Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
MUSO AL – XORAZMIYNING MATEMATIK QARASHLARI
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
MUSO AL – XORAZMIYNING MATEMATIK QARASHLARI Xusanova Umida Yusubjonovna Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internati matematika fani o‘qituvchisi Annotasiya: Ushbu maqola buyuk bobokalonimiz Muso al-Xorazmiyning matematik qarashlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda al-Xorazmiyning matematika sohasida yozgan asarlari, matematika faniga qo‘shgan ulkan hissasi, matematik masalalarning nazariy asoslarini yaratgani haqida bo‘lib, barcha ta’lim muassasalari matematika o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: nAl-Xorazmiy, matematika, algebra , arifmetika, ehtimollar nazariyasi. Mashhur olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asli xorazmlik (xozirgi O’zbekistonning Xorazm viloyati) bo‘lib, u 783 yillar atrofida tug‘ilgan va 850 yillarda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Mashhur olim Xorazmiy o‘zining matematika sohasida yozgan asarlari bilan butun jahonga tanilgan olimdir. Xorazmiyning matematika faniga doir ikki asari bizgacha etib kelgan. Bular algebra va arifmetika sohasida yozilgan asarlar bo‘lib, matematika fanining keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan va juda ko‘p matematik tekshirishlarning asosi bo‘lib xizmat etgan asarlar hisoblanadi. Xorazmiy o‘zining bu asarlarida bir qancha matematik masalalarni nazariy tomondan hal etish bilan birga, bu masalalarning amaliy tadbiqlarini ham ko‘rsatgan. Talantli olim o‘z asarlarini kishilarning kundalik amaliy ehtiyojlari va turmush talablarini hal etish uchun foydalanishga moslab yozishga intilgan. Shu sababli uning matematika sohasidagi asarlari ham nazariy, ham amaliy jihatdan juda katta ahamiyatga egadir. Xorazmiy nafaqat ehtimollar nazariyasi faniga balki boshqa fanlarga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Bu ishlari yuzasidan ko‘plab misolar keltirsak bo‘ladi. Jumladan: Al-Xorazmiyning “Vasiyatlar kitobi”. Xorazmiyning “Vasiyat haqida kitob”i qism hajm jihatildan asarni beshdan ikki qismini tashkil qiladi. Bu qismda o‘z zamonasining kundalik talablariga va musulmon xuquqiy normalariga qarab, merosxo‘rlar o‘rtasida mulkni taqsimlashga doir bir necha bobda turli nomlar bilan har hil murakkab masalalar beriladi. Bu masalalarni asosan to‘rt gruppaga bo‘lish mumkin. Birinchi gruppaga kiruvchi bir qator masalalar birinchi darajali bir jinsli aniqmas tenglamalar ax+by=0 ga keltiriladi va ularning butun echimlari topiladi. Ikkinchi gruppaga kiruvchi masalalar ax+by=d ko‘rinishdagi tenglamaga keltirib, parametr d butun bo‘lganda, noma’lumlarning butun qiymatlari aniqlanadi. Uchinchi gruppaga kiruvchi masalalar birinchi darajali bir noma’lumli tenglama (ax=b) ga keltirilish bilan hal qilinadi. To‘rttinchi gruppaga kiruvchi masalalar sof arifmetik usulda hal qilinadi. Bu qismda yuqorida qayd etilgan masalalardan tashqari, birinchi darajali ikki noma’lumli tenglamalar sistemasini tuzish bilan hal qilinadigan yagona masala beriladi. Masala shartiga ko‘ra, tenglama tuzishda hech qanday belgi va simvol ishlatilmaydi va uni echish qoidasi so‘z orqali bajariladi. Xorazmiyning “AL-Jabr val-Muqobala” asari algebra fanidan yozilgan birinchi asar bo‘lib, bunda algebraning asosiy tushunchalari, mazmuni va ilk qoidalari berilgan. Shunga ko‘ra Xorazmiy algebra fanining asoschisi hisoblanadi. Ko‘p asrlar davomida algebradan asosiy qo‘llanma bo‘lgan bu asar orqali Sharq va G‘arb olimlari algebra fanini o‘rgandilar, unga sharhlar yozdilar. Asar Evropada katta shuxrat qozonib, franstuz matematigi Viet (1540-1603) zamonasigacha algebradan asosiy darslik kitobi bo‘lib keldi. Xorazmiyning algebradan yozgan asari 1145 yilda ingliz olimi Robert Chester tomonidan latin tiliga tarjima qilingan, inglizcha tarjimasi esa 1915 yilda nashr etilgan. Bu asar italiyalik tarjmion Gerardo tomonidan ham latin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima 1883 yilda nashr etilgan. Asarning arabcha qo‘l yozmasi Oksford universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. U “Al-jabr val-Muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”, “Kitoul-Muxtasar fi hisob al-jabr val- muqobala” deb atalgan. Uning qo‘l yozmasi 1342 yili ko‘chirilgan, buning teksti va inglizcha tarjimasi 1831 yilda nashr etilgan. Asar uch bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim algebra masalalariga bag‘ishlangan, ikkinchi 31 17 bo‘limda geometriyaga, o‘lchashga doir masalalar, algebraning ba’zi bir tadbiqlari bayon etilgan, uchinchi bo‘lim meros bo‘lish masalalariga bag‘ishlangan. Bu kitob asosan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni “Al-jabr val-Muqobala” usuli bilan echishga bag‘ishlangan. Bu usul shundan iborat: “Al-jabr” so‘zi to‘ldirish ma’nosini anglatib, 6x-7=0 ko‘rinishidagi tenglamani echish uchun chap tomondagi ayriluvchi (7 ni) tashlab, o‘ng tomonda shu ayriluvchini “to‘ldirishdan” iboratdir. Boshqacha aytganda, agar tenglamaning bir tomonida yoki ikkala tomonida ayriluvchi bo‘lsa, bitta kamayuvchining o‘zini qoldirish uchun ayriluvchini tashlab, bunga teng miqdorni ikkinchi tomonga qo‘shish “al-jabr” deyilgan. “Al-jabr” so‘zining latinchada algebr yozilishidan hozirgi “Algebra” so‘zi kelib chiqqan. “Al-Muqobala” tushunchasi 5x+4=9x kabi tenglamani echish misolida ikkala tomondan 5x ni ayirish ma’nosini bildiradi. Agar tenglamaning ikkala tomonida bir xil jinslar, ya’ni o‘xshash xadlar bo‘lsa, ikkala tomonidan umumiysini, misolimizda 5x ni tashlash “al-muqobala”, ya’ni qolgan xadlarni ro‘para qo‘yish deyiladi. Demak, al-jabr val-muqobala ikki algebraik amaldan iborat. Asarda shu ikki usuldan foydalanib, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarning echilishi ko‘rsatilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. A’zamov A. tahriri ostida. «Yosh matematik» qomusiy lug‘ati.Toshkent, 1991-y. 2. Akmalov A.A. «Matematika o‘qitishda tarixiy ma’lumotlardan foydalanish (o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma)» Toshkent, «Fan», 2005y. 3. Ahmedov S .A. O’rta Osiyoda matematika o‘qitish tarixidan. T-1977. 4. Nazarov X.Ostonov Q. Matematika tarixi . T-1996. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling