Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Лурье М.В., Александров Б.И. Задачи на составление уравнений. Учебное руководство. – М.: Наука. 1990г 2. https://mega-talant.com/biblioteka/metadicheskie-rekomendacii-algebroichekiy-sposob- resheniya-zadach-na-smesi-i-splavy-83339.html 210 17 INTEGRALLASHNING SODDA QOIDALARI Raximova Barno Sheripbayevna Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani 8-son umuta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Telefon: +998975106589 Annotatsiya: Ushbu maqolada integrallar jadvali, integrallashning eng sodda qoidalari va o’quvchilarga integrallashga doir misollar keltirilgan. Kalit so’zlar: funksiya, integral, nuqta, oniy tezlik, boshlang’ich funksiya, hosila Bugungi kunda ta’lim tizimi isloh qilinayotgan bir vaqtda barcha pedagoglar oldiga bir qator muhim talablar qo’yilmoqda. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va axborot texnologiyalari yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi va o’z navbatida ilmiy salohiyatini oshirib borishi lozim. O’quvchilar bilan olib borilayotgan o’quv – tarbiyaviy faoliyatda ma’lum maqsadga erishmog’i uchun o’qituvchi bolalarni ijodiy yondashishga tortishi lozim. Ijodiy yondashish asosida qurilgan ta’lim o’quv faoliyatining nazariyasiga tayanadi, demak, muammoli vaziyat o’quv misol va masalalarni o’z ichiga oladi. Biz quyida integrallar jadvali, integrallashning eng sodda qoidalari haqida fikr yuritamiz. O’quvchilar bu mavzu bilan 11-sinfning ikkinchi choragida algebra fanida tanishadi. Agar nuqta harakat boshlanganidan boshlab t vaqt mobaynida s(t) masofani o‘tgan bo‘lsa, uning oniy tezligi s(t) funksiyaning hosilasiga teng ekanini bilasiz: v(t)=s'(t). Amaliyotda teskari masala: nuqtaning berilgan harakat tezligi v(t) bo‘yicha uning bosib o‘tgan yo‘li s(t) ni topish masalasi ham uchraydi. Shunday s(t) funksiyani topish kerakki, uning hosilasi v(t) bo‘lsin. Agar s'(t)=v(t) bo‘lsa, s(t) funksiya v(t) funksiyaning boshlang‘ich funksiyasi deyiladi. Umuman, shunday ta’rif kiritish mumkin: Agar (a; b) ga tegishli ixtiyoriy x uchun F′(x)=f (x) bo‘lsa, F(x)funksiya (a; b) oraliqda f (x) ning boshlang‘ich funksiyasi deyiladi. Integrallar jadvalini hosilalar jadvalidan foydalanib tuzish mumkin Ta’rif: Biror X oraliqda aniqlangan F(x) funksiya f(x) funksiyaning boshlang‘ich funksiyasi bo‘lishi uchun ikkala F(x) va f (x) funksiya ham ayni shu X oraliqda aniqlangan bo‘lishi kerak Differensiyalash qoidalaridan foydalanib, integrallash qoidalarini bayon qilish mumkin. F(x) va G(x) funksiyalar biror oraliqda, mos ravishda, f(x) va g(x) funksiyalarning boshlang‘ich funksiyalari bo‘lsin. U xolda ushbu qoidalar o‘rinli bo’ladi: Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling