Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 5.2


Download 1.53 Mb.
bet66/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. Fanning mohiyati.
2. Fan taraqqiyoti tarixi va mutafakkirlarning fan taraqqiyotiga qo’shgan hissalari.
3. Fan taraqqiyoti qonunlari. Fan va jamiyat.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Fan, texnika, ishlab chiqarish, informatsion jamiyat, fundamental fan, amaliy fan, differentsiyatsiyalashuv, integratsiyalashuv.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Fan va uning mohiyati, fan taraqqiyoti, fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan Markaziy Osiyo va G’arb mutafakkirlarining ishlari, fan taraqqiyoti qonunlari, fan va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik, O’zbekistonda bugungi kunda ilm-fanga berilayotgan e’tibor va buning samarasi tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Fan tushunchasi va uning mazmun-mohiyati tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Fan nima zkanligini va uning mohiyatini tushuntiradi.

  2. Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini izohlab beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
Fan tushunchasini turli-tuman izohlash mumkin. Avvalo fan ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib, unda tabiat, jamiyat, inson ruhiy olami tushunchalar, qonunlar, nazariyalar shaklida ifodalanadi.
Fan dunyo, shu jumladan odamning o’zi to’g’risidagi ob’ektiv bilimlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan faoliyatdir.
Fan dunyo haqidagi ob’ktiv bilimlar tizimidan iborat. Fanning asl mohiyatini yoritmoq uchun uning quyidagi jihatlarini hisobga olish lozim bo’ladi:
Birinchidan, fanning mazmunida insonni o’rab olgan olamning mohiyati, o’ziga xos jihatlari, xossa-xususiyatlari aks etadi. Inson eng qadimgi davrlardan boshlab u yashayotgan, uni o’rab olgan dunyoni tushunishga harakat qilgan va shu asosda inson ongida ob’ektiv olam haqidagi bilimlar shakllangan.
Ikkinchidan, fan olamni o’zlashtirishning oliy usuli hisoblanadi. Bilimlar ob’ektiv mazmunga ega, chunki ular ob’ektiv olamning inson ongidagi sub’ektiv in’ikosidan hosil bo’ladi. Fanning ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatidagi xususiyatlari avvalo olamni ilmiy bilish xususiyatlarida o’z ifodasini topadi. Inson olamga faol munosabatda bo’lmasdan, olamni bilmasdan turib, hayot tarzini davom ettira olmaydi. Insonning olam haqidagi bilimlari kundalik amaliy faoliyat jarayonida hamda ilmiy bilish asosida hosil bo’ladi.
Ilmiy nazariy bilish natijalari fanning mazmunida aks etadi. Ilmiy bilish olamni bilishning boshqa ko’rinishlaridan o’ziga xos jihatlari bilan farqlanadi:
- Avvalo fan olamni, undagi narsa va hodisalarni chuqur atroflicha bilishning taqozo etadi.
- Ilmiy bilishdan ko’zda tutilgan maqsad chin bilimlar, ilmiy haqiqatlarni hosil qilishdan iborat. Chin bilim deganda uning olamni to’g’ri aks ettirganligi, olamga mos kelishi nazarda tutiladi.
- Ilmiy bilimlarni hosil qilish uchun maxsus ilmiy metodlardan foydalanish lozim bo’ladi. Shuning uchun ham fanning mazmunida ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalar aks etishi bilan bir qatorda, ilmiy bilimlarni hosil qilish usullari ham ishlab chiqilgan bo’ladi.
- Ilmiy izlanish natijalari ilmiy bilim shakllarida – muammo, qonun, ilmiy faraz, nazariya, kashfiyot, ta’limotlarda aks etadi.
- Ilmiy bilimlarning o’ziga xosligi ularning tizimliligi, yaxlitlikni tashkil etishida.
- Fanda ilmiy bilimlarning chinligini asoslashning maxsus usullari ishlab chiqilgan bo’ladi.
- Ilmiy bilimlar – qonun, nazariya, ta’limotlar o’ziga xos ilmiy tilda bayon etiladi. Ilmiy til deganda tabiiy va sun’iy til vositalaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Fan ma’naviy ishlab chiqarishning o’ziga xos shakli hisoblanadi. Ilmiy izlanishdan ko’zda tutilgan maqsad, ilmiy bilimlarni hosil qilishdir. Ilmiy bilimlarning shakllanishi va taraqqiy etishi murakkab ijodiy jarayon bo’lib, uning kelib chiqishi ilmiy muammoga borib taqaladi. Har qanday ilmiy izlanish ilmiy muammoni qo’yishdan boshlanadi. Ilmiy muammo u yoki bu nazariy masalani hal qilishda u haqdagi mavjud bilimning etarli emas ekanligini anglashdan kelib chiqadi.
Tadqiqot jarayonida o’rganilayotgan ob’ekt haqida dastlabki ilmiy dalillar to’planadi. Ilmiy dalillar u yoki bu darajada tahlil qilinishi, ishlab chiqilishi oqibatida ilmiy tahmin ilgari suriladi. Tasdiqlangan, isbotlangan ilmiy tahmin – ilmiy nazariyada o’z ifodasini topadi. Shunday qilib, fan ma’naviy ishlab chiqarishning maxsus ko’rinishi sifatida insonning olam haqidagi ilmiy bilimlarida – muammo, ilmiy tahmin, nazariya, ta’limotlarda o’z ifodasini topadi.
Fanning muhim tomonlaridan biri uning murakkab tarkibli ijtimoiy institut ekanligidadir.
Fan murakkab tuzilishga ega ijtimoiy institut deganda quyidagilar nazarda tutiladi.
1. Ilmiy izlanish olib boradigan, yangi ilmiy bilimlarni qo’lga kiritishi lozim bo’lgan olimlar;
2. Ilmiy faoliyatda kooperatsiyaning amalga oshishi;
3. Ilmiy bilimlarni shakllanishiga turtki beradigan ilmiy axborotning mavjudligi;
4. Ilmiy faoliyatni mujassamlashtiradigan, boshqaradigan maxsus ilmiy muassasa va tashkilotlar;
5. Laboratoriya tadqiqotlari uchun maxsus jihozlar, asbob-uskunalar, priborlar.
Fan ilmiy bilimlarni hosil qilishning eng umumiy ijtimoiy shakli hisoblanadi. Ilmiy bilimlar individual va jamoa faoliyati natijasida shakllanadi va rivojlanadi.
Ilmiy bilimlarni hosil qilish murakkab jarayon bo’lib, uning mohiyati ilmiy bilimlar dinamikasida ifodalanadi. Bu nomukammal bilimdan mukamallik sari borishdan iborat bo’lgan murakkab jarayon bo’lib, o’zaro bir-biri bilan almashib turadigan empirik va nazariy darajada o’z ifodasini topadi.
Fanning muhim tomonlaridan biri bu uning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylana boshlanganligidir. Fan va ishlab chiqarish orasidagi o’zaro aloqadorlik turlicha tarixiy davlarda turlicha bo’lgan. Masalan: olam haqidagi dastlabki ilmiy bilimlar kishilarning bevosita amaliy faoliyatlaridan, kundalik extiyojlaridan kelib chiqqan. Dastlabki davrlarda fan ishlab chiqarishga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmagan, bu ta’sir juda nari borganda mehnat qurollarini asta-sekin o’zgarib borishida namoyon bo’lgan. Uning ustiga nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham cheklangan edi.
XIX asrdan boshlab fan va ishlab chiqarish o’zaro yaqinlasha boshladi. Bu yangicha davrning boshlanishi bug’ mashinasi va elektrning kashf qilinishi bilan bog’liq edi. Endi fan ishlab chiqarishga nisbatan tezroq rivojlana boshladi. Bu hol fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanishiga imkoniyat yaratdi. Fanlar, ayniqsa tabiatshunoslik fanlari sohasidagi qo’lga kiritilgan yutuqlar ishlab chiqarishning yangi hozirgi zamon sohalarining paydo bo’lishiga olib keldi. Energetika, elektronika, Kimyo, radiotexnika, raketatexnika kabi sohalar aynan fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanayotganligidan dalolat beradi. Fan taraqqiyoti oqibatida tabiatda bo’lmagan yangi narsalar, mehnat predmetlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Sintetik tola, sun’iy olmos, o’tga chidamli metall quymalari va hokazolar bunga misol bo’la oladi.
Fan yaxlitlikni tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimi sifatida o’ziga xos tuzilishga ega. Bu fanlar klassifikatsiyasida o’z ifodasini topadi. Fanlarni turli asoslarga ko’ra turkumlash mumkin. Predmetiga (nimani o’rganishiga) qarab fanlarni a) tabiat, b) jamiyat, v) tafakkur haqidagi fan turkumlariga bo’lish mumkin. Texnika fanlarini olimlar alohida turkumga ajratadilar.
Bilim bilan amaliyot orasidagi aloqadorlik xususiyatlariga ko’ra fanlarni 2 guruhga fundamental va amaliy fanlarga ajratish mumkin:.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling