Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet105/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. Tsivilizatsiya. Tsivilizatsiya haqidagi falsafiy qarashlar.
2. Tsivilizatsiya va madaniyat. Tsivilizatsiyaning o’ziga xos xususiyatlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tsivilizatsiya, madaniyat, madaniy taraqqiyot, lokal tsivilizatsiya, tsivilizatsiyali yondashuv.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Tsivilizatsiya tushunchasi, tsivilizatsiya haqidagi falsafiy qarashlar, tsivilizatsiya va madaniyat o’zaro bog’liqlik va aloqadorlik, tsivilizaiyaning turlari, o’ziga xos xususiyatlari, O’zbekistonda ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlartga berilayotgan e’tibor tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Tsivilizatsiya tushunchasi va u haqidagi falsafiy qarashlar qarashlar tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Tsivilizatsiya tushunchasining mazmunini tushuntiradi.

  2. Tsivlizatsiya haqidagi falsafiy qarashlarni izohlab beradi.

  3. Tsivilizatsiyaning asosiy turlari tushuntiriladi.

1-asosiy savolning bayoni:
XVII asr Evropa tarixiga ma’rifatchilik asri bo’lib kirdi. Ma’rifatchilik harakati va g’oyalari, dastlab Frantsiyada shakllandi va butun Evropa bo’ylab tarqaldi. Bu davrda ma’rifatparvarlar tomonidan ilgari surilgan ma’rifatchilik g’oyalarida aql-idrokka katta e’tibor berildi va jamiyat taraqqiyotiga fan va bilim orqaligina erishish mumkinligi, taraqqiyotga to’siq bo’lgan johillik va xurofotni bartaraf etish uchun ma’rifat zarurligi keng targ’ib qilindi. Ma’rifatchilik g’oyalarining keng tarqalishi kishilarda kelajakka ishonchni uyg’otdi. Tsivilizatsiya to’g’risidagi falsafiy qarashlar aynan shu davrdan boshlab yuzaga keldi. Tsivilizatsiya tushunchasi frantsuz ma’rifatparvari va shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson tomonidan jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun iste’molga kiritildi.
Ma’rifatparvarlar tsivilizatsiya deganda, bir tomondan, jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichini nazarda tutgan bo’lsalar, ikkinchidan, insoniyat aql-zakovati yordamida erishilgan yutuqlarni shu tushuncha yordamida ifodalagandilar.
Tsivilizatsiyani insoniyat jamiyati taraqqiyotini yovvoyilik va varvarlikdan keyingi muayyan bir bosqichi sifatida tahlil qilishda unga xos quyidagi jihatlarga e’tibor qaratildi. Tsivilizatsiya insoniyat taraqqiyotining eng qadimgi, ilk bosqichlaridan sug’orma dexqonchilikning vujudga kelishi, davlat va huquqning paydo bo’lishi, shaharlarning yuzaga kelishi, yozuvning paydo bo’lishi bilan farqlanadi. Ayni vaqtda tsivilizatsiya tushunchasi inson aql-zakovati erishgan yutuqlarni ham ifodalaydi. frantsuz ma’rifatparvarlari tsivilizatsiya tushunchasini aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, ya’ni ideal jamiyat ma’nosida qo’lladilar. Tsivilizatsiya murakkab mazmunga ega bo’lgan falsafiy tushuncha hisoblanadi. Shuning uchun ham tsivilizatsiya haqida xilma-xil qarashlar, nuqtai-nazarlar mavjud. Chunonchi ingliz sotsiologi va tarixchisi Arnold Toynbi tsivilizatsiya deganda jamiyat taraqqiyotida, avvalo madaniy yuksalishni nazarda tutadi. Dunyo tarixini o’rgangan Toynbi tsivilizatsiya turlicha xalqlarda turlicha kechadi, tarix o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida tsivilizatsiyalardan iborat, degan fikrni ilgari suradi. U «tarixni bilish» asarida insoniyat tarixida bo’lgan tsivilizatsiyalar sonini 13 taga keltiradi va tsivilizatsiyani rivojlantiruvchi kuch – ijodiy elita yoki ozchilikdan iborat, deb biladi. U tsivilizatsiya o’z-o’zidan shakllanmaydi. Uning rivojlanishi uchun ma’lum tarixiy davr etilgan bo’lmog’i lozim. Bunday davrni Toynbi «Chaqiruv va javob» deb belgilaydi. Uning fikricha, tarix chaqirig’iga ozchilik javob berar ekan, o’z ketidan befarq ko’pchilikni ergashtiradi. Chaqiruv shunday davrki, bunda jamiyat qandaydir xavf ostida bo’ladi. Chaqiruv va javob har qanday tsivilizatsiyaning asosini tashkil etadi.1
Polyak faylasufi Konechki tsivilizatsiyani kishilar jamoasini uyushtirishning alohida shakli sifatida ta’riflaydi.
Nemis faylasufi Osvald Shpengler «Evropaning so’nishi» asarida tsivilizatsiya tushunchasini madaniyatga qarama-qarshi qo’yadi. Uning fikricha, madaniyat halokatga uchrashi jarayonida tsivilizatsiyaga aylanadi. Madaniyatdan tsivilizatsiyaga o’tish ijodkorlikdan maxsulsizlikka, shakllanishdan qotib qolishga, qahramonona tashabbuslardan mexanik «ish»ga o’tishdan iborat. Shpengler fikricha, tsivilizatsiya oqibatida badiiy va adabiy ijodga extiyoj qolmaydi. Shuning uchun ham madaniy da’volardan voz kechib, sof texnitsizmga e’tiqod qilishni taklif etadi.
Insoniyat, Shpengler fikricha, zoologik birlikdir. Insoniyatning yagona tarixi yo’q, faqat alohida yashirin madaniyat bor. Har bir madaniyat hayotini taqdir boshqaradi. «Har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshi va o’tmishi bo’ladi».1 Tsivilizatsiyani turkumlashning turli asoslari ishlab chiqilgan.
Kishilik jamiyati rivojlanishining muayyan bosqichi asosida turkumlash: neolit tsivilizatsiyasi, nokapitalistik tsivilizatsiya, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi.
Tsivilizatsiya deganda ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunilgan: ibtidoiy formatsiya, quldorlik va boshqalar.
Tsivilizatsiya geografik jihatdan farqlanish asosida turkumlangan: Evropa tsivilizatsiyasi, Osiyo tsivilizatsiyasi.
Diniy mansublik asos qilib olingan: xristian tsivilizatsiyasi, islom tsivilizatsiyasi.
Kelib chiqish, planetar mansublikka ko’ra: er tsivilizatsiyasi, erdan tashqari tsivilizatsiya farqlangan.
Etnik asosga ko’ra farqlanadigan birliklar nazarda tutilgan: Qadimgi Misr tsivilizatsiyasi, Bobil tsivilizatsiyasi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling