Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet68/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Fanning rivojlanish bosqichlarini sanab bering?

  2. Fan taraqqiyotiga hissa qshgan qanday allomalarni bilasiz?

  3. Tarixda ilmiy bilimlar bilan shug’ullangan qanday muaassasalarni bilasiz?

  4. 3-savol bo’yicha dars maqsadi: Fan taraqqiyoti qonunlari, fanning jamiyatdagi o’rni va O’zbekistonda ilm-fanga berilayotgan e’tibor haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Fan taraqqiyoti qonunlari tushuntiriladi.

  2. Jamiyatda fanning o’rni va ahamiyati aytib o’tiladi.

  3. O’zbekistonda fan va ilmiy bilimlarga berilayotgan e’tibor va ularning yutuqlarini tushuntiradi.

3-asosiy savolning bayoni:
Fan uzluksiz yangilanib, rivojlanib boradigan murakkab ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Fan taraqqiyotida o’ziga xos qonunlar amal qiladi.
Avvalo ilmiy bilimlar taraqqiyotida vorislilik, ularning ham mazmunan, ham shaklan o’zgarib, mukammallashib borishi kuzatiladi. Gap shundaki, yangi bilimlarning paydo bo’lishi bilan eski bilim yo’qolmaydi, balki fan zaxiralaridan joy oladi. Bu zahiralarga yangi bilimlarning qo’shilib borishi fanlar mazmunidagi o’zgarish va rivojlanishga asos bo’ldi. Har bir davrda hosil bo’lgan bilim kelgusi yangi bilimlar uchun asos vazifasini o’taydi. Fan taraqqiyotining har bir tarixiy bosqichida hosil qilinadigan yangi bilimlar shu davrga xos ilmiy g’oyalarga asoslanadi. Masalan, klassik fan mexanika qonunlariga, g’oyalariga tayangan. Noklassik fan taraqqiyoti nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasiga asoslanadi.
Fan taraqqiyoti har bir bosqichda muayyan ilmiy bilish usullariga tayanadi. Masalan, antik davrda ilmiy bilish hosil qilishning kuzatuv metodidan shuningdek, mantiqiy usullaridan foydalanilgan.
Yangi davrda fan yangiliklari eksperimental metodlarga asoslangan holda qo’lga kiritilmoqda. Hozirgi davr fanida ilmiy bilimlarni hosil qilishning boshqa usullar bilan bir qatorda yangi usullari, metodlar qo’llanmoqda. Ana shunday usullarga sinergetika usuli misol bo’la oladi.
Fan taraqqiyotining eng muhim qonuniyatlaridan biri ilmiy bilimlardagi differentsiyalashuv va integratsiyalashuvdir. Inson olamning mohiyatiga qanchalik chuqurroq kirib borgani sari uning bilimlari tobora ortib boradi va shu asosda fanning yangi-yangi sohalarga paydo bo’ladi. Masalan, dastlab mexanika, astronomiya, fizika fanlari sifatida mavjud bo’lgan. Fizika sohasidagi bilimlarning rivojlanib borishi fizika doirasida yangi fan sohalari – qattiq jismlar fizikasi, molekulyar fizika, plazma fizikasi kabilarning shakllanishiga turtki berdi. Hozirda har bir fan ko’pdan ko’p sohalardan iborat. Masalan, tibbiyot fani, doirasida 300dan ortiq mustaqil ilmiy sohalar mavjud. Ilmiy bilimlar taraqqiyoti fanlar sohalarining o’zaro bir-biriga yaqinlashuvi zaruratining keltirib chiqaradi va bu yaqinlashuv integratsiya jarayoni deb yuritiladi. Geoximiya, gidrodinamika, biofizika, gen injeneriyasi, biotexnologiya, astrofizika fandagi integratsiya jarayonlari mahsuli sifatida shakllangan yangi sohalardir.
Fan taraqqiyoti jarayonida uning jamiyatdagi o’rni ham o’zgarib boradi. XIX asr oxiriga qadar fan ishlab chiqarishga nisbatan sekinroq taraqqiy etgani uchun ham ishlab chiqarishga ta’siri etarli darajada sezilmasdi. XX asrda fan taraqqiyoti texnika taraqqiyotidan o’zib keta boshladi. Bu hol oqibatda, fan-texnika ishlab chiqarishdan iborat yagona tizimning shakllanishiga olib keldi. Fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylana boshladi. Bu jarayon hozirgi davrda yanada kuchaydi. Fanning jamiyat hayotining barcha sohalari bilan aloqasi jamiyatga ta’siri yanada kuchaydi. Hozirda jamiyatning ilmiy bilimlar ta’siridan holi bo’lgan biron-bir tomonini topish mushkul. Fan tobora jamiyat hayoti va taraqqiyotining etakchi omiliga aylanib bormoqda.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling