Masofaviy ta'lim bu o'qituvchi va o'quvchi yoki talaba jismonan turli joylarda bo'lgan masofaviy o'qitish usuli


Masofaviy ta‘limda kompyuter tarmoqlari. internet tizimidagi o‘qitish texnologiyalari?


Download 1.06 Mb.
bet38/49
Sana18.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1100044
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
1-81

51. Masofaviy ta‘limda kompyuter tarmoqlari. internet tizimidagi o‘qitish texnologiyalari?
Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
 axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
 bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
 mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
 bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan
uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon
(salohiyatli) bo‘lishi kerak.


52. Xalqaro masofaviy ta’lim kurslari?

Hozirgi kunda internet imkoniyatlaridan foydalangan holda uydan tashqariga chiqmasdan dunyoning nufuzli universitetlarida sifatli bilim olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa ta’lim paradigmasini butkul o‘zgarishiga olib keldi.Bunga MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi.MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘lib, interfaol usullardan foydalangan holda tayyorlangan va Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashtirilgan ta’lim kursiga aytiladi. Ommaviy ochiq onlayn kurslarni tez va keng qamrovda tarqalishi ularga dunyo ta’lim bozorida talab borligidan dalolat bermoqda.OOOK orqali oliy o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar, kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasasi talabalari, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.


AQSH masofadan o'qitish texnologiyasi bilan Virginia Commonwealth University MCV da Dr. Dolores Clement rahbarligida o'rgandik. Bu usuldan bir necha yillar davomida foydalanilmoqda. Unda magistraturani tugatgan vrachlar o'qiydi. Vrachlar dunyoning turli nuqtalaridan turib o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ba'zi bakalavriyat talabalari bir-necha mutaxassislikni egallash maqsadida bu usuldan foydalanishadi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling