Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


MUSO AL-XORAZMIYNING MATEMATIKAGA DOIR ISHLARI HAQIDA


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
MUSO AL-XORAZMIYNING MATEMATIKAGA DOIR ISHLARI HAQIDA.
Qosimova Rayxon Rajabbayevna
Xorazm viloyati Yangibozor tumani
 19-maktab matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada Muso al-Xorazmiyning matematikaga doir ishlari haqida so‘z 
yuritilgan. 
Kalit so‘z: «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob», “algoritm”
O’rta asrlarda yashagan va arab tilida ilmiy asarlar yozgan mashhur matematik, astronom, 
tabiatshunos va faylasuflar haqida so‘zlaganda biz Muhammad ibn Muso Xorazmiy (780-847), 
Abul Abbos Farg‘oniy (IX asrda yashagan, 797-y), Abul Vafo (940-998), Xo‘jandiy (taxminan 
1000 yilda vafot etgan), Ko‘hiy (990 yilda hayot bo‘lgan), Hosib Karxiy (1025 yilga yaqin vafot 
etgan), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Abu Ali ibn Sino (980-1037), An-Nasaviy (taxminan 
1030 yilda vafot etgan), Umar Hayyom (taxminan 1048-1122), Nasriddin Tusiy (12011274), 
G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (1442) kabi buyuk olimlarimizni nazarda tutamiz. Muhammad 
ibn Muso Xorazmiy (780-847), Muhammad Xorazmiy ijodi, asosan, islom dinigacha bo‘lgan 
Xorazm faniga va qo‘shni mamlakatlar, Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlarining ilmiy 
fikrlariga asoslangan. Al-Xorazmiy «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob» asari bilan 
algebra faniga asos soldi. SHu asar tufayli olim nomining lotincha shaklida «algoritm» termini 
paydo bo‘lgan. Al-Xorazmiy Bag‘doddagi «Bayt ul-hikma» (Donishmandlar uyi)da rasadxona, 
kutubxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. 
Al-Xorazmiyning 10 ta asari bizgacha yetib kelgan: 1. «Hind hisobi haqida» (Fi hisab al-
hind).Bu asarni XII asrda Ispaniya olimi Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga tarjima qildi. 
Keyinchalik Bonkompani, K.Fogel, I.Sevilskiylar tadqiq qildilar. Risola 8 ta bobdan iborat 
bo‘lib: 1) natural sonlarni «hind raqamlari» hisoblangan 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lar yordamida 
yozish; 2) sonlarni qo‘shish va ayrish; 3) ikkiga bo‘lish va ikkiga ko‘paytirish qoidalari; 4) 
ko‘paytirish amali va uni 9 raqami yordamida tekshirish; 5) bo‘lish; 6) kasrlar hisobi; 7) 
kasrlarni ko‘paytirish; 8) musbat sonlardan kvadrat ildiz chiqarish. Bu risola hisob bo‘yicha 
qo‘llanma sifatida Yaqin va O’rta Sharq hamda G‘arbiy Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Lotin 
tiliga tarjimasida «alXorazmiy» so‘zi Algoritmus deb yozildi va jahon faniga yangi “algoritm” 
atama sifatida kiritildi. 2. «Al-jabr va al-muqobila haqida qisqa kitob» (Al-kitab al-muxtasar 
fi hisab al-jabr va-l-muqabala) Bu asarni XII asrda Ispaniya olimlari Kremonalik Gerardo 
va Batlik Adelardlar arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik Gans va Grantlar ingliz tiliga tarjima 
qilish asosida o‘rgandilar.Bu risola 27 ta bobdan iborat. 3. «Al-Xorazmiy ziji» (ya’ni jadvallari) 
yoki «Al –Ma’mun ziji». Bu risola 37 ta bobdan iborat bo‘lib, uni XII asrda Ispaniya olimi
Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik X.Zuter nemis tiliga, B. Kopelevich rus 
tiliga tarjima qildilar. 4. «Astrulyabiyalarni qo‘llash haqida kitob»(Kitab al-amal bi-lastrulabat).
Bu risolada astronomiyaga oid 43 ta masala hal qilingan. 5.«Astrulob yordamida azimutni 
aniqlash» (Ma’rif as-samt bi-lastrulab). X asrda yashagan Ibn Nadimning «Fixrist» asarida tilga 
olinadi. 6. «Quyosh soati tekisligida soatni ko‘rish haqida» (Amal as-saat fi basit ar-ruxama).
7. «Astrulobni yasash haqida kitob» (Kitab amal as-astrulab).U X asrda yashagan Ibn Nadimning 
«Fixrist» asarida tilga olinadi. 8. «Quyosh soati haqida kitob» (Kitob ar-ruxama).Bu risola 
haqidagi ma’lumot Ibn Nadimning «Fixrist»ida bor. 9. «Jo‘g‘rofiya kitobi» (Kitob surati-l-
ard). Mjik tomonidan arab tilidagi matn chop qilingan. 10. «Yahudiylar eralari va bayramlari 
haqida risola» (Risola fi istixroj ta’rix yahud va a’yodihim). Bu risola AQSH olimi E.Kennedi 
tomonidan o‘rganildi. Al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan 10 ta risolasidan quyidagi 3 
ta katta kashfiyot haqida aytish joizdir: 1. «Hind hisobi haqida»gi risolasida o‘nlik pozitsion 
sanoq tizimining oltmishlikdan ustun ekanligini ko‘rsatgan va bu asarni lotin tiliga tarjimasi 
orqali o‘nli pozitsion sanoq tizimi tarqalgan. 2. «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob»ida 
aljabrni astronomiyaning yordamchi qismidan mustaqil fan darajasiga ko‘tardi, 6 ta chiziqli va 
kvadrat tenglamalarni tasniflagan. 3. Al-Xorazmiy o‘z shogirdlari bilan orasidagi masofasi 35 
km. bo‘lgan Tadmor va ar-Rakka shaharlaridan o‘tuvchi Yer sharining 10 li meridiani uzunligini 
hozirgi o‘lchovda 111814,64 metr (XIX asrda Bessel 110938 metr hisoblagan. Xorazmiy va 
Besselning o‘lchovlari orasidagi farq 876 metrga yaqin) hisoblagan. Al-Xorazmiy 850-yilda 


22
17
Bag‘dodda vafot etgan. Shuning uchun matematika o‘qitish jarayonida al-Xorazmiy va boshqa 
bobokolonlarimizning matematika rivojiga qo‘shgan hissalarini darslarda va darsdan tashqari 
mashg‘ulotlarda chuqur o‘rganib borish orqali ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil eti shva 
boshqarishga erishmog‘imiz kerak
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.A.Ahmedov. O’rta Osiyoda matematika taraqqiyoti va o‘qitish tarixi. T.1977y.
2. Mirzaaxmedov M. Muhammad Muso al-Xorazmiy. //Boshlang‘ich ta’lim, №12007. 


23

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling