Jamiyatning siyosiy tizimi.
Davlat siyosiy jamoat
partiyalar tashkilotlar
Moddiy ishlab chiqarish qanchalik zarur bo’lmasin, har bir sog’lom kishi va jamiyatning hayoti ko’pdan-ko’p sohalar bilan bog’liq ravishda kechadi. Kishilar yashashning iqtisodiy sharoitlariga ega bo’lishlari uchun muayyan tarzda birikkanlar va bu hol ijtimoiy faoliyatning xilma-xil ko’rinishlarini keltirib chiqargan va shu asosda siyosiy tizim shakllangan.
Jamiyatning siyosiy tizimi jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan. Ma’lumki jamiyat avvalo kishilar faoliyatlari va shu asosda shakllanadigan ijtimoiy aloqa va munosabatlar mahsuli.
Jamiyat siyosiy hayotining ildizlari kishilarning mehnat faoliyatlariga borib taqaladi.
Kishilar faoliyati umumiy tarzda olganda, ijtimoiy harakterga ega. Ular o’zaro bir-birlari bilan birlashmasdan, aloqa bog’lamasdan turib faoliyatga kirisha olmaydilar. Kishilar ijtimoiy faoliyatlarining murakkablashib boruvi, ularni boshqarishni taqozo etadi. Aynan boshqaruv tufayli kishilar birlashadilar va shu asosda ularning ehtiyojlari qondiriladi. Boshqaruv kishilar faoliyatlari harakteriga bog’liq. Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar o’z hayotlarini davom ettirmoqlari uchun birlashuvlari lozim bo’lgan. Bu birlashuv dastlab tabiiylik, qon-qardoshlik asosida yuz bergan. Shundan urug’chilik, qabilachilik tizimi va munosabatlari shakllangan.
Jamiyat boshqaruvning tarixan ikki shakli mavjud bo’lib:
1) O’z-o’zidan boshqaruv yoki jamoaviy boshqaruv. O’z-o’zidan boshqaruvning xususiyati shundan iboratki, unda jamiyat a’zolarining barchasi ishtirok etadi va shu asosda o’z manfaatlarini ta’minlaydi.
2) Maxsus boshqaruv. Boshqaruvning bu turi unda majburiylik jihatlarining mavjudligi bilan harakterlanadi. Maxsus boshqaruv deganda muayyan tashkilot yordamida boshqaruv nazarda tutiladi. Har qanday boshqaruvning asosiy bo’g’inini davlat hokimiyati tashkil etadi.
Muhokama uchun savollar:
Jamiyatning siyosiy hayoti deganda nimani tushunasiz?
Siyosiy tizim va uning qanday bo’g’inlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |