiyami yoki vositami?
Masofaviy ta’limni ta’lim shakli sifatida ko’rib chiqamiz.
Masofaviy ta’lim ta’limning yangi shakli sifatida mutlaqo mustaqil ta’lim bo’la olmaydi. Masofaviy ta’lim kunduzgi ta’lim mazmunidagi kabi mos ravishda o’sha maqsadlar bilan quriladi (agar u ta’limga mos keluvchi dastur bo’yicha qurilsa, lekin materialni yetkazish shakli o’qituvchi va o’quvchilar shuningdek o’quvchilarning o’zaro o’rtasidagi ta’sir etish shakli boshqacha bo’ladi).



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling