Masofaviy ta’lim tizimi abstract Methods are given in this final work definition of technology of distatsionny training and relationship of the teacher and students
Download 0.88 Mb.
|
MASOFAVIY TA’LIM TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy ta’lim
- O‘ZBEKISTONDA MASOFAVIY TA‘LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHNI PEDAGOGIK SHAROITLARI
- "Internetdan bepul foydalanish"
- 2004 - yilning birinchi kvartalning uzida
Masofaviy o’qitish – eng yaхshi an’anaviy va innovatsion mеtodlar, o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari aхborot va tеlеkommunikatsiya tехnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy o’qish – bu yangi aхborot tехnologiyalari, tеlеkommunikatsiya tехnologiyalari va tехnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart- sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab bеrib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o’quv aхborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maхsus aхborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chеt ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim хizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim majmuaidir. Masofaviy o’qitish tizimi – masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Nima uchun masofaviy ta’lim kеrak bo’lib qoldi? – dеgan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: – Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog’liqmasligi va boshqalar). – Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining chеklanganligi. – Ta’lim olishni хohlovchilar sonining oshishi. – Sifatli aхborot tехnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. –Хalqaro intеgratsiyaning kuchayishi. Yuqorida sanab o’tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o’qitishga ehtiyoj borligini ko’rsatadi. O‘ZBEKISTONDA MASOFAVIY TA‘LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHNI PEDAGOGIK SHAROITLARI Uzbekiston boshqa mustakil davlat xamdustligi mamlakatlariga uxshab uzining ta‘lim soxasini jaxon standarlariga olib kelishda kup xarakatlar kilmokda. Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi elektron ta‘limni rivojlanishiga asosiy sabab bulib, unga katta axamiyat berilishiga olib kelmokda. Xozirgi moliyaviy tankislik davrida, ta‘limning bu turidan keng mikyosda foydalanish lozim. Mazkur ta‘lim turini joriy kilish bilan bog‘liq ayrim muammolarning kelib chikishi tabiiy. Bular asosan mablaglar, texnika ta‘minoti va shu soxada malakali muxandis xamda pedagog kadrlar yetishmovchiligi, lekin biz shu muammolarni imkoniyat darajasida xal kilishimiz zarur chunki, Uzbekiston sharoitida masofaviy ta‘limni tashkil kilinish katta samara berishi anik. Xozirgi kunda ta‘lim va ishlab chikarish soxasini komp‘terlashtirish va shu soxalarda informatsion texnologiyalarni rivojlantirish xakida kuplab prezidentimiz farmonlari va Oliy majlis qarorlari chiqarqilgan. Natijada oxirgi besh yil ichida Respublikasizda kuplab ibratli ishlar kilindi. Masalan 2002 yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti tashkil kilinib, shu yildan boshlab bu universitet komp‘yuter va kommunikatsiyalar, radiotelefon va axborot tarmoklari, dasturiy ta‘minot va elektron kommertsiya soxasiga zarur bulgan mutaxasislarni tayyorlanmokda. Ushbu va boshqa oliy ta‘lim muassasalari tomonidan kuplab ta‘lim soxasiga tegishli yangi dasturlar va elektron kitoblar yaratilmokda. SHu bilan birga mamlakatimizda 2000 yildan uz ishini olib borgan, AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Ma’daniyat masalalari buyicha byurosi (ECA) va Xalkaro Ilmiy Tadqiqotlar va Olimlarni Ayrboshlash Kengashi (IREX) tomonidan tashkil kilingan "Internetdan foydalanish va o’qitish programmasi" (http://www.iatp.uz) va "Uzbekiston maktablarida Internet" (http://www.connect.uz) programmalarini xam aytish lozim. SHu programmalarning asosiy vazifasi - bizning Respublikamizda Internet va uning 11 xizmatlarini rivojlantirish va axoli ichida keng tadbiq qilish. Ushbu programmalar natijasi deb xozirgi kunda Respublikamizning 16-ta shaxrida axoliga beminnat xizmat kursatgan "Internetdan bepul foydalanish" markazlari xamda Respublikamizning 6-ta viloyatining 60 maktablarida tashkil kilingan Internet markazlarini aytish mumkin. SHu bilan birga uzbek tilidagi Internetni rivojlanishi va undagi ta‘lim soxasiga tegishli maxsus saytlarini paydo bulishini xam aytish lozim deb xisoblaymiz. 2004 - yilning birinchi kvartalning uzida Internet foydalanuvchilar soni taxminan 511 000 ga yetdi (2003 yil boshida 275 000 ta). SHu bilan birga 2003 yil boshiga nisbatdan internet provayder va operatorlar soni 263 (usish 94,8%), UZ zonadagi vebsaytlar soni esa 2600 dan oshdi (usish 188,4%), Internetga bog`langan davlat korxonalar soni 470 (usish 63,6%), xujalik sub’etlar soni 8600 (usish 68,9%), internetdan ommaviy foydalanish punktlar soni 228 (usish 115,1%) ga teng buldi. IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil kilingan va 2002 yildan faoliyat kursatib kelgan "Masofaviy ta’lim portali" (http://dl.freenet.uz) yoki kuplab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan uzlarining veb saxifalarida tashkil kilingan "Masofaviy ta‘lim kurslari"ni xam aloxida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz Uzbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil kilingan kurslar). Ta‘lim soxasiga tegishli kuplab foydali va kizikarli veb saytlar yaratilmokda, (http://www.bilim.uz , http://www.bilimdon.uz , http://www.ilm.uz , http://www.student.uz , http://www.study.uz va boshqalar). Eng quvonarli esa internetda nafakat universitet, institut, kolledj va akademik litseylar balki maktablar xam uzlarining veb saxifalariga ega bulishmokdalar. Boshqa misol kilib Respublikamizning oliy yurtlari tomonidan tashkil kilingan videokonferentsiyalarni xam aytish mumkin. 2002 yilda Respublikamizda birinchi marta Prezident Devoni, Tashqi Iqtisod Aloqalar Vazirligi, Jaxon Iqtisod va Diplomatiya Universiteti va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti urtasida videokonferentsiya utkazildi. Xozirgi kunda Respublikamizning Toshkent Davlat 12 Texnika Universiteti, Toshkent Davlat Iktisod Universiteti, Jaxon Iktisod va Diplomatiya Universiteti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida bir necha marta videokonferentsiyalar utkazqilgan edi va utkazilmokda. 2010 yildan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti va filiallari o‘rtasida vidiekonferentsiyalar o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarni shu sohadagi yetakchi mutaxassislar olib bormoqda. Hozirgi paytda Farg‘ona filialining magistrlari on-line shaklda My SQL Java Script tillaridan o‘z bilimlarini masofaviy shaklda oshirmoqdalar. Auditoriyalarda olib boriladigan an‘anaviy o‘quv jarayonidagi o‘qituvchi va student orasidagi muloqot kerakli darajada komp‘yuterli aloqa videokonferentsiyaning yaratilishi bilan bog‘liq. Audio va video raqamli signallarni uzatish sohasidagi zamonaviy yutuqlar komp‘yuterli videokonferensiya aloqa tizimlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Kompyuterli videokonferensiya aloqa sifati ko‘p jihatdan komp‘yuterli lokal tarmog‘ida ham internet tarmog‘ida ham foydalanuvchilarga o‘zaro aloqa ya‘ni, ma‘lumotlarni almashish turiga bog‘liqdir. Bu tezlik o‘z navbatida kanalning o‘tkazish darajasi hamda bu kanaldagi foydalanuvchilar soniga bog‘liqdir. Afsuski xozirgi paytda talab qilinadigan sifat darajasi ma‘lum bir lokal tarmoq ichidagi taminlamoqda. INTERNET tarmog‘ida bu qoniqarsiz. Sifat darajasi ISDN bilan nomlanadi. Zamonaviy komp‘yuterli videokonferentsiya aloqa tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilaridan iborat: Audio ma‘lumotlarni almashtirish; Video ma‘lumotlarni almashtirish; Vertual auditoriya doskasini yaratish; Klaviatura orqali matnli ma‘lumotlarni kiritib muxokamani tashkil etish; Fayllarni jo‘natish; Amaliy dasturlardan birgalikda foydalanish; Ko‘p tomonlama konfrentsiyalardan foydalanish; Masofaviy ta‘lim uchun o‘quv uslubiy materiallar. Masofaviy ta‘lim tinglovchisi fan dasturlari chop etqilgan yoki Elektronik ko‘rinishdagi darsliklar va o‘quv qullanmalar (darslik,mashqlar to‘plami ) laboratoriya ishlarini bajarish uchun qullanmalar va boshqalar. SHuningdek mashg‘ulotlar bo‘yicha ishlash tashkil qilish uchun uslubiy qullanmalarni o‘z ichiga olgan o‘quv uslubiy narsalarga ega bo‘lish kerak. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling