Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo’yicha dars maqsadi
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Jamiyat va tabiat o’rtasidagi dialektik aloqadorlikni izohlang? Biosfera va noosfera tushunchalarini asosiy mohiyati nimada? Jamiyatga ta’sir etuvchi tabiiy omillar deganda nimani tushunasiz? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: Geografik muhit, geografik siyosat, geografizm va ularning jamiyat hayoti bilan bog’liqligi tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Geografik muhit tushunchasini izohlaydi. Geografizm oqimi shakllanishi va uning mazmunini tushuntiradi. Geoosiyosat va ekologik siyosatlarning o’ziga xos tomonlarini izohlaydi. 2-asosiy savolning bayoni: Jamiyatga ta’sir etadigan tabiiy omil – geografik muhit hisoblanadi. Tabiatning jamiyatga ta’sirining muhim tomonini geografik muhit tashkil etadi. Geografik muhit muayyan tarixiy davrda inson va jamiyat hayoti kechadigan makon. «Geografik muhit» tushunchasi ijtimoiy falsafaga olimlar E.Reklyu va L.M.Mechnikov tomonidan kiritilgan. Geografik muhit inson hayoti uchun zarur bo’lgan tabiat elementlari majmuasi, ijtimoiy munosabatlar kechiradigan tabiiy makon. Geografik muhit bilan jamiyat orasidagi uzviy bog’liq, aloqadorlik dialektik harakterga ega. Buning ma’nosi shuki, geografik muhit jamiyatga, jamiyat ham o’z tavbatida geografik muhitga o’z ta’sirini o’tkazadi. Jamiyat tabiatdan oziq-ovqat mahsulotlarini, ishlab chiqarish vositalari uchun xomashyolarni va energiya manbalarini oladi. Geografik muhit ishlab chiqarishga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Geografik muhitning jamiyatga ta’siri quyidagilarda namoyon bo’ladi: 1) Geografik muhit ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir mehnat taqsimotining chuqurlashib boruvida, ishlab chiqarish turli sohalarining joylanishi va taraqqiyotida namoyon bo’ladi. 2) U mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Buni ob-havo sharoitlarining ishlab chiqarishga ta’siri misolida ko’rish mumkin. Aynan tabiiy hodisalar inson faoliyati natijalarini yo’qqa chiqarish mumkin. (Masalan: suv toshqini, qurg’oqchilik va h.k.). 3) Geografik muhit, tabiiy shart-sharoitlar ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining tezlashuvi yoki sekinlashuviga ta’sir ko’rsatadi. 4) Geografik muhit inson qobiliyatlarining taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir avvalo ijtimoiy ongning shakllanishi va taraqqiyotida namoyon bo’ladi. Ayni vaqtda geografik muhit jamiyat ma’naviy hayotiga ta’sir qiladi. 5) Geografik muhit jamiyat taraqqiyoti templariga o’z ta’sirini o’tkazadi. U jamiyat taraqqiyotini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. 6) Geografik muhit ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlariga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasida tabiiy shart-sharoitlar juda qadimlardan boshlab sug’orma dehqonchilikning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan. 7) Geografik muhit jamiyatning ijtimoiy-ruhiy qiyofasiga ta’sir ko’rsatadi. Jamiyatning geografik muhitga ta’siri inson faoliyati va uning natijalarida namoyon bo’ladi. Insonning tabiatga ta’siri ekologik faoliyat, deb yuritiladi. Ekologik faoliyat tabiatga ijobiy va salbiy ta’sir tarzida namoyon bo’ladi. Jamiyat va inson ehtiyojlarini qondirish zarurati ekologik faoliyatni yuzaga keltiradi. Ekologik faoliyat tabiat bilan jamiyat orasidagi muvozanat saqlashga yoki bu muvozanatning emirilishiga xizmat qilishi mumkin. Shunga ko’ra insonning tabiatga munosabati ikki shaklda: a) oqilona b) vaxshiyona munosabatda namoyon bo’lishi mumkin. Ekologik faoliyat, uning qanday harakterga egaligi ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti darajasiga, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar harakteriga bog’liq bo’ladi. Jamiyatga geografik muhitning ta’sirini mutlaqlashtirish geografik determinizm yoki geografizm falsafasi oqimida o’z ifodasini topgan. Geografizm oqimi XVIII asrning boshlarida shakllandi. Bu oqimning falsafiy mohiyati frantsuz olimi Sharl Lun Monteske (1689-1755) asarlarida o’z ifodasini topdi. Mazkur oqim namoyondalariga XIX asr ingliz olimi Bokl (1821-1862), E.Reklyularni kiritish mumkin. Bokl sotsiologiyaning geografik maktabi namoyondasi. U ayrim xalqlarning tarixiy taraqqiyoti xususiyatlarini tabiiy omillar (landshaft, tuproq, iqlim va oziq-ovqatlar) ta’siri bilan izohlaydi. Geografizm oqimi o’zi shakllangan davr XVIII asrda progressiv o’rin tutgan, chunki u jamiyatni diniy tushunishga qarshi qaratilgan oqim edi. Geografik muhitning jamiyatga ta’siri geopolitika (geosiyosat) ijtimoiy-falsafiy yo’nalishida o’z ifodasini topdi. Geopolitika XX asrning 30 yillarida Germaniyada shakllandi. Bu oqimning maqsadi natsistlarning bosqinchilik siyosatini oqlashdan iborat edi. Aslida «geopolitika» atamasini fanga shvetsiyalik olim R.Chellen olib kirdi. Bu atama 1-jahon urushi arafasida keng qo’llana boshlandi. Nemis olimi F.Rettsel(1844-1904) davlat siyosati va mamlakatning geografik vaziyati orasidagi o’zaro aloqadorlik masalasini ko’tardi. U xalqlarda «alohida makonni xis qilish» qobiliyati mavjudligini e’tirof etgani holda o’z chegaralarini kengaytirishga intilayotgan xalqlarga e’tibor qaratdi. K.Xausxofer (1869-1946) mohiyatan tajavuzkorlik tabiatiga ega bo’lgan «nemis millati hayotiy makoni» haqidagi gipotezani ishlab chiqdi. XX asrning 80-yillarida geosiyosat yangicha mohiyat kasb eta boshladi. Geosiyosat nazariyasi davlat siyosatida o’z ifodasini topa boshladi. Davlat siyosatining muhim tomonlaridan biri geografik siyosatdir. Uning asosiy yo’nalishidan ekologik siyosat bo’lib hisoblanadi. Ekologik siyosat: a) Suv, havo, tuproq, o’simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilishda; b) Chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishda; v) Ekologik ta’lim va tarbiyani takomillashtirishda namoyon bo’ladi. Geografik siyosat keng ma’nodagi tushuncha bo’lib davlatlarning ichki va tashqi siyosatlarida o’z ifodasini topadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling