Massaj shakllari Umumiy massaj
Download 157.23 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi kunda 4 ta massaj sistemasi ma’lum : rossiya, fin, shved va sharqiy.
4.Oyoq bilan massaj
Bu massaj shakli qadimdan hamomlarda sharq massajistlari tomonidan qo‘llanilgan. U mushak tonusi oshgan sportchilarda qo‘llanilgan qo‘l massaji kerakli samara bermaganda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Oyoq massaji katta tana va mushak vazniga ega bo‘lgan sog‘lom odamlarda o‘tkazilishi mumkin. Oyoq massaji jarohatlarda, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, umurtqa silida, osteoporozda, bel- dumg‘aza radikulitida, Bexterov kasalligida, miokard infarktida, bronxial astmada, II – III darajali gipertoniya kasalligida, onkologik kasalliklarda tavsiya etilmaydi. Shuningdek yoshi kattalarga ham tavsiya etilmaydi. Massaj vaqtida qabul qiluvchi polda yoki gilamda yotishi kerak. massaj yumshatish va surtish usullarini qo‘llash bilan bir yoki ikkala oyoqlar yordamida o‘tkaziladi. Orqa soha massaj qilinayotganda massajist ikkala oyog‘i bilan qabul qiluvchining orqasiga chiqib, beldan bo‘yin sohasi tomon harakat qilib yumshatish usulini bajaradi. Oyoqlarda yumshatish o‘tkazilganda harakat sondan tizza tomon bo‘ladi. Oyoq massajidan so‘ng uqalangan hamma sohada qo‘llar yordamida silash, yumshatish va surtish usullari o‘tkaziladi. Massaj hamma sog‘lom insonlarga ko‘rsatilgan, lekin yoshiga va asab sistemasining reaktivligiga qarab differensial yondoshish kerak.Yoshi katta va organizmi zaiflashgan odamlarga massaj qisqa vaqt davomida va intensiv o‘tkazilishi kerak, bunda hamma massajning hamma usullari qo‘llanilishi shart emas. Hozirgi kunda 4 ta massaj sistemasi ma’lum : rossiya, fin, shved va sharqiy. Sharqiy sistema o‘tkazilish texnikasi bilan klassik sistemadan fraq qiladi. Bunda uqalanayotgan mushaklar venoz qonlardan ozod qilinadi va bo‘g‘imlarga harakatchanlik beradi. Sharq massaji faqat qo‘llar bilan emas, balki oyoqlar bilan ham qilinadi. Bu usul ko‘pincha sportchilarning kuchli mushaklarini uqalashda qo‘llaniladi. Rossiya, fin va shved sistemalari bir-biriga juda o‘xshash, chunki ko‘p yillar davomida bir-biridan massajning yaxshi tomonlarini olib, takomillashtirib borganlar. Shved massaj sistemasi asosan bo‘g‘imlarni uqalashga qaratilgan. Asosiy usullari bo‘lib silash, surtish va harakat hisoblanadi; vaqtning ko‘p qismi (60 – 70 %) surtishga qaratilgan. Qon aylanishini va limfa oqimining yaxshilashga qaratilgan klassik massaj fraqli ravishda, shved massajining asosiy vazifasi bo‘lib mushaklarni va nerv-tomir bog‘lamini cho‘zish, hamda to‘qimalarda hosil bo‘lgan bezlarni surtish bo‘lib hisoblanadi. Shved sistemasida qo‘l-oyoqlarni massaj qilish tartibi klassik massajnikiga qarama-qarshidir (oyoqlar uchun – tovon, tizza, son; qo‘llar uchun – barmoq, bilak, elka), ya’ni unga so‘rib olish effekti xos emas. Boshqa sistemalardan yana farqi shundaki, shved massajida shved gimnastikasidan foydalaniladi. Fin sistemasida massaj qilinganda asosiy usul sifatida katta barmoqning yuzasi bilan yumshatish qo‘llaniladi va yassi mushaklarni massaj qilishda yaxshi natijalar beradi. Lekin boshqa sohalarda yaxshi natija bermaydi, klassik massajning boshqa hamma barmoqlar ishtirokidagi usullarini qo‘llashga imkon bermaydi. Fin sistemasiga shved massajidan surtish, rossiya massajidan yumshatish usullari kiritilgan. Rossiya sistemasi shved sistemasidan avval paydo bo‘lgan va asosiy e’tibor silash va surtish usullariga qaratilgan. Massajni organizmning uqalanayotgan to‘qimasiga faqat mexanik ta’sir etadi deb tushunish mumkin emas, bu ta’sir murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, unda markaziy nerv sistemasi muhim rol egallaydi. Download 157.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling