Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
MAKTAB FIZIKA KURSINI O’QITISHDA EKOLOGIK TA’LIMOT
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
MAKTAB FIZIKA KURSINI O’QITISHDA EKOLOGIK TA’LIMOT Saido‘va O’g‘iljon Tojiboyevna Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 37-maktab o‘qituvchisi. Telefon:+998942328276 saidovaogiljon@gmail.com Annotatsiya: ushbu maqolada maktab fizika kursini o‘qitishda ekologik ta’limotni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: fizikaviy ekologiya, texnogen, radiatsiya, elektromagnit maydon, shovqin. Ma’lumki jahon amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Bugungi kunda globallashuv jarayonlari ta’limga ham yangi innovatsion shakl va usullardan foydalanishni taqazo etadi. Shuningdek atrofimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bepisantlik qilmay, aksincha shu o‘zgarishlarga munosabat bildirishni, zamon bilan hamnafas bo‘lishni taqazo qiladi. Hozirgi paytda inson tabiatning bir bo‘lagi, uni avaylab asrashi lozim ekanligini tushunib yetmoqda.Bu borada ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ekologik ongini rivojlantirib borish maqsadga muvofiqdir. Maktabda fizika kursini o‘qitishda ekologik ta’lim muhim ahamiyatga ega.Maktabda fizika kurslarida ekologik ta’limotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deyish mumkin. -tirik va notirik tabiatda kechuvchi o‘z-o‘zini tashkil qilish jarayonlarini ochiq termodinamik tizimlarda amal qiluvchi fizikaviy qonuniyatlar orqali tushuntirish bilan ularni biosferik tizimlarda kuzatilayotgan ekologik muammolarni yechishga jalb qilish. -kishilarda inson tabiatning mahsuli, uning bir bo‘lagi ekanligi, u o‘zining fa’oliyatini tabiat bilan uyg‘unlashtirib olib borishi zarurligi haqidagi ekologik ongni shakllantirish. 8-sinf fizika kursini o‘qitish dasturidagi “Elektr asboblar bilan ishlashda xavfsizlik choralari”, “Tabiatdagi elektr hodisalar” mavzusida o‘quvhcilarga quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishtirib borish mumkin. Hozirgi kunda ma’lumki, Yerdagi barcha tirik organizmlar musbat zaryadli ionosfera va manfiy zaryadli Yer sirtidan tashkil topgan ulkan sferik kondensator qoplamalari orasida hayot kechiradi. Bu qoplamalar orasida kuchlanganlik 212 kV tashkil qiladi .Shu sababli barcha o‘simliklar ko‘kka tomon(ionasferaga) intiladi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra daraxtlar tanasida musbat ionlar yerga tomon (ildizga), manfiy ionlar esa yuqoriga tomon harakat qiladi. Daraxtlar barglari davriy ravishda elektronlar chiqarib turishi isbotlangan. Shu narsa aniqlanganki, o‘simliklarni o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ildiz sohada manfiy ionlar sonini oshirar ekan. Ushbu qonuniyatlarni o‘rganish asosida hozirgi kunda o‘simliklar rivojlanishini tezlashtiruvchi har xil rag‘batlantiruvchi elektromagnit qurilmalar ishlab chiqilgan. Elektr toki inson organizmi orqali o‘tar ekan organizmga termik, elektrostatik va biologik ta’sir o‘tkazadi. Termik ta’sir natijasida tananing har xil qismlari qizaradi va kuyadi. Elektr tokining biologik ta’siri organizm tirik to‘qimalarida uyg‘onish va seskanish holatlarining hamda bioelektrik jarayonlarning buzilishida namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonga nafas olish va yurak urishi jarayoninig to‘xtashini misol keltirish mumkin. Elektr jarohatlarning uchdan bir qismi tok urishi hodisasi bilan bog‘liq. Tok urishi oqibatlari tok tana ichida yurgan yo‘li miya, yurak, o‘pka orqali o‘tsa oqibatlari eng yomon bo‘ladi. Ishlab chiqarish xonalarida ba’zan elektr simlar uzilib yerga tushishi yoki yerdagi kabel izolyatsiyasi ochilib qolishi hollari bo‘ladi. Bunday hollarda o‘tkazgichning yerga tekkan joyi atrofida sirqish toki zonasi hosil bo‘ladi, ya’ni zona atrofi ekvipotensial sirtlarga ajraladi. Bunday zonada bo‘lgan insonning tovonlari har xil potensialli joylarda bo‘lsa, uni tok urish xavfi mavjud. Bunday zonadan inson mayda qadamlar bilan chiqib ketishi kerak. Amalda bunday potensial ta’siri sim yerga tushgan joyidan 20 m uzoqlikda nolgacha pasayadi. 9-sinfda atom va yadro fizikasi o‘qishdagi mavzularda yuqorida aytib o‘tgan energetika muammolarini hal qilish choralari haqida tushuncha berib borish maqsadga muvofiq. Shuningdek radioaktiv nurlanishning biologik ta’siri haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tish lozim. Ionlovchi nurlanish ta’sirida tirik organizmdagi suvning vodorod va gidroksil guruhlarga parchalanishi biokimyoviy jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bularning oqibatida organizmlar qon ishlab chiqish jarayoninig tormozlanishi, immun va jinsiy tizim funksiyasining buzilishi oshqozon-ichak traktida buzilishlar konserogen reaksiya kuzatiladi. 92 17 Radiaktiv nurlanishning ta’sirlari tufayli terining qurilishi, yaralar paydo bo‘lishi, soch to‘kilishi, tirnoq sinuvchanligi, modda almashinuvini buzilishi, miya-qon tizimida o‘zgarishlar, qon ketishi, jinsiy faoliyat buzilishi, darmonsizlik, ko‘ngil aynishi va hakozo belgilarni hosil qiladi. Eng yomoni yuqori dozali nurlanishlar o‘limga olib keladi. Shuning uchun radiaktiv nurlanishdan himoyalanish choralarini bilish lozim. Shuningdek 6-sinf fizika kursida “Musiqiy tovushlar va shovqinlar”,”Tovush va salomatlik” mavzusida ham ekologik ta’limotga e’tibor berish kerak. Shovqinlar manbalarini tabiiy va texnogen manbalarga ajratish mumkin. Shovqinning ikki xil ta’siri bor. 1. O’ziga xos ta’siri bunga shovqinning eshitish organi orqali ta’siri kiradi. 2. Butun organizmga ta’siri (o‘ziga xos bo‘lmagan ta’sir). Shovqinning insonga ta’siri uning darajasi, chastotalar spektri, ta’sir davomiyligidan tashqari inson bajarayotgan ishning xarakteri ham hisobga olinishi kerak. Insonga intensiv shovqin uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida uning asab va endokrin tizimida, oshqozon-ichagida buzilishlar va karlik alomatlari kuzatiladi. Masalan tovush darajasi 35-40 dB oraliqdagi shovqin kechki payt uyqudagi insonni qattiq bezovta etsa, 130 dB lik shovqinda inson qulog‘ida og‘riq paydo bo‘ladi, 140 dB da eshitish organi ishdan chiqadi. 11-sinf fizika kursida elektromagnit maydonlar va to‘lqinlar mavzularini yaratishda atrof- muhit ifloslanishining texnogen sabablaridan bo‘lgan-elektromagnit maydonlar haqida ma’lumot berish lozim. Zaif elektromagnit maydon ta’sirida hujayra membranalari o‘zlarining ion o‘tkazuvchanlik xususiyatini o‘zgartiradi. Bu esa o‘z navbatida miyada saraton kasalligini keltirib chiqaradi. Shuningdek elektromagnit maydonning davomli ta’sirida insonda nafas olish hamda hazm qilish organlarining, qon ishlab chiqish, yurak qon tizimining buzilishi, arterial bosimnig pasayishi, leykosidlar sonining oshishi kabi salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Yuqori chastotali elektr to‘lqinlar eshitish a’zolariga xuddi tovushga o‘xshab eshitiladi. Kishi boshi ichidan yoki orqa tomondan “shappillash”, qushlarning “chug‘urlashi”, arining ovoziga o‘xshash “g‘ing‘illash”lar kelayotganini eshitadi. Yashash joylarida elektr uskunalardan foydalanishda quyidagi qoidalarni tavsiya qilish kerak. -elektr qurilmalarning va shaxsiy kompyuterlarning kam quvvat talab qilinadiganlarini ishlatish kerak; -doimiy ishlatiladigan elektr qurilmalarini (sovutkichlar, televizor, tozalagichlar va hakozolar) odam doimiy ishlaydigan, kechqurun dam oladigan joylardan kamida 1.5 m uzoqda joylashtirish kerak: -uyda ko‘p sondagi elektr qurilmalar bo‘lsa bir vaqtning o‘zida kamroq sondagi qurilmalarni ishlatish; -elektr uskunalar va shaxsiy kompyuterlarni binoning yerga ulanish konturiga ulash; -televizor va shaxsiy kompyuterlarning burchakka qo‘ymaslik; -maishiy kuchlanish o‘tgan simlarni xalqasimon o‘ralib qolishini oldini olish (bunday o‘ralib qolish qo‘shimcha magnit maydonini hosil qiladi). Maktab fizika kursini o‘qitishda ekologik ta’limda nafaqat ma’lumot berib qolmasdan, balki amaliy ravishda ekologik masalalarni misol keltirib o‘quvchilarga dars davomida shu masalalarni ishlatish mumkin. Bunda o‘quvchilarning ekologik bilimlari mustahkamlanadi. Masalan,”Yadro energiyasi va undan foydalanish mavzusida quyidagi masalalarni yechtirish mumkin. 1-masala: Uran reaktorida 1 kg 238-uranning yadroviy bo‘linishida qancha energiya ajraladi? Shuncha miqdorda issiqlik olish uchun qancha miqdorda ko‘mir yoqish kerak (ko‘mir uchun yonish issiqligi 29,3MJ/kg deb oling)? Parchalanish reaksiyasi paytida ajralgan energiya hisobiga qancha yukni 5 km balandlikka ko‘tarish mumkin. Bitta uran atomi parchalanganda o‘rtacha 200 MeV energiya ajraladi. 1MeV=1.6*10^(-13)J ga teng deb oling. 2-masala. Issiqlik elektr stansiyalarida 1GW elektr quvvati olish uchun yiliga 2* t ko‘mir yoqish kerak, bu atmosferaga 8000 t kul “sochish” va o‘n minglab tonna oltingugurt gazi tarqatish demakdir. Xuddi shunday quvvat va foydali ish koefsiyenti olish uchun qancha 235-uran sarflash kerak? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling