Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- INFORMATSION-USLUBIY TA’MINOT ASOSIY ADABIYOTLAR
- 5.2. QO’ShIMChA ADABIYOTLAR
- TAVSIYА QILINADIGAN QO’ShIMChA ADABIYOTLAR VA AXBOROT MANBALARI
- INTERNET RESURSLARI
Referat yozish shartlari:
- referat belgilangan ______________muddatda topshirilishi kerak. - referat hajmi kamida 15 bet bo’lishi kerak. - referat sodda reja asosida yozilishi kerak. - referatda kamida 5 ta adabiyotdan foydalanish lozim. INFORMATSION-USLUBIY TA’MINOT ASOSIY ADABIYOTLAR
5.2. QO’ShIMChA ADABIYOTLAR
TAVSIYА QILINADIGAN QO’ShIMChA ADABIYOTLAR VA AXBOROT MANBALARI
INTERNET RESURSLARI: 1. www. аkademik.ru 2. www. islom.uz 3. www. ziyo.net 4. www. pedagog.uz 5. www. kutubxona.uz 6. www. gduportal. uz GLOSSARIY: Aksiologiya – (Yunoncha - qadriyat) qadriyatlar haqidagi ta’limot XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan. Antropologik falsafa – keng ma’noda inson tabiati va mohiyati haqidagi ta’limot, tor ma’noda XX asr g’arb falsafasidagi oqim. Antropologtya – inson to’g’risidagi ta’limot. Axborotlashgan jamiyat – informatsiya, ijodiyot va intellektual texnologiyaning ahamiyati ortib borgan jamiyatni nazarda tutuvchi tushuncha. Biosfera – erning hayot tarqalgan qismi, erning jonli qobig’i. Valyuntarizm – lotincha iroda ma’nosini anglatib, shaxs irodasini birlamchi deb e’tirof etadi va tarixiy jarayonlar alohida shaxslarning sub’ektiv hohishlariga asosan amalga oshadi deb hisoblaydi. Geografizm, (Geografik determinizm) – jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning (iqlim, tuproq, oziq-ovqat va b) ta’sirini mutloqlashtiruvchi ta’limot. Gnoseologiya – (Yunoncha - bilim) falsafiy bilish nazariyasi, bugungi kunda epistimologiya atamasi ham ishlatiladi. Gumanizm – insoniy, ya’ni inson qadriyatlarini ustuvor o’rganadigan qarashlar tizimi. Gumanitarizm – ijtimoiy bilimlardan boshqa bilim sohalarini e’tiborga olmaydigan, ijtimoiy bilimlarni mutloqlashtiruvchi ijtimoiy bilishning talqini. Demografik omil – aholi zichligini jamiyatga ta’sirini ifodalovchi tushuncha. Demografiya – aholi dinamikasini o’rganadigan ta’limot. Determinizm – (belgilamoq) barcha hodisalarning umumiy qonuniyatli aloqadorligi, sababli o’zaro bog’liqligi haqidagi ta’limot. Dialektika – 1) falsasafiy munozara san’ati; 2) umumiy aloqadorlik, bog’liqlik va taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi ta’limot. Yopiq jamiyat – ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, totalitar siyosiy tuzumning mahsuli sifatida, inson huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan jamiyat. Jamiyat – ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida, shuurga-ongga, til va nutqqa ega bo’lgan, bir-birlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. Ijtimoiy bilish – bilimlarning ijtimoiy borliqqa mos kelishi, ijtimoiy haqiqat. Ijtimoiy ong – jamiyatning ma’naviy hayotini, ijtimoiy borliqning inson misidagi in’ikosini ifoda etuvi tushuncha. Ijtimoiy progress - jamiyat taraqqiyotining rivojlanishini anglatuvchi tushuncha. Ijtimoiy regress - jamiyat taraqqiyotini tanazzulini anglatuvchi tushuncha. Individ – o’ziga xos xislatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan odam. Industrial jamiyat – jamiyatning murakkab rivojlanish bosqichi bo’lib, unda ilmiy-texnik faoliyat, mashina ishlab chiqarish va mehnat intizomi, ijtimoiy bozor, tizimli xo’jalik asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Bu jamiyatda ishlab chiqarish vositalari, yirik sanoat asosiy o’ringa chiqadi. Inqilobiy taraqqiyot – jamiyat taraqqiyotini bosqichma-bosqich emas, keskin sifat o’zgarishlariga o’tish orqali rivojlantirish usuli. Integratsiya - turli mamlakatlarning har jabhadagi o’zaro hamkorlik aloqalarini ifoda etuvchi tushuncha. Metafizika – (Yunoncha meta-keyin, fizika-tabiat) ya’ni tabiatdan keyin degan ma’noni anglatib, qadimgi Yunonistonda jamiyatni tadqiq etuvchi ta’limot, ba’zida falsafa atamasi ma’nosida ham ishlatiladi. Gegel va Markscha falsafada dialektikaga qarshi metod sifatida ishlatilgan. Metodologiya – metodlar to’g’risidagi ta’limot, dunyoni yaxlit o’rganuvchi usul. Nazariy bilish – fikrlar, ilmiy gipotezalarga tayanib tarixiylik va mantiqiylik asosida hosil qilinadigan bilim shakli. Naturalizm – tabiiy va tabiiy texnik bilimlarning ahamiyatini bo’rttirish uchun vujudga kelgan ijtimoiy bilishning talqini. Noosfera – tabiat va jamiyat orasidagi o’zaro aloqa va munosabatda inson ongli faoliyatini asosiy omil ekanligini ifodalovchi tushuncha. Ontologiya – (Yunoncha - borliq) borliq to’risidagi ta’limot. Ochiq jamiyat – ushbu tushuncha ingliz olimi K. Popper tomonidan muomalaga kiritilgan bo’lib, mutafakkir insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, fuqarolar erkinligini ta’minlovchi jamiyatni ochiq jamiyat deb talqin etadi. Pozitivizm – (lotincha) ijobiy. Postindustrial jamiyat – bilim, axborot, kasbiy mahorat taraqqiy etgan jamiyatlarni ifodalovchi tushuncha. Postmodernizm – XX asrdagi falsafiy ta’limot bo’lib, ijtimoiy hayotni axloq, qonunlar, qadriyatlarni buzmagan holda ko’rib chiqish usuli, ko’p fikrlilik usuli. Postpozitivizm – fan falsafasiga asos solgan oqim. Pragmatizm – (Yunoncha - ish, harakat) inson faoliyati, uning amaliyotini asosiy o’ringa qo’yuvchi falsafiy ta’limot. Rualizatsiya – qishloq hayotining ahamiyatini bo’rttirish asosida vujudga kelgan tushuncha, qishloq hayotiga qaytish. Sinergetika – (Yunoncha - hamkorlik) o’z-o’zini tashkil etishning umumiy qonuniyatlarini va printsiplarini asos qilib olgan falararo yo’nalish.bu ta’limot XX asrning 70 yillarida paydo bo’ldi. Urbanizatsiya – ijtimoiy hayotda shahar o’rnining oshib borishini ifodalovchi tushuncha. Fatalizm – har bir hodisa va insonning har bir harakati taqdirga bog’liq deb hisoblovchi ta’limot. Formatsion taraqqiyot – jamiyat taraqiyotida iqtisodiy omillarga e’tibor qaratuvchi yondashuv. Fuqarolik jamiyati – insonlarning barcha jabhada to’la erkinligini kafolatlovchi, o’z-o’zini boshqarishga asoslangan jamiyat. Tsivilizatsion taraqqiyot – jamiyat taraqqiyotida ma’naviy omillarga e’tibor qaratuvchi yondashuv. Tsivilizatsiya – lotincha fuqarolik, davlatchilik. Evolyutsion taraqqiyot – jamiyat taraqiyotini sekin-asta, bosqichma-bosqich rivojlantirish usuli. Ekzistentsializm - (lotincha - mavjudlik) inson amaliy faoliyatida aqliy jihatlarga e’tibor qaratuvchi falsafiy ta’limot. Ekogumanizm – (Yunoncha–ekos-uy, gumanizm-inson) atrof-muhitga insoniy munosabatda bo’lish. Ekologiya – (Yunoncha - uy) atrof- muhit muhofazasi to’g’risidagi ta’limot. Ekstrapolyatsiya - muayyan biron-bir hodisaning bir qismini kuzatish natijasida olingan xulosani boshqa qismga, boshqa hududga, yoki kelgusiga tadbiq etish. Empirik bilish – bilish jarayonida bevosita sezgi a’zolarimiz orqali, muayyan tajribalar asosida hosil qilingan bilim shakli. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling