O’quv fanining nomi: ADABIYOT
Mavzu nomi: Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
1)ta`limiy –Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma`lumot berish;
2)tarbiyaviy-Mustaqil O`zbekistonimiz rivojiga hissa qo`sha oladigan,jamiyatning har tomonlama yetuk,vatanparvar,xalqparvar, komil insonni tarbiyalash;
3) rivojlantiruvchi: milliy g`urur va iftixor tuyg`usini ,bunyodkor g’oyalarni rivojlantirish;
Darsda kutilayotgan natijalar– mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.Muhammad Yusuf hayoti haqida ma`lumotga ega bo`ladilar.
2.Shoir she`rlari mavzusi ko`lami kengligini biladilar.
3.Muhammad Yusuf she`rlarini tahlil qila oladilar.
Ta'lim metodlari: Keys-stadi,suhbat, tushuntirish, aqliy hujum,kichik guruhlarda ishlash, ma’ruza, yo’riqnoma berish, namoyish etish, ko’rsatish, kitob bilan ishlash
Dars turi: amaliy,nazariy
Baholash metodlari : besh baholi sistema Og’zaki so’rov uchun maksimal 5 baho; guruhda ta’limiy o’yinda ishtiroki uchun maksimal 5 baho qo’yiladi va bu baholarning o’rtachasi olinadi.
Axborot manbalari va texnik vositalar: Tarqatmalar, komputer,proektor, slaydlar,videolavhalar,didaktik o`yinlar,matnlar,ish varaqasi
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut
Uyga vazifa:Adabiyot.III kitob.(majmua darslik) 655-657-betlar,”Ona tili va dabiyoti” A.Rafiyev,N.G`ulomova .315-320- betlardan o`qish ,she`rlaridan yodlash, tahlil qilish.
Darsning boshlanishida shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub ”Ko’klamoyim” ashulasi tinglanadi.
Sochimda oq, men bahordan o’tindim:
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.
Qor qo’ynida seni qo’msab o’kindim,
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.
Ko’nglimga ko’k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdek soch ilsin.
Boychechakka borar yo’llar ochilsin-
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.
Fasl boshi, ham oxiri o’zingsan,
Majnunlarning yo’ldoshi ham o’zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o’zingsan,
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.
Dil yayrasin, dala dashting yastanib,
Yalpizlaring suv bo’yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib.
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.
Ushbu haroratli misralar orqali siz qaysi ijodkorning she’riyat olamiga kirib bordingiz? Bunda qalbingizda qanday tuyg’ular his etdingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |