Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


FIZIKA FANINING DOLZARB MUAMMOLARI


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
FIZIKA FANINING DOLZARB MUAMMOLARI
Zokirova Muqaddasxon Sobirjonovna
Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya 
zahiralari maktab internati fizika fani o‘qituvchisi 
Annotasiya: Ushbu maqola mamlakatimizda ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor va fizika 
fanining dolzarb muammolari hamda fizika fanini o‘qitishda oldinga qo‘yilgan maqsad va 
vazifalarga qaratilgan bo‘lib, barcha oliy ta’lim muasasalari talabalari va maktab o‘qituvchilariga 
mo‘ljallangan. 
Kalit so‘zlar: fizika, “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadr;ar tayyorlash milliy Dasturi”, electron 
qo‘llanma, o‘qituvchi. 
Mustaqillik yillaridan boshlab davlatimizda ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratib kelinmo-
qda. Buni biz ”Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, ”Kadrlar tayyorlash mulliy Dasturi” kabi bir qator 
qaror va qonunlar orqali bilishimiz mumkin. Mustaqil fikrlovchi va o‘z kasbining yetuk egasi 
bo‘lgan kadrlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Yosh avlod ma’lum bil-
imlar yig‘indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlat quruvchiga xos ma’naviyat va ma’rifat egasi 
bo‘lib, o‘zining mehnatga munosabati va xulq atvori hammaga havas qildiradigan bo‘lishi kerak. 
So‘ngi uch yil mobaynida qabul qilingan barcha qonun, qaror, hamda farmonlarning aksariyati 
ta’limga va ertangi kunning egasi bo‘lgan yosh avlodga qaratilgani barchamizga sir emas albatta. 
O’qituvchi-mukamal shakllangan, o‘z fanini puxta egallagan va shu kasb bo‘yicha yetuk mu-
taxassis bo‘lishi kerak. Buni birgina fizika fani doirasida olib qaraydigan bo‘lsak, u fizika fani-
ni, fizikaviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini 
ham bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini 
mukammal egallashi kerak. O’zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish 
umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o‘zining hayotiy tajribasiga asoslanib 
bilimni etkazishi kerak. 
Fanning dolzarb muammolaridan biri ta’lim sohasida elektron qo‘llanmalarni yaratish va 
qo‘llashning metodik asoslarini ishlab chiqish zaruratini anglash natijasida vujudga keldi. 
Ayni vaqtda ta’lim tizimida bir qator tadqiqotchilar va ishlab chiqarish firmalari tomonidan 
tayyorlangan turli xil elektron qo‘llanmalari mavjud. Shunga qaramasdan o‘quv jarayonidagi 
elektron qo‘llanmalardan foydalanish samaradorligi ko‘p hollarda qoniqarli darajada emas. 
Elektron qo‘llanmalarni yaratishga tizimli va kompleks yondashuvgina ularni ta’lim muhitida 
qo‘llashning yangi sifat bosqichiga o‘tishini ta’minlaydi. Bu esa elektron qo‘llanmalar va ularni 
o‘quv jarayonida qo‘llash bo‘yicha zarur manbalar yetarli emasligini bildiradi. Shunga ko‘ra, 
tadqiqotga oid ilmiy, o‘quv-dasturiy adabiyotlarning tahlili, ta’lim jarayonini pedagogik kuzatish, 
anketa so‘rovnomalari, pedagogik texnologiyaning interfaol metodlari, pedagogik tajriba-sinov 
ishlari tadqiqotning metodi hisoblanadi. 
O’qituvchi o‘zining bilimini hamma vaqt to‘xtamay oshirib borishi shart, ya’ni pedagogik 
texnologiyalarini egallashi, o‘quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Har bir 
o‘qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o‘zining tajribasi bilan to‘ldirishi kerak 
va shunda o‘quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson uziga xos uslub va unga xos 
shaxsiy xislatlarga ega. 
Bugungi kun nuqtai-nazaridan qaraydigan bo‘lsak, o‘quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy 
faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida muntazam 
ishlashi, o‘z malakasini oshirib borishi zarur. O’quvchilardagi bunday xislatlarni maktab 
o‘qituvchilari rivojlantirib boradilar. Bunday mas’uliyatli ishni hal etish o‘quvchilarni chuqur 
va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga 
qaratishni uslubiga bog‘liq. Har qanday mutaxassis o‘z ishi metodikasiga qanchalik e’tibor 
bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O’qituvchi ishining asosiy o‘qitish metodikasi 
o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash metodikasidir. 


33
17
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugun bizga davlatimiz tomonidan berilayotgan 
shunday keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda har bir darsimizni mazmunli
ko‘rgazmali va interfaol usullar orqali o‘tishimiz va o‘quvchi-yoshlarga o‘z bilimimizni berishda 
aslo loqaydlikka yo‘l qo‘ymasligimiz shart. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. 2017 –yil
2 . Azizxo‘jayeva N. N. O’qituvchi mutahhasisligiga tayyorlash texnologiyasi-T., 2000
3. Saidaxmedov N. S. Yangi pedagogik texnologiyalar-T., Moliya . 2003
4. IshmuhammedovR va bosh. Ta’limda innovatsiyon texnologiyalar. T. “Iste’dod” jamg‘armasi, 
2009


34

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling