Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


FIZIKA FANINI O’QITISHNING ILMIY METODLARI


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
FIZIKA FANINI O’QITISHNING ILMIY METODLARI
 Xo‘jaboyeva Sadoqat
Xorazm viloyat Urganch shahar
 8-maktab fizika fani o‘qituvchisi
Tel:93 751 94 90
Annotatsiya: Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda o‘ziga xos ilmiy metodlardan 
foydalanish haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: metod, fizika ta’limining davriylik qonuniyati.
Bugungi kunda fizika fanini o‘qitishda ko‘plab usullar mavjud bo‘lib har bir pedagogik 
metodning o‘ziga xos yangicha qarashlari mavjud hisoblanadi. Fizikani o‘qitishda ko‘plab tizim 
va qonuniyatlar mavjud hisoblanadi. 
Ta’lim jarayoni bir davrdan navbatdagi davrga o‘tgan sari ta’lim mazmuni, vositalari, nati-
jalarida ham o‘zgarishlar yuz beradi: ta’lim mazmuni o‘qituvchidan o‘quvchiga qarab hara-
kat qiladi, bilimlar о’zlashtirilib, faoliyatda ishlay boshlaydi, ko‘nikmalar malaka darajasiga 
ko‘tariladi, ijodiy faoliyat tajribasi o‘quvchi ixtiyoriga o‘qib, ijod qilish vositasiga, munosa-
batlar egallanib tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarni hissiy baholash omiliga aylanadi. Shunday 
o‘zgarishlar ta’lim vositalarida ham sodir bo‘ladi. O’quvchi o‘rganilgan bilim, o‘zlashtirilgan 
faoliyat usulini topshiriq, muamolarni bajarish vositasi sifatida ishlata boshlaydi. O’quv pred-
metiga oid bilimlar va ularni faoliyatda ishlatish usullari - taqqoslash, guruhlash, tasnif etish 
bir-biriga uyg‘unlashib o‘quvchilar faoliyatining jadallashuviga olib keladi. Sifat o‘zgarishlari 
ta’lim natijalarida ham yuz beradi: davrdan davrga o‘tgan sari o‘quvchi mavhum, harakatsiz, 
atroflicha anglanmagan bilimlardan aniq, tushunilgan, harakatchan bilimlarga qarab boradi, bil-
imlarni o‘zlashtirishning quyi darajasidan yuqori darajasiga ko‘tariladi, muammo, topshiriqlarni 
jadallashgan sur’atda bajaradi, o‘zining va o‘zgalar faoliyatidagi kamchiliklarni ko‘ra oladi va 
tuzata biladi. Bulardan ko‘rinadiki, ta’lim jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlarni sezish, an-
glash, tasnif etish ta’lim davrlarida yanada yaqqolroq sezila boshlaydi.
Fizika ta’limining davriylik qonuniyati to‘g‘risida fikrlashni davom ettirish uchun ta’lim 
davriyligiga quyidagicha ta’rif beramiz: o‘z harakatining boshlangan nuqtasiga rivojlangan 
holda qaytib keladigan va yana rivojlanish uchun undan uzoqlashadigan amplitudasi (ko‘lami) 
kattalashib boruvchi spiralsimon harakatga fizika jarayoni davriyligi deyiladi. Ta’rifga aniqliklar 
kiritamiz. 
1-aniqlik. Fizika ta’limi jarayoni davriyligining bosh xususiyati didaktik hodisalarning 
rivojlangan holda takrorlanishidir. Unda ta’lim aktlari rivojlanib, ta’lim bosqichlariga, ta’lim 
bosqichlari rivojlanib ta’lim davrlariga o‘tadi.
2-aniqlik. Fizika ta’limi davriyligining yana bir xususiyati oldingi davrdan keyingi davrga 
o‘tgan sari o‘rganilayotgan o‘quv materiali - ta’lim mazmunini to‘liq o‘zlashtirish nuqtayi 
nazarlarining aniqlasha borishidir. O’quv materialini to‘liq o‘zlashtirish talablariga ko‘ra, ta’lim 
jarayonining axborotlarni o‘rganish, mustahkamlash yoki ishlov berish, tizimga keltirish, sinash 
nuqtayi nazarlarini farq qilamiz. 
Fizikada tebranayotgan jismning dastlabki holatiga qaytib kelishi uchun ketgan eng qisqa vaqt 
tebranish davri deb yuritiladi. Ishlab chiqarishda «davr» atamasi tez-tez uchrab turadi. Mehnat 
predmeti ishlab chiqarish davrlaridan o‘tgach, iste’mol tovariga aylanadi. Mehnat predmeti 
ishlab chiqarishning har bir davrida ma’lum bir shaklga kiradi. Bu o‘zgarishlarning hammasi 
iste’mol tovarida o‘z aksini topadi. Mehnat jarayonlarida bo‘lganidek, ta’lim jarayonida ham 
ta’lim mazmuni turli shakllarga olib kiriladi: ta’rif, qoida, tayanch tushunchalar o‘qitish va 
o‘qish ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartiriladi. Masalan, tezlikka berilgan ta’rifni tahlil qilaylik. 
Jismning tekis harakatdagi tezligi jism bosib o‘tgan yo‘lni shu yo‘lni bosib o‘tish uchun ketgan 
vaqt nisbatiga teng kattalikdir. Yoki birlik vaqt ichida jism bosib o‘tadigan yo‘lga son qiymati 
jihatidan teng bo‘lgan fizikaviy kattalikka tekis harakat tezligi deyiladi. Keltirilgan ta’rif o‘qitish 
va o‘qish ehtiyojiga ko‘ra ta’lim mazmunining ilk shakllantirilgan ko‘rinishi bo‘lsa, shu ta’rifni 
o‘quvchilarning yanada puxta o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida ta’rifning matematik ifodasi 
shakllaridan yoki unga taalluqli masalalardan foydalaniladi. v=S/t, (bu yerda v - tezlik, S - yo‘l, 
t - vaqt), yoki tezlik = yo‘l/vaqt. Velosipedchi har soatda o‘rtacha 27 km yo‘l bosgan bo‘lsa, 


29
17
6 soatda necha km yo‘lni bosib o‘tadi? Buxoro bilan Toshkent orasidagi masofa 570 km. Shu 
masofani poezd 10 soatda bosib o‘tdi. Poezdning o‘rtacha harakat tezligini toping. O’rtacha 
tezlik quyidagicha ko‘rinishlarda yoziladi: v=S/t (bu yerda v - tezlik, S - yo‘l, t - vaqt) yoki 
o‘rtacha tezlik=yo‘l/vaqt.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, fizika fani amalyotda keng joriy etilishi darslar sifatini 
oshirish mamlakat rivojiga ulkan hissa qo‘shadi. Fizikani o‘qitishda o‘qituvchi o‘ziga hos 
metodlardan keng foydalanish va innovatsion tarzda dars mashg‘ulotlarini olib borishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bugayev A.I. Metodika prepodavaniya fiziki v sredney shkole. –M., Prosvesheniye, 1981. 
4.Malafeyev R.I. Problemnoye obucheniye fiziki v sredney shkole. –M., Prosvesheniye, 1980. 5
2. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. - T.:Muallif, 2001
3. Амонашвили Ш.А. Как живёте дети? -М .: Просвещение, 1986, с. 115.
4. Ahmedjonov O.I. va boshqalar. Fizikadan test namunalari va izohlari. Oliy o‘quv yurtiga 
kiruvchilar uchun. -Toshkent: Ibn Sino, 1993. -208-


30

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling