Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
GALAKTIKAMIZNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA HOZIRGI ZAMON
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta portlash
17
GALAKTIKAMIZNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA HOZIRGI ZAMON DUNYOQARASHLARI. Muminova Nargiza Elibayevna 10-sonli umumta’lim maktabi fizika va astronomiya fani o‘qituvchisi Navoiy viloyati Zarafshon shahar Annotatsiya:Ushbu maqolada Galatikamizning tuzilishi va aylanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Somon yo‘li nima va Galaktikaning rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlariga ko‘ra butun materiya ,energiya, fazo va vaqt Katta portlash tufayli paydo bo‘lganligi haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlari: Galaktika,Quyosh,Somon yo‘li, yulduzlar, radioqurilma,Katta portlash, gigant,yadro,temperatura, reliktiv, Penzias ,Vilson. Yer va boshqa sayyoralar Quyosh sistemasiga kirgani kabi , Quyosh sistemasi ham Galaktika deb ataluvchi yulduzlar to‘dasiga kiradi.Biz osmonda ko‘z bilan ko‘radigan barcha ob’yektlar Galaktikaga kiradi.Galaktika tarkibida 250 milliarddan ortiq yulduz bor.Butun osmonni belbog‘ kabi o‘raydigan yorug‘ tasma -Somon Yo‘lidagi yulduzlar bizning yulduz sistemamiz – Galaktikamizning asosiy qismini tashkil etadi.Ba’zan, Somon Yo‘li –bizning Galaktikamiz, deb xato aytiladi.Somon Yo‘li – osmonda bizga ko‘rinadigan va yulduzlardan tashkil topgan yorug‘ halqa bo‘lib, Galaktikamiz esa yulduzlarning gigant orolidan . Galaktikamizga hamma yulduz turkumlaridagi yulduzlar kiradi. Galaktikamiz yadrodan va uni o‘rab turuvchi ikki sistemadagi yulduzlardan iborat. Yulduzlar disksimon va galaktik toj shaklida joylashgan.Yadro bizdan 10000pk yoki 30000 yorug‘lik yili masofada Qavs yulduz turkumi tomonidan joylashgan. Yadroda yulduzlar zich joylashgan.Disk qatlamiga Galaktikaning 5% yulduzlari to‘g‘ri keladi. Galaktika tojini sharsimon ko‘rinishdagi yulduz to‘dalari va noma’lum tabiatli moddalar tashkil etadi. Galaktikamizning diametri taxminan 30000 pk yoki 100000 yorug‘lik yiliga teng.Tashqi tomondan Galaktikamizga qaralganda u spiralsimon ko‘rinishga ega bo‘ladi. Galaktikadagi hamma yulduzlar uning markazi atrofida aylanib turadi. Galaktikaning ichki qismidagi yulduzlar yalanishining burchak tezligi deyarli bir xil bo‘lib, uning tashqi qismlari esa sekin aylanadi. Yulduzlarning Galaktikada aylanishilari, sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishidan shunisi bilan farq qiladi.Quyosh va uning sistemasi Galaktika yadrosi atrofida 250km/s tezlik bilan aylanadi.Yer hisobi bilan olsak, Quyosh galaktika yadrosi atrofida 230 million yil davomida bir marta aylanib chiqar ekan.Quyosh sistemasi paydo bo‘lganiga 4.7 milliard yil bo‘lganligini hisobiga , Galaktika yadrosi atrofida hozirga qadar 20 marta aylanganligini aytishimiz mumkin. Galaktikaning aylanishiga ko‘ra uning massasi taxminan aniqlangan, u taxminan 2 Quyosh massasiga teng ekan.Bir qancha olimlar tamonidan Olamni Katta portlashdan paydo bo‘lganligi haqidagi nazariyalarini o‘z davrlarida aytib o‘tishgan.Jumladan, 1964 yilda Penzias va Vilson tasodifan bir muhim hodisaga duch kelib qoldilar: ular bizning Galaktikamizdan kelayotgan radionurlanishning 75 sm to‘lqin uzunlikdagi intensivligini o‘lchashmoqchi bo‘lishganda , asbob tomonidan shu diapazonda radioshovqin qayd qilinadi. Bu signalning intensivligi yo‘nalishiga bog‘liq emasligi aniqlanadi.Ular avvaliga bu shovqin antenna yoki radioqurilma zanjirining shovqini bo‘lsa kerak deb o‘yladilar.Bir yilcha radioqurilma xarakteristikalarini yaxshilash ustida ishlaganlaridan keyin , 1965 yilda yana o‘sha mikroto‘lqinli shovqin barcha yo‘nalishlarda kuzatildi. Ma’lumki, har bir jism, uning ichidagi elektronlarning tartibsiz harakati tufayli, radiodiapazonda “shovqin” beradi. Jismning temperatirasi qancha yuqori bo‘lsa , bu nurlanish intensivligi shuncha katta bo‘ladi. Penzias va Vilson bu issiqlik nurlanishiga mos temperatura 3.5 K ekanligini aniqladilar. Katta portlashdan keyin koinotda qoldiq-reliktiv nurlanish saqlanib qolishligi, uning temperaturasi hozirgi vaqtda 5-6K atrofida bo‘lishligi mana shu yuqoridagi kashfiyotda o‘z isbotini topgan.Penzias va Vilson 1978 yilda bu kashfiyotlari uchun Nobel mukofatiga sazovar bo‘lganlar. Galaktika tuzilishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlariga ko‘ra 13-15 milliard yil avval butun materiya ,energiya, fazo va vaqt Katta portlash tufayli sekundning qandaydir bir ulushlarida paydo bo‘lgan.Portlash jarayoni hozirda quyidagicha brogan degan tasavvurlar bor. Portlashdan so‘ng sekundning ma’lum ulushlarida temperature pasayib protonlar va neytronlar 77 17 hosil bo‘lgan.Uch minutdan so‘ng poton va neytronlar birlashib vodorod va geliy yadrolarini hosil qilgan.Uch yuz ming yil o‘tib elektronlar yadro atrofida aylana boshlaydi va atom shakllana boradi.Koinotda nur paydo bo‘ladi.Bir milliard yildan so‘ng gravitasion kuchlari moddani siqa boshlaydi va galaktikalar hosil bo‘ladi.15 millard yil o‘tadi va biz kengayayotgan Koinotni ko‘ramiz. Xulosa qilib aytganda, ba’zi olimlarning bildirilgan fikrlariga ko‘ra ,koinotning kengayish ma’lum davrgacha boradi,so‘ngra ular qaytadan siqiladi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Shodiyev D,Turdiyev N Fizika: 9 sinf-T.:Manaviyat” , 2002. 141 –bet. 2.Boydedayev A” Tabiat kuchlari va Olam evolyutsiyasi” 1996.51-bet. 3.Voronsov-Velyaminav B.A “Astronomiya” 11sinf.1995. 126-127 betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling