Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
ISBOTLASHGA DOIR MASALALAR YECHISHDA TA`RIF, TEOREMA VA
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so`zlar
- Ключевые слова
17
ISBOTLASHGA DOIR MASALALAR YECHISHDA TA`RIF, TEOREMA VA XOSSALARNI O`Z O`RNIDA QO`LLAY OLISH. Nurullayeva Nodira Izzatulloyevna Buxoro shahar 17 – maktab o’qituvchisi. Telefon:+998 93 659 90 72 Nurullayeva_n@mail.ru Annotatsiya:Hozirgi kunda geometrik masalalar yechishda isbotlashga doir masalalar asosiy o`rinni egallaydi. Zero bitiruv imtihonlarida ham kamida ikkita masala isbotlashga doir masalalarni tashkil etadi. Bunday masalalarni tahlil qilib, chuqur mushohada yuritib, olgan nazariy bilimlarni tadbiq etishda o`quvchilar ba`zan qiyinchilikka duch kelishmoqda. Shuni e`tiborga olgan holda ushbu maqolada bir nechta masalalar yechib ko`rsatilgan. Kalit so`zlar: Isbot, to`rtburchak, parallelogramm, mediana, uchburchak, teorema, xossa. Сегодня проблемы доказательства играют ключевую роль в решении геометрических задач. Даже на выпускных экзаменах есть как минимум две проблемы, которые нужно доказать. Студентам иногда трудно анализировать, наблюдать и применять такие теоретические знания. Имея это в виду, эта статья посвящена ряду вопросов. Ключевые слова: Доказательство, прямоугольник, параллелограмм, медиана, треугольник, теорема, свойство. Nowadays, proof problems play a key role in solving geometric problems. Even in the final exams, at least two issues constitute proof of proof. Students sometimes have difficulty analyzing, observing, and applying such theoretical knowledge. With this in mind, this article addresses a number of issues. Keywords: Proof, rectangle, parallelogram, median, triangle, theorem, property. Isbotlashga doir geometrik masalalarni to`g`ri ishlay olish uchun nimalarga e`tibor berish lozimligi to`g`risida bir oz to`xtalamiz. 1. Masalani tushunish. Bunda masalani shart va xulosasi alohida ajratib olinadi. Nimalar berilgan, nimani topish, isbotlash yoki yasash lozimligi aniqlanadi. Masalaga oid chizma albatta chiziladi. Berilgan ma`lumotlar chizmada belgilanadi. 2. Rejalashtirish. Bunda masalani yechish usuli tanlanadi. Uni qo`llash uchun qanday qo`shimcha ma`lumotlar zarurligi aniqlanadi. Yordamchi shakllar chiziladi. 3. Yechish. Masala bevosita, berilgan reja asosida yechiladi. 4. Tekshirish. Masalaning topilgan yechimi bevosita tekshiriladi. Bunda tanqidiy nazar bilan qarab xato aniqlansa, u tuzatiladi.[2] Geometrik masalalarni to`g`ri ishlay olish, masalani yechish uchun zarur bo`lgan ta`rif, teorema, xossa, aksioma va tegishli formulalarni yodga olib o`z o`rnida qo`llay bilish ham muhim sanaladi. Biz quyida geometriyaning planimetriya bo`limidan bir qator isbotlashga doir masalalarni yechilishini havola etmoqchimiz. Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling