Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


MATEMATIKANI O’QITISHDA PISA TIZIMINING O’RNI


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
MATEMATIKANI O’QITISHDA PISA TIZIMINING O’RNI
Ravshanova Nasiba Usmonovna
 Buxoro viloyat Buxoro tuman 
25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
 matematika fani o‘qituvchisi 
Tel 91 312 9825
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematikani o‘qitish uchun PISA ta’lim tizimidan foydalanish 
imkoniyatlari haqida fikr boradi.
Kalit so‘zlar: PISA, o‘quvchilarning savodxonligi, matematik kompetensiyalar, ilmiy 
innovatsion metodlar.
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishda turli innovatsion metodlardan foydalanish keng joriy 
qilinmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan matematika fanini rivojlantirish uchun juda 
katta e’tibor qaratilgan. Matematika fanida ilmiy innovatsion metodlar xususan, PISA tizimida 
o‘qitish yaxshi samaraga olib kelmoqda.
PISA - 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro 
dastur bo‘lib, Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir 
marta o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha 
monitoring qilinadi, hamda 1000 ballik tizimda baholanadi. Ushbu xalqaro dastur 1997 yili ishlab 
chiqilib, 2000 yilda ilk marotaba amaliyotda qo‘llangan. Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim 
tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi va baholab boriladi. Bu tadqiqotlarning natijasi 
dunyo bo‘yicha katta qiziqish bilan kuzatib kelinadi. Shu bois, yildan-yilga uning ahamiyati va 
qamrovi oshib boryapti. Misol uchun, 2000 yilda dastur testlarida 32 davlatdan 265000 nafar 
o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 2 barobarga oshib, ya’ni 78 davlatdan 
540000 nafardan ziyod o‘quvchi qatnashdi. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni 
mamlakatdagi jami 15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test 
sinovlari Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi 
Xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini 
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 
8-dekabrdagi 997-sonli qaroriga binoan “PISA-2021 - o‘quvchilarning savodxonligini baholash 
xalqaro dasturida ishtirok etish to‘g‘risida” Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot 
tashkilotlari (IHTT) bilan kelishuvga erishildi.
Pisa ta’lim tizimini matematikada ham qo‘llash matematikani hayotning barcha jabhalarida 
rivojlanishga olib keladi. O’quvchilar orasida matematik savodxonlikni oshirishga olib keladi. 
“Matematik savodxonlik - shaxsning matematikani turli kontekstlarda formalizatsiya qilish, 
qo‘llash va talqin qilish qobiliyatidir. U hodisalarni tushunish, tushuntirish va bashorat qilish 
uchun o‘z ichiga matematik mulohazalarni yuritish, matematik tushunchalarni, usullarni
faktlarni va vositalarni qo‘llash kabi jihatlarni olgan. Matematik savodxonlik insonlarga dunyoda 
matematikaning o‘rnini tushunish, konstruktiv, faol va fikrlaydigan fuqaroga zarur bo‘lgan 
mulohazalarni yuritish hamda qarorlarni qabul qilishga yordam beradi.
PISA dasturi talablariga oid masala:
Samandar Apton shahridan chiqib bir xil tezlikda shu belgiga 2 soatda yetib keldi. U Brandon 
shahriga yetib borish uchun yana necha soat sarflaydi?
2009 yilgacha matematik jarayonlar kompetentlik termini yordamida tasvirlangan edi. Bunda 
turli masalalarni yechish uchun inson umumiy matematik kompetentlikni ifodalaydigan bir qator 
matematik kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozimligi qayd etilgan. Kompentlikning quyidagi uchta 
darajasi o‘rnatilgan: qayta tasvirlash darajasi, aloqalarni o‘rnatish darajasi va tafakkur darajasi. 
Biroq 2010-2012 yillarda tadqiqotchilar masalalarni yechishda kognitiv faoliyatini tavsiflovchi 
bunday yondashuvdan voz kechdilar.Test natijalari va o‘quvchilar bilan suhbatlar tahlili o‘quv 
dasturlari va o‘quv jarayoni xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan holda bir xil topshiriqni bajarishda 
har xil o‘quvchilar kompetentlikning turli darajalarini namoyish qilganini ko‘rsatdi. Ya’ni, qabul 
qilingan kompetentlik darajalari masalalarni yechishda zarur bo‘lgan faoliyatning asosiy turlarini 
aks ettirmasligi aniqlandi.


24
17
Natijada masalalar yechishda faoliyatni tasvirlab berish uchun quyidagi uchta fe’lni ishlatish 
taklif qilindi: ifodalash, qo‘llash va talqin qilish. Ular o‘quvchilarning masalalar yechishda vujudga 
kelgan fikrlashning uchta jarayonini ifodalaydi:
- vaziyatni matematik tarzda ifodalash;
-matematik tushunchalarni va faktlarni fikrlash usullarini qo‘llash;
- matematik natijalarni sharhlash, ishlatish va baholash.
Xulosa qilib aytganda, matematikada PISA tizimidan foydalanish o‘quvchi matematika fanini 
amalyotda keng joriy etishga olib keladi. O’quvchi holatni vaziyatdan kelib chiqib tahlil etadi 
va xulosalaydi. Bu esa matematikani inson hayotini yengillashtirishda naqadar muhim ekanligini 
ko‘rsatib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Saitov Yo. «Matematika va matematiklar haqida». Toshkent. «O’qituvchi», 1992.
2. A.B.Radjiev, A.A.Ismailov, J.R.Narziev, X. P. Axmedov, G.O.Tog‘aeva “O’quvchilar 
savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi”
3. Hujjat 2017 yil 10 aprel holatiga. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR 
MAHKAMASINING QARORLARI. 


25

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling