Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


MATEMATIKA DARSIDA FANGA OID O’YINLARDAN FOYDALANISH


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
MATEMATIKA DARSIDA FANGA OID O’YINLARDAN FOYDALANISH 
Ahmedova Malohat Po‘latovna
XTB ga qarashli 54-sonli maktabning matematika fani o‘qituvchisi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 
998995444193
Annotatsiya: Ushbu maqolada, tadqiqot va tahlilga asoslangan holda boshlang‘ich maktab
o‘quvchilarining ushbu fanga qiziqishini rivojlantirish va namoyon qilish uchun qiziqarli o‘yinlar 
va matematik usullarning g‘oyalari, misollar tariqasida keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
O’yinlar, matematika, usul, sharoitlar, misol, o‘quv jarayoni.
Bolalar va o‘spirinlar hayotining ko‘p qismini ta’lim muassasalarida o‘tkazadilar. Bugungi kunda 
o‘quvchilarni muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlashda maktablar faoliyatini takomillashtirishda hal 
qiluvchi omil o‘qituvchi hisoblanadi. O’qituvchining vazifasi o‘quvchilarga qanday qilib o‘rganishni 
o‘rgatishdir va ularga kerakli bilimlarni bergan holda to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish hisoblanadi.
Fanga oid yangi materialni o‘zlashtirish davrida, o‘quvchilarnig qiziqishini, darsga nisbattan 
aktivligini, o‘zlashtirish saviyasini oshirish maqsadida ko‘p hollarda fanga oid o‘yinlardan 
foydalanish muhumdir. Bunda asosan, ko‘rgazmali taqdimotlar, metodik qoidalar, samarali 
hisoblash texnikasi va o‘quvchining o‘zlashtirish darajasiga e’tibor qaratish lozim. Ayniqsa 
matematika fani darsida.
Yangi materialni tushuntirishda o‘rganilayotgan mavzuning muhim xususiyatlarini o‘z 
ichiga olgan o‘yinlardan foydalanish kerak. Masalan:
- Do‘stingni xafa qilma!
Ikkita (juft bo‘lsin) o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida doskaga boradilar. O’qituvchi bir misolni 
o‘qiydi, masalan: 6x7. O’qituvchi bir xil sonlar bilan ko‘paytirish va bo‘lishning to‘rtta misolini 
taklif qiladi. Birinchi o‘quvchi ko‘payish orqali, boshqasi esa bo‘linish orqali misollar keltiradi. 
Agar misollar tuzilgan va to‘g‘ri yechilgan bo‘lsa, o‘qituvchi o‘quvchilarning ishda birdamlik 
bilan yondashganlari va to‘g‘ri misollar keltirishgani uchun rag‘batlaydi. Doskadagi yozuv misol 
uchun quyidagicha bo‘sin: 6 x7 = 42 7x6 = 42 42: 7 = 6 42: 6 = 7
“So‘zni to‘plang”
Doskada bir xil miqdordagi o‘ng va chap tomondagi misollar yozilgan. Ikkita jamoa doskaga 
chiqishadi. O’quvchilar tezkorlik bilan ketma-ket har biri bitta misolni yechadi va tayyorlangan 
kartalar orasidan namunaning javobiga mos keladigan raqamni tanlaydi (xat kartaning orqa 
tomoniga yoziladi). Birinchi hamma so‘zlarni tuzgan jamoa g‘alaba qozonadi.
Materialni mustahkamlashda o‘yin shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin: jamoaviy, guruhiy 
va individual. O’yinlarni guruhlarda va musobaqalar shaklida o‘tkazish tavsiya etiladi. Guruhlar 
orasidagi raqobat asosida jamoadagi o‘quvchilarning do‘stona ishlashini belgilaydi. Agar jamoada 
bolalarining faolligi va qiziqishi zaiflashsa (masalan, jamoada faol qatnashmayotgan o‘quvchiga 
e’tibor qaratib, aynan shu o‘quvchiga savol berib unga jamoaga ball yoki yulduzcha olishiga 
imkon yaratib berishi darkor. Bu orqali passiv o‘quvchini faol bo‘lishiga motevatsiyalagan 
hisoblanadi). Dars oxirida o‘qituvchi bolalar bilan birgalikda umumiy musobaqani sarhisob 
qilib, kollektivlik tuyg‘usini shakllantirishga hissa qo‘shadi va shu bilan birga guruh a’zolarining 
samimiy ishlariga e’tibor qaratadi. Xatolarga yo‘l qo‘ygan bolalarni xushmuomalalik bilan 
davolash kerak. O’quvchilarning xatolarini o‘yin davomida emas, balki oxirida tahlil qilish 
kerak, shunda o‘yin haqidagi umumiy taassurot ijobiy bo‘ladi.
O’yin, masalaning matematik mohiyatini yaxshiroq tushunishga, o‘quvchilarning matematik 
bilimlarini shakllantirishga yordam beradigan bo‘lsa, uni kunlik rejada qo‘llash samaralidir. 
Didaktik o‘yinlar va o‘yin mashqlari o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi, 
undan tashqari, ushbu o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida bolalar o‘rtasidagi munosabatlar yanada 
mustahkam va hissiyotga boy bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling