Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Teorema. Tub sonlar to‘plami cheksizdir. Bu teoremaning bir nechta isboti mavjud. Bularning
eng birinchisini Evklid bergan. Evklid isboti. Faraz qilaylik tub sonlarning soni chekli bo‘lib, ularning oxirgisi p bo‘lsin. 2 dan boshlab p gacha bo‘lgan barcha tub sonlarning ko‘paytmasini olib, ustiga 1 ni qo‘shamiz: P=(2∙3∙5…p)+1 P soni 2 ga ham, 3 ga ham va h.k. p ga ham bo‘linmaydi, chunki birinchi qo‘shiluvchi bu sonlarning barchasiga bo‘linib, ikkinchisi bo‘linmaydi(u 1 ga teng). Demak, yoki P ning o‘zi tub son yoki uning q tub bo‘luvchisi p dan katta. Xullas, shunday tub son mavjudki, u ixtiyoriy p tub sondan katta. Demak farazimiz noto‘g‘ri, ya’ni tub sonlarning qatori cheksiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Гальперин Г. Просто о простых числах. 2. Клюйков С.Ф. Числа и познание мира. 3. Чекмарев Я.Ф. Арифметика. 4. www.matematika.uz 71 17 MATEMATIKA DARSIDA FANGA OID O’YINLARDAN FOYDALANISH VA O’QUVCHILARNI FANGA QIZIQTIRISH USULLARI Mahmuda Yulchiyeva 65-maktab matematika fani o‘qituvchisi Namangan viloyati Pop tumani Annotatsiya: Ushbu maqolada, tadqiqot va tahlilga asoslangan holda boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining ushbu fanga qiziqishini rivojlantirish va namoyon qilish uchun qiziqarli o‘yinlar va matematik usullarning g‘oyalari, misollar tariqasida keltirilgan. Kalit so‘zlar: Matematika, usul, sharoitlar, misol, o‘quv jarayoni, o‘yinlar, Fanga oid yangi materialni o‘zlashtirish davrida, o‘quvchilarnig qiziqishini, darsga nisbattan aktivligini, o‘zlashtirish saviyasini oshirish maqsadida ko‘p hollarda matematik o‘yinlardan foydalanish muhumdir. Bunda asosan, ko‘rgazmali taqdimotlar, metodik qoidalar, samarali hisoblash texnikasi va o‘quvchining o‘zlashtirish darajasiga e’tibor qaratish lozim. Materialni mustahkamlashda o‘yin shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin: jamoaviy, guruhiy va individual. O’yinlarni guruhlarda va musobaqalar shaklida o‘tkazish tavsiya etiladi. Guruhlar orasidagi raqobat asosida jamoadagi o‘quvchilarning do‘stona ishlashini belgilaydi. Agar jamoada bolalarining faolligi va qiziqishi zaiflashsa (masalan, jamoada faol qatnashmayotgan o‘quvchiga e’tibor qaratib, aynan shu o‘quvchiga savol berib unga jamoaga ball yoki yulduzcha olishiga imkon yaratib berishi darkor. Bu orqali passiv o‘quvchini faol bo‘lishiga motevatsiyalagan hisoblanadi). Dars oxirida o‘qituvchi bolalar bilan birgalikda umumiy musobaqani sarhisob qilib, kollektivlik tuyg‘usini shakllantirishga hissa qo‘shadi va shu bilan birga guruh a’zolarining samimiy ishlariga e’tibor qaratadi. Xatolarga yo‘l qo‘ygan bolalarni xushmuomalalik bilan davolash kerak. O’quvchilarning xatolarini o‘yin davomida emas, balki oxirida tahlil qilish kerak, shunda o‘yin haqidagi umumiy taassurot ijobiy bo‘ladi. Yangi materialni tushuntirishda o‘rganilayotgan mavzuning muhim xususiyatlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan foydalanish kerak. Masalan: Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling