17
MURAKKAB ELEKTR ZANJIRLARIDA TARMOQLARDAGI
TOKLAR TAQSIMOTINI ANIQLASHDA CHIZIQLI TENGLAMALAR
SISTEMALARIDAN FOYDALANISH.
Latipov Shahriyor Baxtiyorovich
Navoiy davlat konchilik instituti assistenti
shahriyorlatipov@mail.ru
G’afforov Abbos Jabbor o’g’li
Navoiy davlat konchilik instituti 3
g
– “EE” guruhi talabasi
Anotatsiya: Sanoatda ma’lum elektr qurilmalarini va ularning elektr
zanjirlarini loyihalashda ko‘zda tutilgan maqsadga mos keluvchi elektr zanjir
parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Asosiy vazifasi ko‘p manbalik
murakkab elektr zanjirlarida tarmoqlardagi toklar taqsimotini tiklashdan iboratdir.
Kalit so‘zlar Elektr zanjirlarini tuzish, Kirxgof qonunlarini, elektr sxemasi,
chiziqli tenglamalar sistemasi.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir sohada va yo‘nalishda
elektrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud. Shu sababdan elektrotexnika
asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo‘llay bilish nafaqat elektrotexnik
xodimlar, balki turli soha mutaxassislari va xodimlari uchun ham ertangi kunning
ravnaqini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Elektr zanjirlarini tuzish, shuningdek bu zanjarlar xarakteristikalarini aniqlash
uchun avvalo hisoblash grafik tadqiqoti o‘tkazilishi lozim. Elektr zanjirlarini
hisoblashning ko‘plab usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, elektr zanjirlarining
parametrlarini turli usullarda hisoblash va natijalarni taqqoslash hisoblash
aniqligini ko‘rsatuvchi dalil bo‘lib xizmat qiladi.
Hisoblash grafik usullarning asosiy vazifasi ko‘p manbalik murakkab elektr
zanjirlarida tarmoqlardagi toklar
taqsimotini tiklashdan iboratdir.
Bunday zanjirlarda klassik
hisoblash usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri
Kirxgof qonunlarini qo‘llash usuli
hisoblanadi. Qolgan barcha usullar
elektrotexnikaning fundamental
qonunlari
bo‘lgan. Kirxgof
qonunlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |