Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet106/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Tsivilizatsiya deganda nimani tushunasiz?

  2. Tsivilizatsiya tushunchasi qachon shakllandi va u haqida qanday falsafiy qarashlarni bilasiz?

  3. Tsivilizatsiyaning qanday turlarini bilasiz?

2-savol bo’yicha dars maqsadi: Tsivilizatsiya va madaniyatning bog’liqligi, tsivilizatsiyaning turlari va o’ziga xos xususiyatlari tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Tsivilizatsiya va madaniyat tushunchalarining aloqasi tushuntiriladi.

  2. Ilm-fan taraqqiyotining tsivilizatsiyaga aloqasini tushuntiradi.

  3. Tsivilizatsiyaning o’ziga xos xususitlari izohlanadi.

2-asosiy savolning bayoni:
Tsivilizatsiya tushunchasi madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. Ayrim olimlar, masalan, Shpengler tsivilizatsiyani madaniyatning antipodi, deb biladi va «tsivilizatsiya madaniyat tanazzuli ifodasi» degan xulosaga keladi.
Tsivilizatsiyani madaniyatga qarama-qarshi qo’yishning asoslari bor. Tsivilizatsiya ziddiyatli ijtimoiy jarayonlar tarzida kechgan va bu jarayonlar oqibatida taraqqiyot bilan bir qatorda madaniyatlarning emirilishi, boylik va qashshoqlik kabi ijtimoiy hodisalar yuzaga kelishi kuzatilgan.
Tsivilizatsiya muammosiga turlicha qarashlarni inkor etmagan holda, uning madaniyat bilan aloqadorligini alohida ta’kidlash, tsivilizatsiya insoniyatning yovvoyilik va varvarlikdan keyingi madaniy taraqqiyot boskichi ekanligini e’tiborga olmoq lozim.
Tsivilizatsiya madaniyatlar xilma-xilligi asosida shakllanadi. Madaniyatlarning turli-tumanligi ular orasidagi umumiylikni inkor etmaydi. Madaniyatning insonparvarligi tamoyili ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ayni vaqtda madaniyatlar o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sir madaniyatlar taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Tsivilizatsiya insonning tashqi olami, madaniyat uning ichki olami. Madaniyat inson va jamiyatning boyligi. Tsivilizatsiya inson va jamiyat taraqqiyotini ifodalaydi. tsivilizatsiya inson va jamiyatning o’zgartuvchilik faoliyati maxsuli.
1. Tsivilizatsiya jamiyatni ijtimoiy tashkil etish usuli hisoblanadi.
2. Tsivilizatsiya avval boshdanoq progressiv taraqqiyot sifatida yuzaga kelgan. Bu taraqqiyot ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog’liq tarzda kechgan. Agar varvarlik davrida eng qadimgi odamlar uyushuvi tabiiy asosga tayangan bo’lsa, tsivilizatsiya odamlarning ijtimoiy jihatdan uyushuvini keltirib chiqaradi.
3. Tsivilizatsiya ijtimoiy boyliklarni ishlab chiqarish va tobora ko’paytirib borishdan iborat murakkab ijtimoiy jarayon.
Tsivilizatsiya ortiqcha mahsulotning ijtimoiy boylikning vujudga kelishi bilan bogliq ravishda amalga oshdi. Aynan ortiqcha mahsulot, boylikning paydo bo’lishi oqibatida mehnat taqsimoti chuqurlashdi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqdi, ilmiy bilimlar shakllandi, fan, falsafa, san’at vujudga keldi. Ijtimoiy boylik deganda moddiy ne’matlar ko’rinishdagi boylik bilan bir qatorda ma’naviy qadriyatlarni ham hisobga olmoq lozim. moddiy boyliklarning tobora ko’payib borishi bo’sh vaqt boyligining shakllanishiga olib keldi. Bo’sh vaqt jamiyat va inson taraqqiyotining muhim omili bo’lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti, boyliklarning tobora ko’payib borishi madaniyatli ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi uchun imkoniyat yaratdi. Jamiyat boyligini ishlab chiqarish kishilar orasidagi munosabatlar taraqqiyotiga olib keldi.
4. Jamiyatning tarkibida jiddiy o’zgarishlar kuzatila boshlandi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibida xilma-xil sinflar, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar shakllandi.
5. Tsivilizatsiyaning eng muhim belgisi jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq. Boshqaruvning jamoa usulidan farqlanuvchi maxsus boshqaruv – davlat xokimiyati shakllandi.
6. Tsivilizatsiya jamiyatning asosi, subatomi hisoblangan oila va oilaviy munosabatlarning takomillashuviga olib keldi.
7. Tsivilizatsiya ma’naviy madaniyat takomili bilan bevosita bog’liq. Yozuvning kashf qilinishi ajdodlar bilimlari va tajribalarini avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyat berdi. Yozuv tsivilizatsiyaning muhim omili bo’lib hisoblanadi.
Tsivilizatsiya umumbashariy ahamiyatga molik murakkab ijtimoiy hodisa va bu hodisa jamiyatlar taraqqiyotida namoyon bo’ladi.
Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi jamiyatlar taraqqiyotida yangi sifat bosqichi mavjudligi bilan harakterlanadi. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi uzida jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari, yangi axborotlashgan jamiyatning shakllanishi bilan bevosita bog’liq.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling