Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi. 5.3


Download 1.53 Mb.
bet42/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. Moddiy ishlab chiqarish jamiyat iqtisodiy hayotining asosi.
2. Moddiy ishlab chiqarish, uning strukturasi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari.
3. Ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar harakteri va taraqqiyot darajasiga muvofiq kelishi qonuni-ijtimoiy taraqqiyot qonuni sifatida.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Jamiyatning iqtisodiy hayoti, moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari, mulk, texnika, texnologiya, mehnat taqsimoti.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jamiyatning iqtisodiy hayoti, moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat iqtisodiy hayotining taraqqiyotga ta’siri, O’zbekistonning izchil iqtisodiy hayoti va uning samarasi tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatning iqtisodiy hayotining asosini tashkil etuvchi moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va uning mazmuni tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyatning iqtisodiy hayotini tushuntiradi.

  2. Moddiy ishlab chiqarish va uning tarkibini izohlab beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
Kishilarning o’z moddiy hayot sharoitlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha faoliyat turlari hamda shu jarayonda shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar jamiyatning iqtisodiy hayot sohasini tashkil etadi.
Jamiyat moddiy hayot sohasining asosini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Moddiy ishlab chiqarish deganda, avvalo, inson hayoti uchun zarur bo’lgan, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish nazarda tutiladi.
Ayni vaqtda moddiy ishlab chiqarish inson hayotining o’zini ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishni ham o’z ichiga oladi.
Moddiy ishlab chiqarishning o’zi jamiyat a’zolarining moddiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish zarurati tufayli yuz beradi.
Jamiyat kishilar hayoti uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni va o’z-o’zini ishlab chiqarmasdan turib mavjud bo’la olmaydi. Aslida insoniyat tarixi tirikchilik vositalarini ishlab chiqarishdan boshlangan. Moddiy ishlab chiqarish 2 asosiy tarkibiy elementdan tashkil topgan.

  1. Ishlab chiqarishning texnologik usuli.

  2. Iqtisodiy ishlab chiqarish usuli.

Ishlab chiqarishning texnologik usuli deganda kishilarning mehnat predmetlari va mehnat vositalariga munosabatlari nazarda tutiladi. Jamiyat iqtisodiy hayoti haqida fikr yuritganda «texnika», «texnologiya» tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Nemis olimi Ernst Kalpa «Insoniyat tarixiga diqqat bilan nazar tashlansa, u boshdan-oyoq mehnat qurollarini ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan» yozadi. Texnika yunoncha so’z bo’lib, san’at, mahorat ma’nolarida qo’llanadi. Texnika odamzotning turli qurollar, asbob-uskunalarni yaratish san’ati ma’nosini ifodalaydi. Texnika tushunchasi kishilar tomonidan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar, mehnat qurollariga nisbatan qo’llangan. Inson tabiatga ta’sir etishda ulardan foydalangan.
Texnikaning shakllanishi haqida fikr yuritganda, insonning yaratish san’ati sifatida texnika 2 million yillik tarixga ega ekanligini nazarda tutmoq lozim. Texnika dastlab oddiy asbob-uskunalar, mehnat qurollari shaklida mavjud bo’lgan. XVII asrdan boshlab G’arbiy Evropada texnika taraqqiyoti oqibatida mashina mehnati shakllana boshladi. XX asrga kelib texnika inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarini qamrab oldi.
Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatida odamzot hayoti va faoliyatining texnika ishtirok etmayotgan biron-bir jabhasi qolmayapti.
Shundan kelib chiqqan holda texnika tushunchasiga inson tomonidan tashqi dunyoni o’zgartirish vositasi, inson yashaydigan muhit va insonning mavjudligi timsolidir1, degan ta’rifni berish o’rinli.
Texnika - mehnat predmetlariga ta’sir ko’rsatishning vositalari.
Texnologiya - mehnat predmetlariga fan va amaliyot imkoniyatlari, talablari asosida ta’sir etish. Texnikani qo’llash, undan foydalanish usullari texnologiya, deb yuritiladi.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli tarixda 4 xil shaklda namoyon bo’lgan.
a) tayyor mahsulotlarni o’zlashtirish (qadimiy odamlarning tabiatdan oziq-ovqat ombori va qurol-yarog’ arsenali sifatida foydalanishi, termachilik faoliyati).
b) agro-hunarmandchilik texnologiyasi.
v) industrial texnologiya.
g) axborot-kompyuter texnologiyalari1.
Hozirgi davrda «inson-texnika» munosabatlari ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Jamiyatlar taraqqiyoti ishlab chiqarish texnologiyasi taraqqiyotida o’z ifodasini topgan. Ishlab chiqarish texnologiyasi taraqqiyoti oddiydan murakkabga qarab borgan. Bu dastlab asbob-uskunalardan foydalanish, so’ng mexanizatsiyalash va nihoyat undan avtomatlashtirishga o’tish tarzida yuz bergan.
Texnika taraqqiyoti fandagi chuqur o’zgarishlarsiz yuz bermaydi. Avvallari fandagi yangiliklar texnikaga tatbiq etilar edi. Bu ketma-ket sodir bo’lar edi. Endilikda fan va texnikadagi o’zgarishlar bir vaqtda yuz bermoqda va bunday o’zgarishlar muayyan sifat xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham ular ilmiy-texnika inqilobi (fan-texnika inqilobi) deb yuritiladi.
Fan-texnika inqilobining hozirgi bosqichi:
- mikroelektronika, radiotexnika, radioelektronika;
- biotexnologiya;
- kompyuterlashtirish, radiotexnika, radioelektronika, sintetik kimyo kabi yangi sohalarning shakllanishi bilan harakterlanadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling