Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
 
1. V. Ye. Kitaev vaL. S. Shlyapintox. «Elektrotexnika va sanoat elektronikasi 
asoslari», «O’qituvchi» nashriyoti, Toshkent, 1966 yil 
2. V. S. Popov., S. A. Nikolaev. «Elektrotexnika» ikkinchi nashridan tarjima. 
O’qituvchi nashriyoti, Toshkent, 1973 yil. 
3. Ya.S. Bugrov, S.M.Nikol Skiy . Elementi lineynoy algebri i analiticheskoy 
geometri, M., 1980. 
4.
Ye. U.Soatov. ≪Oliy matematika≫, 3 -jild, T., ≪O’qituvchi≫, 1996


192
17
O‘QUVCHILARNI FIZIK BILIMLAR ASOSIDA FIKRLASH QOBILIYATINI VA 
AMALIYOTDA QO‘LLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH
Mirahmedov Xurshid Baxtiyor o‘g‘li
Sirdaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi 
Mirzaobod tuman Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat 
umumta’lim maktab-internati fizika fani o‘qituvchisi
Telefon: +998(93)3292353
Xurshid_RM@mail.ru
O‘QUVCHILARNI FIZIK BILIMLAR ASOSIDA FIKRLASH QOBILIYATINI VA 
AMALIYOTDA QO‘LLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH 
Mirahmedov Xurshid Baxtiyor o‘g‘li 
Sirdaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi
Mirzaobod tuman Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktab-internati fizika fani o‘qituvchisi 
Telefon: +998(93)3292353 
Xurshid_RM@mail.ru 
 
Annotatsiya: Ushbu tezisda xalqaro baholash dasturi PISA, TIMSS haqida tushuncha 
berilgan. Bundan tashqari 7-sinf o‘quvchilarining fizika fanidan “To‘g‘ri chiziqli tekis 
harakatning grafik tasviri” mavzusida olgan bilimlarini mustahkamlash hamda mantiqiy 
fikrlashga o‘rgatish uchun “Quyon bilan Tipratikon” nomli matnli savol berilgan. 
Kalit so‘zlar: PISA, TIMSS, ta’lim, tarbiya, fan, texnologiya, tekis harakat, tezlik, bosib 
o‘tilgan yo‘l, vaqt, pedagog, o‘quvchi, quyon, tipratikon, ko‘chish, ekin maydoni, ilmiy 
tushuntirish kompetensiyasi. 
 
Ta’lim va tarbiya dargohi bo‘lmish maktabda olgan bilim insonning kelgusi hayot yo‘lini 
belgilaydi. Ta’lim dargohida bilim beruvchilarning ko‘pchiligi bilimni baho bilan o‘lchaydi, 
ammo baho o‘quvchilarni faolroq bo‘lishga undovchi, rag‘batlantiruvchi vositadir. Har bir 
ta’lim-tarbiya beruvchi o‘qituvchilarning o‘z ish usuli, baholash metodi bo‘ladi. Biz pedagoglar 
o‘quvchilarning olgan bilimiga baho berish bilan birgalikda amaliyotda qo‘llay olish 
qobiliyatlarini ya’ni kompetensiyani shakllantirishimiz kerak. O‘quvchilarning bilim va 
malakasini shakllantirish, ularni umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatimizdagi ta’lim sifati 
darajasini belgilab beradi. Shu maqsadda o‘quv yili davomida ichki va tashqi monitoring 
o‘tkazib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, o‘qituvchilar 
salohiyati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim taraqqiyotini 
belgilovchi muhim mezon bo‘lgani uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta 
ta’lim maktabi o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish 
maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Ya’ni, o‘quvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga 
mosligini o‘rganib borish maqsadida PISA (Programme for International Student Assesment), 
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi baholash dasturlarini keng qo‘llash 
rejalashtirilmoqda. 
PISA - o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, 
undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay 
olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli o‘quvchilar ta'lim dargohida 
olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil 
hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov 
har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. 
Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch 
yo‘nalishda: o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi. 
TIMSS - maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi 
bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. 
Ushbu tadqiqot turli davlatlardagi 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar 
bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni 
aniqlashga yordam beradi. Qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar 
bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, 
o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Ushbu 
ma’lumotlar belgilangan fanlarni o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘ladi. 

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling