Massaj shakllari Umumiy massaj
Download 157.23 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Mahalliy massaj
Amaliy mashg‘ulot № 1. Davolovchi massajning shakl va usullari. Massaj shakllari 1.Umumiy massaj Bunda butun tana yuzasi massaj qilinadi. Massajning davomiyligi uning turiga, massaj olayotgan tana vazniga, yoshiga, jinsiga va bashqalarga bog‘liqdir. Umumiy massaj qilinayotganda massaj usullarining ketma-ketligi inobatga olinadi. Avval silash, siqib chiqarish, surtish keyin yumshatish va vibratsion usullari qilinadi. massaj silash bilan tugatiladi. Oddatda massaj tananing katta yuzali sohasida va yirik mushaklaridan boshlanadi, shuning uchun umumiy massajni orqadan boshlagan ma’qul. So‘ngra bo‘yin va qo‘llarga o‘tiladi. Bir tomondan ikkinchisi o‘tib orqa va bo‘yin sohalarini alohida massaj qiladi. Shuningdek o‘ng va chap qo‘llarni alohida massaj qilinadi. Keyinchalik tos sohasi, dumba va son massaj qilinadi, so‘ngra tizza bo‘g‘imi, boldir, axill payi, tovon uqalanadi. Keyingi bosqichda oyoq panjalari, tovon bo‘g‘imi orqada yotgan dastlabki holatda o‘tkaziladi, so‘ngra tizza bo‘g‘imi va songa o‘tiladi. Avval uzoqda yotgan ko‘krak uqalanadi va yaqin yotgan qo‘llarga o‘tiladi. Massajist boshqa tomonga o‘tib, yuqoridagi harakatlarni qarama-qarshi tomonda o‘tkazadi. Massaj so‘ngida qorin uqalanadi. 2.Mahalliy massaj Bunda tananing alohida bir bo‘lagi massaj qilinadi, masalan : bo‘yin, orqa, oyoq va h.z. Zaruriyat tug‘ilganda ma’lum bir mushak, bo‘g‘im, bog‘lam va boshqalar massaj qilinadi. Massajning davomiyligi tananing qaysi qismi uqalanishiga bog‘liq. Oddatda mahalliy massaj 3 minutdan kam, lekin 25 minutdan ko‘p qilinmaydi. Massaj usullarining ketma-ketligi xuddi umumiy massajnikidek. Uqalashni yuqori sohadan boshlash kerak, masalan : qo‘l massaji elkadan boshlanib (avval ichki yuzasi, so‘ngra tashqi yuzasi) bilak bo‘g‘imiga, bilakka, kaftga, qo‘l barmoqlariga o‘tiladi. Kaft massaji o‘tkazilayotganda avval bilak sohasidan boshlash kerak. Mahalliy massaj asosan bir massajist tomonidan, ba’zi hollarda juft massaj, hamda o‘zini-o‘zi massaj qilishlardan foydalaniladi. Download 157.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling