Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
HOZIRGI KUNDA MATEMATIKA O’QITISHNING UMUMIY METODIKASI
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
HOZIRGI KUNDA MATEMATIKA O’QITISHNING UMUMIY METODIKASI Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani 30-son maktab matematika fani o‘qituvchisi Bazarbayeva Gulayxan Maksetbayevna Annotatsiya: Matematika fani barcha fanlarning asosi sifatida yillar davomida tan olinib kelingan. Maktablarda boshlang‘ich sinflardan matematika darslarining o‘qitishi ham bejizga emas. Bolalarga yoshligidanoq hisob-kitob ilmini o‘qitish ularning kelajakda istagan fanlarni o‘rganishlarida ko‘nikma hosil qiladi. Maqolada matematika fanini o‘qitishda o‘yinlar nazariyasi usulining qo‘llanishi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: tizim, usul, pedagogika, metodika, matematika, dars, o‘qituvchi. O’zbekiston respublikasi prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708- son qarorida mamlakatimizda matematika ilm-fani taraqqiyotini yanada yuksaltirish, ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Qarorda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish vazifalari belgilangan. Shunga ko‘ra, bugungi kunda ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, dars jarayonini samarali tashkil etish zamonaviy pedagogning oldida turgan asosiy maqsaddir. Matematika fanini o‘qitishda turli xildagi o‘yinlardan, hayotiy tajribalardan foydalanish o‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqishini orttiradi. Maktablarda matematika kursininng maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar sistemasi ma’lum usulda o‘quvchilarga yetkazib berishdir. Matematika metodikasi deganda, pedagogika va didaktika fanining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, jamiyatimiz taraqqiyoti darajasida ta’lim maqsadlariga mos keluvchi matematikani o‘qitish, o‘rganish qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. O’rta maktablarda matematika fani quyidagi maqsadlarda o‘qitiladi: a) O’quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish. Bu bilimlar tizimi matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, ya’ni isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak. b) O’quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini rivojlantirish. Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu o‘quvchilarning har bir matematik qoidani o‘z ona tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha shakllantirish demakdir; v) O’quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish. Bu erda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda tutiladi. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi degnda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib berilishi tushuniladi. Umumiy metodika o‘qituvchi faoliyati davomida amalga oshiriladigan ishlarning maksimal darajada samradorligiga erishishda qilinadigan ishlarning metodik asosidir. 125 17 Matematik fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo‘llay olishi hamda pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‘ladi. Adabiyotlar: 1. O’zbekiston respublikasi prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son qarori. 2. Yuldashev Z.Kh., Ashurova D.N. Innovative-didaktic program complex and new formalized model of educftion. Malaysian Journal of Mathematical Sciences 6(1): 2012, B:97-103. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling