Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
e-mail: botirxon21@mail.ru
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
e-mail: botirxon21@mail.ru
Tel: +99894 923 93 14 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quv jarayonining fizika darslarini tashkil qilishda elektron ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda o‘quvchilar murakkab asboblarning tuzilishi, texnik qurilmalarning tashqi ko‘rinishi hamda ishlash prinsipi haqida bilimlarga ega bo‘lishi aks ettirilgan. Kalit so‘zlar: fizika, ko‘rgazmali vosita, o‘quv jarayoni, asboblar, jadvallar, grafiklar, plakatlar. Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ta’lim sohasiga ham alohida davlat e’tibori qaratilmoqda. Har bitta fanni zamonaviy axborot texnologiya vositalari hamda pedagogik ta’lim metodlaridan foydalanib o‘qitish davr talabiga aylanib qoldi. Bu borada fizika fanini o‘qitishda elektron ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda o‘qitish juda muhim va dolzarb hisoblanadi. Bunda o‘quvchi o‘tilayotgan mavzu haqida yanada ko‘proq bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. O’quv tajribasi maxsus asboblar yordamida dars vaqtida hodisalarning mohiyatini tajribalar asosida ko‘rsatishdan iborat. Shuning uchun fizikadan o‘quv tajribasi bir vaqtning o‘zida bilimlar manbai, o‘qitish uslubi va ko‘rgazmalilik turi bo‘lib hisoblanadi. Hodisalarni fizik tajriba asosida o‘rganish ilmiy dunyoqarashni to‘g‘ri shaklantirib boradi, fizik tushuncha, nazariya va qonunlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi, fizikaga qiziqishni orttiradi. Umuman fizika o‘qitishda: o‘quvchilarning tushunchalar, qonunlar, nazariyalarni juda yaxshi o‘zlashtirishini ta’minlaydi; bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatlarini shakllantiradi; tabiatni tadqiq qilishning muhim uslublari bilan tanishtiradi; axborotlarni sistemalashtirish, qayta ishlab chiqish va uzatishga o‘rgatadi; -o‘quvchilarda predmetga qiziqishni o‘stiradi va ularni moddiy ishlab chiqarishning yangi texnikasini va texnologiyasini o‘zlashtirishga tayyorlaydi; maktab o‘quvchilarida ishga mustaqil va ijodiy munosabatda bo‘lish qobiliyatlarini shakllantiradi; amaliy qobiliyat va malakalarni shakllantiradi, moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga tayyorlaydi. Maktab fizika tajribalari to‘rt turga bo‘linadi: namoyish etiladigan tajribalar, laboratoriya tajribalari, fizik amaliyot, sinfdan tashqari tajribalar va kuzatishlar. Tajribalarga qo‘yiladigan umumiy didaktik talablar quyidagilardir: ko‘rgazmali bo‘lishi, shu jumladan kishi organlarining ajrata olish qobiliyatlariga mos kelishi; xavfsizligi ta’minlanishi, ishonchli bo‘lishi, sodda bo‘lishi, takrorlash va tushuntirilishi oson bo‘lishi, vaqt jihatdan chegaralangan va zamonaviy bo‘lishi lozim. Sinfda har bir o‘quvchi asboblaming tuzilma elementlarini qurishga imkon beradigan ko‘rgazmalilikni ta’minlash maqsadida quyidagilar zarur: tajriba stoli yuqoriroq o‘matilishi, o‘quvchilar diqqatini jalb qiladigan hamma ortiqcha narsalar undan olib qo‘yilishi; yetarli o‘lchamlarga ega bo‘lgan maxsus o‘quv asboblari qo‘llanishi, alohida-alohida o‘rnatilishi va asosiy qismlari yorqin rangda, shakllari dona-dona, strelka ko‘rsatkichlari katta bo‘lishi. Tajriba vaqtida asboblarni shunday joylashtirish kerakki, ular bir-birini to‘sib qo‘ymasin; oq-qora yoki xira qoplamlari bo‘lgan maxsus ekranlar qo‘llanishi; ko‘tarib-tushiriladigan stolchalardan, shtativlardan, asboblarni vertikal tekislikda o‘rnatish uchun turli xil balandlikdagi kursilardan foydalanish; asbobning tuzilishi, shuningdek ko‘rsatilayotgan hodisaning tushunilishini yaxshiroq 13 17 ta’minlash maqsadida detallar, jarayonlami ekranda tasvirlashning qo‘llanilishi; elektr asboblarini ulovchi simlar rangli va ularning tartibli, ketma-ket joylashishini ta’minlash. Tajribani bajarish jadalligi o‘quvchilaming tajriba materialini qabul qilish jadalliligiga mos kelishi kerak. Hodisa tez sodir bo‘ladigan bo‘lsa, tajriba qaytadan takrorlanadi. Eksperimentning eng muhim tomoni uning o‘z vaqtida qo‘yilishidir. Tajribani namoyish qilish tabiiy holda o‘qituvchining hikoya yoki suhbati bilan birga olib borilishi kerak. Grafik ko‘rgazmali qurollar (plakatlar) o‘quvchilarni murakkab asboblarning tuzilishi, texnik qurilma va mashinalarning tashqi ko‘rinishi va ishlashi bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Ular devorga osib qo‘yadigan va tarqatma bo‘lishi mumkin. Plakat va jadvallarni bo‘limlar bo‘yicha saqlash qulaydir. Solishtirma issiqlik sig‘imi, solishtirma qarshilik kabi jadvallarni fizika xonasiga osib qo‘yilsa yanada yaxshi bo‘ladi. O’quvchilarni turli texnik qurilmalar, transport turlari, aloqa, fan va texnika yutuqlari bilan tanishtirishda montajdan foydalaniladi. “Fizika va hayot”, “kosmik parvoz” kabi montajlarni qiziqarli qilib tayyorlash mumkin. Fizika darslarida tez-tez solishtirma va chiziqli diagrammalardan foydalaniladi. Solishtirma diagrammalari orqali moddalarning solishtirma issiqlik sig‘imi, mexanizmlarning FIK ni tasvirlash mumkin. Kattaliklar orasidagi funksional bog‘lanishlarni grafik ravishda tahlil qilishda chiziqli diagramamalardan foydalaniladi. Grafik – kattaliklar orasidagi funksional bog‘lanishlami tasvirlashdagi muhim ko‘rgazmalardan biridir. Grafik bilan ishlash o‘quvchilaming funksional fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, grafik savodxonligini orttiradi, hodisa va jarayonlar orasidagi miqdoriy bog‘lanishlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Fizika darslarida elektron ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning ahamiyati bugungi pandemiya sharoitida ayniqsa samarali usullardan biri hisoblanishi shubhasiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kamalova D., Mansurova Sh. The importance of using electronic visual means in physics lessons. «O’zbekistonda ilm-fan va ta’lim» mavzusidagi ilmiy konferensiya. Toshkent. 26-mart, 2020. 85 bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling