Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namangan viloyati Pop tumani 36-umumta’lim maktabi matematika va informatika fani o‘qituvchisi Telefon: +998939149446
- Kalit so‘zlar
Geometriya tariyxı. Ápiwayı geometriyalıq maģlıwmatlardı óz ishine alģan birinshi kitaplar
(miynetler) bizge Áyyemgi Mısrdan jetip kelgen. Olar eramızdan aldınģı 18-ásirge tiyisli. Geometriyanıń pán sıpatında qáliplesiwi grek alımları Fales (shama menen eramızdan aldınģı625-547 j.), Pifagor (shama menen eramızdan aldınģı580-560j.), Evdoks (eramızdan aldınģı 406-355 j.), Evklid(eramızdan aldınģı 3-ásir) hám basqalardıń atı menen baylanıslı. Evklid tanıqlı “Negizler”atamasındaģı miynetinde usı dáwirge shekem toplanģan geometriyalıq bilimlerdi jámledi hám bul pánge jıynaqlanģan aksiomalar sistemasın beriwge háreket etti. Kitap sonday jaqsı jazılģan edi, ol 2000 jıl dawamında barlıq jerde geometriya sol kitaptiń awdarmasınan yamasa onsha úlken bolmaģan ózgerisler menen qayta islengen basılmalardan oqıtıladı. 79 17 MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Muyassarova Gulmira Avazxonovna Namangan viloyati Pop tumani 36-umumta’lim maktabi matematika va informatika fani o‘qituvchisi Abidova Orzigul Safayevna Namangan viloyati Pop tumani 36-umumta’lim maktabi matematika va informatika fani o‘qituvchisi Telefon: +998939149446 Gulmiramuyassarova36@gmail.com. Annotatsiya: maqolada matematika darslarida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishini, mavzularni tezda o‘zlashtirib olishning usullari, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar va ularni amalga oshirishda axborot kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: axborot kommunikatsion texnologiyasi, dastur, multimedia, qobiliyat,ko‘nikma, imkoniyat, ishtiyoq. Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda tasvir, slayd, proektor, magnitafon va kompyuter kabi ta’limni amalga oshirishning yangi vositalaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.Bugungi kunda ta’limning ushbu vositalari bir necha yo‘nalishlarda qo‘llanilmoqda. Jumladan amalda bajarish va ko‘rish qiyin bo‘lgan jarayonlarni kompyuter vositasida namoyish etish buning yaqqol isbotidir. O’quv jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish juda qiyin. Bu vazifani amalga oshirishda innovatsion va axborot kommunkatsion texnologiyalaridan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Haqiqatdan o‘qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, multimedia vositalari yordamida yengilgina o‘z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. Kompyuterlarni o‘quv jarayonida qo‘llash quyidagilarga imkon beradi: - O’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi; - O’quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi; - Kompyuter bilan ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi; - Bilim olish samarasini oshiradi; - O’quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlik yuzaga keladi; - Axborotlar tez - tez yangilab turiladi; - O’quvchilarda mustaqil fikrlay olish darajasi ortadi; Hozirgi kunda o‘quvchilarning matematik bilim darajalarini ko‘tarish juda muhim. Matematika fanlarini o‘qitishda yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Matematika darslarida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish uchun avvalo kompyuter dasturlari va ulardan foydalanish yo‘llarini bilib olish zarur. Bu esa kompyuter dasturlari nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, balki kompyuterni qo‘llash orqali ularning ijodiy ko‘nikmlarini rivojlanishiga ham yordam beradi, olingan nazariy bilimlarni amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Jumladan, matematika darslarida elektron jadvallar yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, berilgan qiymatlar bo‘yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin. Excelda avtomatik to‘ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi. Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko‘rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir. 80 17 Matematika darslarida elektron darsliklardan foydalanish ham samarali natijalarga erishishda yordam beradi. Elektron darsliklar ilmiy ma’lumotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmalarga boyligi, ya’ni turli xil animatsiyalardan foydalanilganligi, ta’lim olivchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini hisobga olganligi jihatidan an’anaviy o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi. Elektron darslik o‘quv jarayoni sifatini oshirish, o‘qituvchi mehnatini yengillashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, o‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish uchun keng yo‘l ochib beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, darslarni axborot kommunikatsion texnalogiyalaridan foydalanilgan holda tashkil etish o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, axborot madaniyatini shakllantiradi, o‘quvchilar bilim saviyasini oshiradi, bularning natijasida o‘quvchilar kelgusi kasbiy faoliyatida aniq maqsadlarini belgilay olishadi va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zamin yaratilgan bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N.Boltayev, Sh.Narimov, S.Abdalova. Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish usullari. – T. “Ta’lim texnologiyalari” jurnali, 2006-yil, 3-son. 2. O.Qodirov-Farg‘ona MOI “Aniq va tabiiy fanlar ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Matematika darslarida AKT dan foydalanish. “Metodik qo‘llanma” 2015-yil. 3. Xalq ta’limi jurnali N:3 2014 yil. Toshkent. 4. Xalq ta’limi vazirligi rasmiy kanali. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling