Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
KVANT FIZIKASINING PAYDO BO’LISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
KVANT FIZIKASINING PAYDO BO’LISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI Obidova Shahnoza Boboqulovna Navoiy viloyati Zarafshon shahri 2- maktab fizika fani o‘qituvchisi Tel:+99893-661-41-43 Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda eng muhim tushunchalardan biri bo‘lgan kvant fizikasi haqida ba’zi ma’lumotlarni o‘rganamiz. Kvant fizikasi faqat nazariy fan emas, balki texnika fani hamdir. Kalit so‘zlar: kvant so‘zining ma’nolari, Borning kvant nazariyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, kvant fizikasining bugungi kundagi ahamiyati. Hozirgi zamon tabiiy fanlarini va texnikasini kvant fizikasisiz tasavvur qilish mumkin emas. Kvant fizika hozirgi paytda faqat nazariy fangina bo‘lib qolmay, balki tom ma’noda texnika fani hamdir. Juda ko‘plab sistemalar kvant effektlarda ishlaydi. Masalan: lazerlar, mikrosxemalar va boshqalarda ko‘rish mumkin. Kvant fizikasining paydo bo‘lishiga sabab, XX asr boshida fizikada katta krizislar paydo bo‘ldi. Mavjud klassik nazariyalar, shu jumladan Maksvel nazariyasi ham bu ilmiy fizik muammolarni hal qila olmadi. Ilmiy muammolardan biri gazlarning hamda metall bug‘larining nurlanish spektrlarining chiziqli bog‘lanishlarini tushuntirish kerak edi. Shunungdek, fotoeffekt hodisasining kashf qilinishi, yorug‘likning bosimga ega bo‘lishi hamda yorug‘lik nurlarining elektronlarda sochilishi kabilarni klassik fizika, shu jumladan Maksvellning elektromagnit nazariyasi tushuntirib bera olmadi. Bu muammolarni hal qilishda nemis olimi Maks Plankning hissasi katta bo‘ldi. 1900 yilning 14- dekabr sanasida buyuk olim Maks Plank Berlin fizika institutining navbatdagi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. O’sha kuni uning nutqida fizik olimlar o‘zlariga notanish so‘z bo‘lgan “kvant” so‘zini ilk bora eshitib bir-biriga hayron qarashgandi. Shu tarzda ilm-fan uchun tamomila yangi olam – kvant dunyosi eshiklari ochilgan edi. Plank aslida mutlaqo yangi fan sohasini barpo qilishni o‘ziga maqsad qilmagandi. U aslida mumtoz fizika sohasining qonunlari orqali aniq bir masalaning aniq bir xususiy holini tekshirmoqchi edi. U mutloq qora jism deb ataluvchi faraziy qattiq jism modelini tadqiq qilgan. Qora jismning nurlanishi alohida-alohida bo‘laklar (porsiyalar) ko‘rinishida taralishini o‘rgangan. Shunday nurlanish porsiyasining birlik qiymatini (ya’ni, bir porsiya nurlanishni) Maks Plank “kvant” deb nomladi. Kvant – lotin tilidagi “quantum”, ya’ni, “qancha?” degan ma’noni anglatadi. Kvant fizikasi rivojlanishida Borning ilmiy izlanishlari juda katta ahamiyatga ega. Kvant nazariyasi vodorod atomi tuzilishini va vodorod spektrining murakkab strukturasini miqdor jihatdan tushuntirib, atom ichidagi protseslarni o‘rganishga to‘g‘ri yondashish yo‘lini belgilab berdi. Ko‘p elektronli atomlar spektrlarini Bor nazariyasidan bevosita foydalanib hisoblash mumkin emas. Bu nazariyani yanada takomillashtirish, hamma xususiyatlarini miqdor jihatidan tushuntiruvchi hozirgi zamon kvant mexanikasini yaratish bilan tugallandi. Bor nazariyasi ko‘p elektronli atomlar tuzilishining va ularning spektrlarining umumiy belgilarini sifat jihatdan tushuntirish imkonini beradi, jumladan ximiyaviy elementlarning Mendeleyeev davriy sistemasida joylashgan qonuniyatlarini asoslash imkonini beradi. XXI asr boshida kvant fizikasining masalalarini chuqur o‘rganish tufayli yangidan yangi effektlar ochildi, bular kvant fizikasi fani nufuzini yanada oshirdi. Kvant fizikasining muammolarini o‘rganish zaminida yangi -yangi g‘oyalar paydo bo‘lmoqda, uning taraqqiyoti tufayli kvant informatsiya deb atalgan katta bir yo‘nalish ochildi. Kvant fizikasining bu taraqqiyoti hozirgi zamon fizikasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi. Boshqa tomondan esa kvant fizikasi tasavvuri olam, olam mohiyati va olam nima uchun mavjud degan savollarga javob berishda asosiy rol o‘ynaydi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. XXI asr kvant fizikasi toboro psixologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar ichiga kirib bormoqda. Tom ma’noda kvant fizika bir-biriga g‘oyalarni yaqinlashtirishda, balki ong masalasini anglashda ham asosiy masalani o‘z zimmasiga oladi. 84 17 Hozirgi zamon kvant fizikasi barcha fanlarning yetakchisi va texnika taraqqiyotida asosiy rol o‘ynaydi. “ Kvant fizika ” fani deyarli eng kerakli yo‘nalishda kadrlar tayyorlovchi barcha fanlar - fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, meditsina, kibernetika, psixologiya, genetika, jamiyat va gumanitar fanlar ziyolilari bilishlari kerak. Sunday ekan maktab fizika darslarida kvant fizikasining boshlang‘ich elementlarini o‘quvchilarga tog‘ri tushuntira olishimiz kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kvant fizikasidan masalalar to‘plami. Muallif: E.N. Rasulov, U.Sh. Begimqulov va boshqalar. Toshkent-2006 3-6- b 2. Darslik Fizika 11-sinf. Muallif: N.Sh. Turdiyev, K.A.Tursunmetov, A.G.Ganiyev va boshqalar. T-2018 135-145- b 3. Google ijtimoiy tarmogi va boshqa gazeta va jurnallar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling