Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


MATEMATIKA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
MATEMATIKA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA
REFLEKSIYANING O’RNI
Primova Nazira Adilovna 
Toshkent shahar Sergeli tumani 
68 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
matematika fani o‘qituvchisi.99 937 94 38
Annotatsiya: Matematika fani bo‘yicha olib borilayotgan darslar an’anaviy darslar bilan 
bir qatorda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan, o‘quvchilarning ko‘proq o‘zlarini 
mustaqil izlanishga, faoliyatga chorlaydigan uslublardan foydalanishni taqozo etmoqda. 
refleksiya o‘quvchilarning dars davomidagi o‘z faoliyatini tahlil qilishi va baholash bosqichi 
bo‘lib, maqolada refleksiyaning dars jarayoniga ta’siri haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: zamonaviy ta’lim, texnologiya, motivatsiya, darsning maqsadi, yangi mavzu, 
baholash, mustahkamlash, refleksiya.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘quvchilarni mustaqil faolyatga 
chorlaydigan usuldan foydalanish yaxshi natija bermoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari 
asosida darsni tashkil qilish 6 bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich o‘qituvchidan puxta 
tayyorgarlik, bilim va ko‘nikma talab qiladi. 
1. Motivatsiya – bosqichining maqsadi o‘quvchilarni ongli ravishda darsdan ta’lim 
jarayoniga olib kirish, darsning maqsadi va mazmunining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirishdan 
iborat. Dars mavzusini dolzarblashtirish orqali o‘quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash yangi 
mavzuni o‘zlashtirish uchun lozim bo‘ladigan bilimlar bazasini tekshirish, o‘quvchilar bilimidagi 
kamchiliklarni aniqlash.
2. Yangi mavzuni yoritish. Bunda dars ishlanmasini to‘g‘ri tashkil etish, darsning ta’limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga e’tibor berish, dars materiallarini kichik–kichik 
bo‘laklarga bo‘lib, ketma–ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog‘liqlikda ko‘rgazmali tarzda 
hamda turli o‘qitish uslublaridan foydalangan holda berish.
3. Birlamchi mustahkamlash: tashqi nutqda bilimlarni boshlang‘ich mustahkamlash. Olingan 
nazariy bilimlarni aniq misollarga qo‘llab va turli topshiriqlarni bajarib, o‘quvchilarda mavzuga 
oid amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
4. Ikkilamchi mustahkamlash: mustaqil ish (o‘z faoliyatini tekshirish va baholash bilan) ichki 
nutqda bilimlarni mustahkamlash.
5. Umumlashtirish: yangi bilimlarni takrorlash orqali orttirilgan bilimlar tizimiga kiritish, 
umumlashtirish.
6. Darsga yakun yasash (refleksiya) va uyga vazifa berish.
Zamonaviy pedagogikada inson o‘z faoliyati, xatti-harakati va ularning natijalarini tahlil 
qilishiga (o‘zini-o‘zi baholashiga) refleksiya deb ataladi. Refleksiya o‘quvchilarga o‘z o‘quv 
faoliyatlari va ularning natijalarini baholashlariga yordam beradi. Shuningdek, keyingi o‘quv 
faoliyati maqsadini belgilashiga va ularga tuzatishlar kiritishiga zamin yaratadi. SHu jihatdan 
undan aynan dars natijalarini baholashda foydalanish mumkin bo‘ladi. Refleksiya vazifalariga 
quyidagilar kiradi:
• Diagnostik baholash vazifalar 
• Tashkiliy vazifalar 
Motivatsiya vazifasi 
• Uzatish vazifasi.
Refleksiyaning turli xil usullari mavjud bo‘lib, bunda o‘quvchilar anonim ravishda savollarga, 
jumlalarni to‘ldirishga yoki test usulida javob berishlari mumkin. Bu orqali o‘qituvchi dars 
jarayonining yutuq va kamchiliklari, o‘quvchilarga ko‘proq qanday texnologiya qiziqarli bo‘lgani 
va dars o‘tish uslublari o‘quvchilarga ma’qulmi yoki aksincha ekanligi haqida bilib olishlari va 
shundan xulosa chiqarib o‘z ustida ishlashlari mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T., 
“Universitet”, 2005, 131 b.
2. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob, Toshkent, “Ilm-
Ziyo” nashriyoti, 2012.


86

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling