Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet56/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

2-savol bo’yicha dars maqsadi: Davlat siyosiy boshqaruvning asosiy bo’g’ni ekanligi, uning o’ziga xos xususiyatlari, kelib chiqishi, boshqaruv shakllari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Davlat va uning vazifalari tushuntiriladi.

  2. Davlatning asosiy belgilari va boshqaruv shakllariga turli ko’rinishlarini tushuntiradi.

  3. Demokratik davlat va uning o’ziga xos belgilari aytiladi.

  4. O’zbekiston davlatining rivojlanish omillarini tushuntiradi.



2-asosiy savolning bayoni:
Davlat jamiyat siyosiy tizimining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Davlat – jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan jamiyatning siyosiy tashkilotidir.
Davlat insoniyat tsivilizatsiyasi rivojlanishining mahsuli va ko’rinishi, xalqlar va millatlar hayotini huquq va qonun asosida tashkil etishining siyosiy shaklidir.
Davlatning o’ziga xos belgilari:
1) Hokimiyatning mavjudligi. Bunda muayyan vazifalari bo’lgan tashkilot va muassasalar nazarda tutiladi.
2) Aholi (fuqarolar).
3) Hudud va chegaralar.
4) Suverenitet.
5) Huquq ijodkorligi.
Davlatning o’ziga xos vazifalari mavjud. Bular, hududiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligini, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, jamiyatda barqaror va tinch, farovon hayotni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va mulk dahlsizliklarini himoya qilish, tashqi aloqalar, islohotlarni amalga oshirish.
Davlat, uning kelib chiqishi masalasi qadimdan faylasuflarni qiziqtirib kelgan.
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun «ideal davlat» ta’limotini yaratgan. Ideal davlatning kelib chiqishini «g’oyalar dunyosiga» bog’lagan va Yunon polis - davlatini nazarda tutgan. Uning fikricha, ideal davlatda kosmos, davlat va ayrim inson o’zaro bir-biriga mushtarak bo’ladi. Adolatli inson adolatli davlatga o’xshaydi. Ideal davlat adolatli boshqaruvga asoslangan davlatdir. Qonun va adolat unda mujassam bo’lmog’i lozim.
Arastu fikricha, davlatni jamiyatdan ajratish mumkin emas. Arastu davlatni eng oliy darajadagi insonlar uyushmasi, deb bilgan. Uning fikricha, avval oila, unda er va ayol munosabatlari, so’ng xo’jayin qul munosabatlari kelib chiqqan. Oilalar birlashib jamoani tashkil qilgan, bir qancha jamoalardan davlat tashkil topgan. Taraqqiy etgan jamiyat – bu davlat. Arastu qonunsiz insonni hayvoniy deb bilgan. Qonun esa davlat tufayli kelib chiqqan. Davlatning vazifasi madaniyatli, aristokratik aql-zakovatga ega odamlarni tarbiyalash. Yaxshi va yomon davlatlar o’zaro bir-biridan davlat tepasida turgan boshliqlar axloqi bilan farqlanadi.
Markaziy Osiyo mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar)ning adolatli, fazilatli jamiyat, davlat haqidagi fikrlari diqqatga sazovor. Mutafakkirning orzusidagi adolatli jamiyatda kishilarning samarali mehnatiga, ilm sohiblariga, ularning aql-zakovatiga, fazilatli axloq-odobiga yuksak baho beriladi. Uning fikricha, adolatli jamiyatda teng huquqiylik va erkinlik saltanati hukmronlik qiladi, yakka hokimlikka barham beriladi. Davlat boshliqlarini fuqarolarning o’zlari saylaydilar. Saylangan boshliqlar xalq manfaatiga zid harakat qilsalar, ular o’z amal-mansablaridan chetlashtiriladilar. Orzudagi davlat arboblari o’z faoliyatlarida adolat, tenghuquqlilik, fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab ish tutadilar.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yil)ning fikricha, jamiyatni boshqarish amaldorlardan o’z huzur-halovatidan aniq muddat mobaynida mahrum bo’lish, zo’ravonlardan aziyat chekkanlarning huquqlarini tiklash, gunohkorlarni jazolashdan iborat bo’lmog’i lozim. Odil hukmdorlarning asosiy vazifasi yuqori va quyi tabaqa vakillari o’rtasida adolat o’rnatishdir.
Boshqaruv shakllari, tuzilishi va undagi mavjud siyosiy rejimga ko’radavlatning turli ko’rinishlari mavjud.
Davlat boshqaruv shakllariga ko’ra monarxiya va respublika ko’rinishlariga ega.
Davlatning monarxiya shakli hokimiyatning bir kishi (monarx) tomonidan boshqarishiga asoslanadi.
Respublikada hokimiyat saylash orqali shakllantiriladi.
Davlatlar tuzilishiga ko’ra unitar, federativ va konfederativ davlatlardan iborat.
Demokratik davlat deganda barcha fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga kafolat beradigan, hokimiyat tizimining bo’linishi asosiga qurilgan, barchaning qonun oldidagi tengligini ta’minlaydigan, jamiyatdagi barcha kuchlarni birlashtirib, mamlakat taraqqiyotiga safarbar qiladigan davlat nazarda tutiladi.
Mustaqil O’zbekiston taraqqiyot yo’lidagi endigi vazifalar demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishdan iborat.
Jamiyatimiz siyosiy hayotini takomillashtirish, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini yanada takomillashtirish masalalari Respublia Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan kotseptsiyada va asarlarida atroflicha tahlil qilingan va nazariy asoslangan.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling