Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- -savol bo’yicha dars maqsadi
- 3-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Geografik muhit deganda nimani tushunasiz? Geografik muhitning jamiyatga ta’siri nimalarda namoyon bo’ladi? Geosiyosat tushunchasiga izoh bering? Ekologik siyosatning oqilona olib borish qanday samara berishini tushuntiring? 3-savol bo’yicha dars maqsadi: Aholi zichligi (demografik omil) ijtimoiy omillar va ularning jamiyatga ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Aholi zichligi tushunchasiga to’htalib o’tadi. Demografik omilning jamiyatga ta’sirini tushuntiradi. Jamiyatga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar va ularning turlarini izohlaydi. 3-asosiy savolning bayoni: Aholi zichligi jamiyat hayoti va taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadigan muhim tabiiy omildir. Aholi zichligi deganda muayyan hududda, mamlakat yoki er yuzida yashovchi kishilarning majmui nazarda tutiladi. Bunda uning soni, muayyan hududga nisbatan zichlik darajasi, sonining o’sish sur’atlari, jins, yosh xususiyatlari, madaniy taraqqiyot darajasi kabi xislatlar nazarda tutiladi. Aholi dinamikasini o’rganadigan maxsus fan sohasi mavjud. Bu – demografiya fani. Demografiya fani ma’lumotlariga ko’ra insoniyat Er yuzida deyarli 2 mln yildan beri istiqomat qilib keladi. 2025 yilda aholining soni 8 mlrdga etadi, deb tahmin qilinmoqda.1 Aholi zichligi omilining jamiyatga ta’siri ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuvi yoki sekinlashuvida namoyon bo’ladi. Aholi zichligining jamiyatga ta’siri «aholi-iqtisodiyot» va «iqtisodiyot-aholi» tizimida yaqqol namoyon bo’ladi. Aholi zichligining ortib boruvi umumiy tarzda olganda ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotida o’z ifodasini topadi. Lekin aholi zichligi uning ko’p, kamligi bilangina o’lchanmaydi. Aholi zichligining jamiyatga ta’siri «demografik omil» tushunchasida o’z ifodasini topdi. Demografik omil ko’p qirrali tushuncha bo’lib, quyidagilarni hisobga olishni taqozo etadi: a) Aholining soni va zichligi; b) Yosh xususiyatlari; v) Salomatlik darajasi; g) Bilim (ma’lumot) darajasi; d) Yashash manzillari; e) Urbanizatsiya va ruralizatsiya jarayonlari; j) Migratsiya jarayonlari va h.k. Aholi omilining jamiyatga ta’siri jamiyat hayotining barcha sohalarida namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan aholi omilining iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy hayot sohalariga, ta’siri haqida gapirish mumkin. Aholi sonining tobora ortib boruvi turli-tuman falsafiy qarashlarda o’z ifodasini topgan. XVIII asrdan boshlab olimlarni «Aholi sonining ortib boruviga qanday yondashmoq lozim» degan savol qiziqtirgan. Maltuschilik va neomaltuschilik nazariyalari shu davrda shakllangan. Ingliz iqtisodchisi Tomas Maltus (1760-1833) «Aholi zichligi qonuniyati tajribasi» asarida aholining tez sur’atlar bilan o’sib borishi demografik portlashga sababchi bo’lishi mumkin. Chunki aholi sonining tez sur’atlar bilan oshib borishi oziq-ovqat mahsulotlarining etishmasligiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun tug’ilishni cheklash lozim, degan xulosaga keladi. XX asrda G’arbda neomaltuschilik qarashlari keng yoyildi. 1971 yilda J.Forresterning Rim klubiga tavsiya etilgan. «Dunyo dinamikasi» deb nomlangan hisobotida insoniyat haqiqatan ham inqiroz oldida turibdi. Shuning uchun aholi o’sishini chegaralash yo’li bilan xomashyo zahiralari muvozanatini saqlash haqidagi fikr ilgari surildi. Haqiqatan ham, geografik muhit va demografik omilning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyatini inkor etish mumkin emas. Ayni vaqtda ularning jamiyatga ta’sirini mutlaqlashtirish ham noo’rin. Jamiyat murakkab ijtimoiy organizm. Uning shakllanishi va taraqqiyotida tabiiy omillarning tutgan o’rnini inkor etmagan holda jamiyatga ta’sir etadigan ijtimoiy omillar ham mavjudligini e’tiborga olmoq lozim. Moddiy ishlab chiqarish, madaniyat, qadriyatlar, milliy g’oya jamiyat hayoti va taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy omillardir. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling