Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
HARAKATGA DOIR MASALALARNI YECHISH USULLARI HAQIDA
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
HARAKATGA DOIR MASALALARNI YECHISH USULLARI HAQIDA Shixova Risolat Normetovna, Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 1-maktabning boshlangich ta’lim fani o‘qituvchisi risolatxon@inbox.uz, +998994243347 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda harakatga doir masalalarni yechish usullari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Harakatga oid masalalar, bir-biriga yo‘nalgan uchrashuvchi jismlar harakati, qarama-qarshi yo‘nalgan jismlar harakati, yaqinlqshish tezligi Bugungi kunda boshlang‘ich sinflarda harakatga oid masalalar ko‘proq uchraydi. Bular aslida fizika kursi misollari… Bilamizki, fizika fan sifatida 6-sinflarda o‘ta boshlaydi.Shu sababli mazkur mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiyinchilik tug‘diradi. Mazkur maqolada anashu muammoni qo‘ldan kelganicha bartaraf qilish yo‘llari, mavzuni tushuntirish yo‘llari haqida fikr yuritamiz. Harakatga oid masalalarni o‘rgatishga tayyorlash o‘quvchilarning qaysidir harakatli jarayonlar haqidagi tushunchalarini umumlashtirishdan iborat bo‘lib, bu yerda “harakat tezligi” asosiy tushunchalardan biri sifatida yuzaga chiqadi. Harakat tezligi: (v)- bu vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘ldan iborat. Harakatga oid masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarning piyodaning o‘rtacha tezligi, velosipedchining o‘rtacha tezligi, avtomobilning o‘rtacha tezligi haqidagi tushunchalari shakllanadi. Tekis va notekis harakat tushunchasi haqida tasavvurga ega bo‘lishadi. Dastlab tekis harakatga oid masalalar ko‘riladi. So‘ngra harakatga oid murakkab masalalar o‘rgatiladi. Mavzuga oid bilimlarni mustahkamlashda harakatga oid turli ko‘rinishdagi, turli qiyinlikdagi murakkablik darajasi har-xil bo‘lgan ko‘plab masalalarni ko‘rib chiqish kerak. O’quvchilar bunday masalar yechishning eng optimal variantini, eng qulay usulini tanlay bilishlari lozim. Bunda 2 turdagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi : 1. Bir-biriga yo‘nalgan uchrashuvchi jismlar harakati ; 2. Qarama-qarshi yo‘nalgan jismlar harakati; Bir-biriga yo‘nalgan “uchrashuvchi jismlar” harakati maxsus savollar yordamida umumlashtiriladi. O’quvchilarga bu ikki turdagi harakat ko‘plab hayotiy misollar va kuzatishlar yordamida “bir-biriga qarab harakatlanish”, “ bir punktdan qarama-qarshi harakatlanish”, “ikki punktdan bir-biriga qarab harakatlandi va uchrashdi” jumlalarining ma’nosini to‘g‘ri anglashlariga erishiladi. Rasmlar yordamida ko‘rgazmali tasvirlardan so‘ng o‘quvchilarga sekin qiyinlashish darajasida bunday masalalarni “kesmalar yordamida”, sxema tuzishni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bunda har bir jism tezligini ifodalovchi yo‘nalgan kesma uzunligi tezlik qiymatiga bog‘liq bo‘lishini va ular orasidagi masofani, ular bosib o‘tgan masofani mos uzunlikdagi kesmalar yordamida sxemalarda ifodalay bilishni o‘rgatish zarurdir. Bunday turdagi masalalarni yechishda yaqinlashish tezligi tushunchasi kiritiladi. Qoida: Yaqinlqshish tezligi –bir-biriga qarab harakatlanayotgan ikkita jismning birlik vaqt ichida bosib o‘tgan masofalari yig‘indisidir. Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling