Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI 6-SINF FIZIKA KURSINING


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI 6-SINF FIZIKA KURSINING 
EHTIMOLIY-STATISTIK ASOSLARI
Ma’murova Saida
Namangan viloyati Namangan shaxar
17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi
Tel: 97-253-06-21
Annotatsiya: Bu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika kursining ehtimoliy-
statistik asoslari haqida fikrlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Ob-havo, tabiatshunoslik, quyosh, Broun harakati.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborini kuchaytirish biz 
uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi bo‘lmish 2004-2009 yillarda maktab 
ta’limini rivojlantirish umummmilliy maktab dasturi qabul qilindi. Ushbu dasturga muvofiq 
yurtimizda mavjud o‘n mingga yaqin umumiy o‘rta ta’lim maktablarining moddiy-tehnik bazasini 
mustahkamlash, ta’lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarning 
mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilindi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich ya’ni 1-4 sinflardanoq tabiat hodisalari, 
atrofimizdagi sodir bo‘layotgan tabiiy va sun’iy jarayonlar, hayvonot olami, o‘simlik dunyosi, 
Yer va osmon jismlari, ularning harakati haqidagi dastlabki ilmiy tushunchalar beriladi. Ushbu 
jarayon 1-sinfda “Atrofimizdagi olam” o‘quv predmetini o‘rganish bilan boshlanadi. Boshqa 
tabiiy fanlar kabi fizika fani o‘rganadigan yil fasllari, quyosh va boshqa ko‘plab tushunchalarni 
o‘quvchilar o‘rganadilar. 
2-sinfda esa ushbu predmet orqali tabiatdagi biz ko‘radigan barcha narsalar o‘simliklar, 
tog‘lar, daryolar, oy, quyosh, yulduz va boshqa hamma narsalar atrofimizdagi olamni tashkil 
etishi haqidagi bilimga ega bo‘ladilar. Shuningdek ilmiy bilish metodi bo‘lgan kuzatish haqida 
ham ma’lumotlar berib o‘tiladi. Moddaning qanday tuzilganligi, moddalarning agregat holatlari 
va tabiatdagi jismlar haqida ham ma’lumot beriladi. Ob-havo mavzusida ayniqsa o‘quvchilarga 
ehtimollik, tasodifiylik haqidagi ilmiy tushunchalarni shakllantirishga qulay imkoniyat mavjud. 
3-sinfdan boshlab o‘quvchilarga Tabiatshunoslik o‘quv predmeti o‘tiladi. Ushbu oquv predmeti 
orqali o‘quvchilar 1-2 sinflarda olgan bilimlarini mantiqan to‘ldiradilar va yana ko‘plab tabiat 
hodisalari haqida bilib oladilar. Tabiatda ob-havoning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir qilishi, 
tabiatda suvning aylanishi, temperatura ya’ni harorat sababchi ekanligini o‘rganadilar. Yuqorida 
keltirilgan tushunchalarning barchasi ehtimoliy-statistik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. 
4-sinf tabiatshunoslik darsligida esa o‘quvchilar uchun nisbatan yangi bo‘lgan yer, quyosh, 
sayyoralar, kometalar, oy, globus, kun va tunning almashinishi, yil fasllarining almashinishi va 
yer yuzi tabiatining xilma-xilligini bilib olishadi.
Ushbu ma’lumotlarni keltirib o‘tishimizdan maqsad shuki, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
o‘quvchilarga fizika alohida o‘quv predmeti sifatida o‘rganilishidan oldin xam ular fizika 
va boshqa tabiiy fanlarga oid boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘lishadi. Boshlang‘ich 
sinflarda ham o‘quvchilarga tasodifiy hodisalar, ehtimollik haqida tushuncha berish imkoniyati 
mavjuddir. O’qitishda uzviylikni ta’minlash uchun o‘quvchilarni boshlang‘ich sinflardanoq 
fizika fanini o‘rganishga tayyorlab borishimiz lozim. Ma’lumki, tabiatdagi ko‘plab hodisa va 
jarayonlarni ma’lum vaqtda sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligi tasodifiydir. Ehtimoliy–statistik g‘oya 
va tushuncha (ESG‘T)larning asosini ommaviy tasodifiy hodisalar va jarayonlar tashkil etadi. 
Quyidagi misollar bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ehtimollik haqida dastlabki tushunchalarni 
shakllantirish mumkin: 1) Uydan maktabga kelayotganingizda yo‘lda nechtaodamni uchratasiz?, 
2) doim bir xilmi yoki har kuni o‘zgarib turadimi?, 3) tanga tashlaganda gerb tomoni tushadimi 
yoki raqam?, 4) avtobus chiptasi raqamining juft yoki toq bo‘lishi. 
Maktab fizika ta’limining birinchi yilida o‘quvchilarga fizikaviy hodisalar va kattaliklar haqida 
umumiy ma’lumotlar beriladi. Bu bilan o‘quvchilar fizika faniga qiziqtirilib, ularda fizika fani 
haqida dastlabki tasavvurlar hosil qilinadi. 6-sinf darsligida tevarak atrofdagi fizik hodisalar 
mohiyatini elementar tarzda tushuntirish orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash shakllantirilib 


20
17
boriladi. Jismlarni xossalari ularni qanday tuzilganligiga hamda uning qismlari qanday kuchlar 
bilan ta’sirlashishiga bog‘liqdir. Shuning uchun’ moddaning tuzilishi haqidagi masala, fizikaning 
asosiy masalalaridan biridir. Bu masala fizikaning molekulyar fizika va issiqlik hodisalari 
bo‘imida batafsil qaraladi. 
6-sinfdan boshlab maktab o‘quvchilarida ehtimoliy-statistik tasavvurlarni shakllantirishga 
yetarli imkoniyat mavjud. Shuning uchun 6-sinf fizika kursidagi ularga tanish bo‘lgan hodisa va 
jarayonlarni fizik nazariyalarning elementlarini tatbiq qilib tushuntirishdan boshlash mumkin. 
Bu esa o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirib, ularda tabiatga nisbatan 
dastlabki ilmiy qarashlarni hosil qiladi. 6-sinfda ESG‘Tlarni qo‘llab o‘qitish mumkin bo‘lgan 
modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar va issiqlik hodisalari kabi bo‘limlar mavjud. 
Ushbu bo‘limlardagi mavzular Broun harakati, diffuziya hodisasi, molekulalarning o‘zaro 
ta’sirini o‘qitishda ESG‘Tlarni qo‘llasak, o‘quvchida yaqqol tasavvur paydo bo‘ladi. Ushbu 
mavzularni o‘qitish natijasida o‘quvchilar ESG‘Tlar va ularning qo‘llanilishi haqida dastlabki 
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Bahromov A.D. Tabiatshunoslik. 1-4-sinflar uchun darslik. Toshkent. Cho‘lpon 2013-yil, 
120 b. 
2. Turdiyev N.Sh. Fizika. 6-sinf darslik. Toshkent. Cho‘lpon. 2013-yil, 160 b.


21

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling